Jahon | 09:59 / 06.03.2023
12572
2 daqiqa o‘qiladi

Kiyev Rossiya harbiylari tomonidan jinsiy zo‘ravonlik bo‘yicha 171 ta holatni tergov qilyapti

Ukraina Bosh prokuraturasi nafaqat ayollar, balki erkaklar va bolalar ham jinsiy zo‘ravonlikka uchraganini ta’kidladi. BMT ma’lumotlariga ko‘ra, jinsiy zo‘ravonlik qurbonlarining yoshi - 4 dan 82 gacha.

Foto: variant.ua

Ukrainada Bosh prokuratura Rossiya askarlari tomonidan urush paytida Ukraina aholisiga nisbatan sodir etilgan jinsiy zo‘ravonlik bo‘yicha 171 ta holat yuzasidan tergov olib bormoqda, deb ma’lum qildi mamlakat prezidentining rafiqasi Olena Zelenskaya Lvivdagi United for Justice konferensiyasida. Ushbu nutq videosi 4 mart, shanba kuni uning Telegram-kanalida e’lon qilindi.

«Bu ko‘rsatkich ortida nafaqat ayollar bor. Qurbonlar orasida 39 nafar erkak, 13 nafari voyaga yetmaganlar, jumladan, o‘g‘il bola ham bor. Asosiysi - biz bu holatlar haqida faqat o‘sha odamlar o‘zida gapirishga kuch topgani uchun bildik. Qanchadan-qancha odamlar indamay qiynalmoqda, ayniqsa, bosib olingan hududlarda, biz buni bilmaymiz», dedi Zelenskaya.

Ukraina prezidentining rafiqasi, shuningdek, Bosh prokuratura tomonidan tergov qilinayotgan jinsiy zo‘ravonlikning alohida holatlari haqida gapirdi. Shunday qilib, uning so‘zlariga ko‘ra, Xerson viloyatida rus harbiylari qurol ishlatish bilan tahdid qilib, 62 yoshli ayolni bir necha bor zo‘rlagan.

Kiyev viloyatida rus askarlari qiz va uning onasini zo‘rlagan, otasi esa kaltaklangan va nima bo‘layotganini kuzatishga majburlangan. Kiyev viloyatidagi yana bir oila – onasi, qizi va nabirasi ikki hafta davomida rus harbiylari tomonidan zo‘ravonlikka uchragan. Olena Zelenskaya barcha jabrlanganlarga psixologik yordam ko‘rsatilayotganini ta’kidladi.

Yanvar oyi oxirida Ukraina Bosh prokuraturasi Rossiya harbiylariga nisbatan jinsiy zo‘ravonlikning 155 ta holatini qayd etganini ma’lum qildi. Ushbu jinoyatlarning aksariyati Xerson va Kiyev viloyatlarida aniqlangan - mos ravishda 65 va 52 ta.

Sentabr oyida Rossiyaning Ukrainadagi urush jinoyatlari to‘g‘risida ma’lumot yig‘uvchi BMT jinsiy zo‘ravonlik qurbonlari yoshi 4 yoshdan 82 yoshgacha bo‘lganini ma’lum qildi.

Mavzuga oid