Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AI Ukrainadagi ayollar uchun urushning ikkinchi yili tahdidlari haqida ma’lum qildi
Ukrainalik ayollar gender asosidagi zo‘ravonlik xavfi, o‘z yaqinlariga g‘amxo‘rlik qilish yuki va katta stressga duch kelmoqda, deya ta’kidlaydi huquq himoyachilari xalqaro hamjamiyatni ayollar bilan birdamlikka chaqirib.
Rossiyaning Ukrainaga to‘liq miqyosli harbiy bostirib kirishi, ikkinchi yildirki, mamlakatdagi ayollarning ruhiy, jismoniy va reproduktiv salomatligiga putur yetkazmoqda. Ular gender asosidagi zo‘ravonlik tahdidi, yaqinlariga g‘amxo‘rlik qilishning og‘ir yuki, katta stressga duch kelishadi. Bu haqda Amnesty International (AI) xalqaro inson huquqlari tashkilotining 8 mart, chorshanba kuni chop etilgan va Xalqaro xotin-qizlar kuniga bag‘ishlangan hisobotida aytiladi.
«Ayollar doimiy ravishda Rossiya tomonidan boshlangan bu shafqatsiz bosqinchilik urushining oldingi saflarida turibdi - askarlar, shifokorlar va hamshiralar, ko‘ngillilar, ichki ko‘chirilganlar, qochqinlar va ko‘pincha - halok bo‘lganlar hamda yaradorlar sifatida», dedi Amnesty International Germaniya bo‘limi bosh kotibi o‘rinbosari Yuliya Duxrov.
«Ayollar jinsiy va gender asosidagi zo‘ravonlik darajasining ortib borishi va sog‘lig‘iga xatarlar bilan birga, o‘z oilalari hayotiga ta’sir qiladigan muhim qarorlar qabul qilishga majbur bo‘lmoqda», dedi Duxrov. Shu bilan birga, ayollar ko‘pincha qaror qabul qilishdan chetlashtiriladi va ularning huquq va ehtiyojlari e’tiborga olinmaydi, deya qo‘shimcha qildi u.
Ukrainaning urush davom etayotgan hududlarida zo‘ravonlik tahdidining kuchayishiga sabab bo‘lgan sabablar qatorida huquq himoyachilari xavfsiz muhit va qonun ustuvorligining yo‘qligi, hujum qilgan tomonning to‘liq jazolanmasligi, okkupatsion hukumatga ishonchsizlik, shuningdek, jinsiy zo‘ravonlik haqida gapirishga jur’at etganlarni qoralash kabilarni keltirmoqda.
Mavzuga oid
16:13
Ukraina Voronejdagi mudofaa zavodiga hujum qildi – fotolar
10:35
Ukraina Germaniya ishlab chiqarayotgan 600 ta raketaga buyurtma berdi
11:35 / 21.06.2026
Kapotnyadagi zavodga zarba oqibatlari. Kosmosdan ko‘rinish
22:13 / 19.06.2026