Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Prezident Mirziyoyevning ish haftasi: iqtisodiy yig‘ilish, AQSh delegatsiyasi, YuNeSKO sessiyasi va ikki davlat rahbari tashrifi
Bugun prezident iqtisodiy ko‘rsatkichlar bo‘yicha kengaytirilgan yig‘ilish o‘tkazadi, kunning ikkinchi yarmida AQSh prezidentining Janubiy va Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakili Serjio Gor boshchiligidagi delegatsiyani qabul qiladi. Hafta davomida Samarqandda YuNeSKO bosh konferensiyasining 43-sessiyasi ochilishida ishtirok hamda Serbiya va Finlandiya prezidentlarining tashriflari rejalashtirilgan.
Foto: Prezident matbuot xizmati
Prezident Shavkat Mirziyoyevning yangi ish haftasi muhim uchrashuv va tadbirlarga boy bo‘lishi kutilmoqda. Davlat rahbari joriy yilda iqtisodiyotda kutilayotgan natijalar hamda 2026 yilga mo‘ljallangan asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar yuzasidan kengaytirilgan yig‘ilish o‘tkazadi.
Kunning ikkinchi yarmiga borib, Prezident AQSh prezidentining Janubiy va Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakili Serjio Gor boshchiligidagi delegatsiyani qabul qiladi. Suhbatda mintaqaviy hamkorlik, savdo-investitsiya aloqalari, transport-logistika yo‘laklari va fan-texnika sohasidagi qo‘shma tashabbuslar muhokama etiladi.
Ma’lumki, O‘zbekiston tarixiy tadbir — YuNeSKO bosh konferensiyasining 43-sessiyasini qabul qilmoqda. Prezident Samarqandga tashrif buyurib, ilk bor Parijdan tashqarida o‘tayotgan anjuman ochilishida ishtirok etadi, madaniyat, ilm-fan va ta’limdagi xalqaro hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan tashabbuslarni ilgari suradi hamda qator ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazadi.
Bundan tashqari, joriy haftada mamlakatga Serbiya prezidenti Aleksandr Vuchich va Finlandiya prezidenti Aleksandr Stubb tashrif bilan keladi. Sammitlar doirasida oliy darajadagi muzokaralar bo‘lib o‘tadi va ikki tomonlama hamkorlikni yanada kengaytirishning dolzarb masalalari muhokama qilinadi.
Tadbirlar natijalari haqida qo‘shimcha ma’lumotlar rasman e’lon qilinadi.
Mavzuga oid
09:40
NYT OAV uchun joriy etilgan cheklovlar sabab Pentagonni sudga berdi
09:00
NATO Shimoliy Yevropa mudofaasi bo‘yicha shtabni AQShga ko‘chiradi
08:40
Mers AQShga Rossiyaning muzlatilgan aktivlarini berishga qarshi chiqdi
07:38