Bugun, 6 mart kuni prezident Şavkat Mirziyoyev Oliy Majlis Qonunçilik palatasi deputatlari va Senati a’zolari, Oliy sud rahbariyati bilan uçraşdi.
Uçraşuvda Konstitutsiyaga özgartiriş va qöşimçalar kiritiş yuzasidan xalqimiz tomonidan kelib tuşgan takliflar yakunlari böyiça maslahatlaşuv bölib ötdi.
“Deputatlar jamoatçilik tomonidan yuborilgan 200 mingdan ortiq takliflarning har birini sinçiklab örganib çiqişdi, bunda xalqaro tajriba ham inobatga olindi, turli sohalardan yetuk mutaxassislar va ekspertlar jalb etildi”, – deyiladi rasmiy xabarda.

Bir neça oy davom etgan örganişlar natijasida Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga özgartiriş va qöşimçalar kiritiş töğrisidagi Konstitutsiyaviy qonun loyihasining yakuniy tahriri tayyor bölgan.
Loyihani referendumga qöyişdan avval deputatlar Konstitutsiyaning 83-moddasida belgilangan qonunçilik taşabbusiga ega sub’yektlar bilan maslahatlaşuvlar ötkazmoqda.


Qonun loyihasi Konstitutsiyaviy sud tomonidan alohida körib çiqilişi va xulosa berilişi qayd etildi.
Maslahatlaşuvlar davom etadi, deyiladi prezident matbuot xizmati xabarida.


















