Toshkentda yetti davlat maxsus vakillari Afg‘onistondagi vaziyatni muhokama qildi
Toshkentda Afg‘onistonga qo‘shni davlatlar maxsus vakillarining birinchi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda O‘zbekiston, Eron, Xitoy, Pokiston, Tojikiston, Turkmaniston va Rossiya vakillari ishtirok etdi.
Yig‘ilishda Afg‘onistondagi mavjud vaziyat muhokama qilindi. Asosiy e’tibor ushbu mamlakatga insonparvarlik yordamini tezkorlik bilan ko‘rsatish, Afg‘onistonni mintaqaviy o‘zaro bog‘liqlik jarayonlariga faolroq jalb etish, Kobulning yangi hukumati tomonidan afg‘on ayollariga nisbatan ularning huquqlarini cheklovchi choralarni qayta ko‘rib chiqishga qaratildi.
Tomonlar afg‘on ayollarining mehnat va ta’lim olish huquqini ta’minlash Afg‘oniston yangi jamiyatining ajralmas qismiga aylanishi, mamlakatda tinchlik va barqarorlikni yakuniy qaror toptirishga hissa qo‘shishi kerakligini ta’kidladilar.
Delegatsiyalar O‘zbekistonning BMT shafeligida tomonlarning o‘z majburiyatlarini bosqichma-bosqich bajarishga qaratilgan algoritmni tayyorlash va Afg‘oniston hukumati bilan kelishish uchun yuqori darajadagi xalqaro muzokaralar guruhini tuzish tashabbusini ijobiy qayd etdilar.
Ishtirokchilar Afg‘onistonda joylashgan barcha terrorchilik guruhlari mintaqaviy va global xavfsizlikka jiddiy tahdid solishda davom etayotganini ta’kidlab, amaldagi de-fakto afg‘on hukumatidan mamlakatdagi terrorchilik guruhlarini yo‘q qilish bo‘yicha yanada samaraliroq choralar ko‘rishga qat’iy chaqirdilar.
Tomonlar Afg‘oniston muvaqqat hukumatining narkotik tahdidi kuchayib ketishining oldini olish, giyohvand moddalar ishlab chiqarish va noqonuniy aylanishiga qarshi kurashni faollashtirish bo‘yicha samarali choralar ko‘rishda davom etishi muhimligini ta’kidladilar.
Tadbirda Tunsin Deklaratsiyasiga muvofiq, Afg‘onistonga qo‘shni davlatlar tashqi siyosat idoralari rahbarlarining 4-yig‘ilishini O‘zbekistonda o‘tkazish bo‘yicha kelishuvga erishildi. Yig‘ilish yakunlari bo‘yicha Qo‘shma bayonot qabul qilindi.
Tavsiya etamiz
Boylar davrasi: dunyo milliarderlari Tramp inauguratsiyasida yig‘ildi
Jahon | 22:19 / 21.01.2025
Qo‘li kesilgan 2 oylik chaqaloq: uning yaqinlari shifokorlardan norozi
Jamiyat | 14:20 / 21.01.2025
100 dollarlik banknotaning eskisidan voz kechilyaptimi?
Iqtisodiyot | 11:05 / 21.01.2025
APLdagi ilk o‘zbek. Husanovning transferi haqida asosiy gaplar
Sport | 09:16 / 21.01.2025
So‘nggi yangiliklar
-
BMT bosh kotibi 2025 yildagi asosiy tahdidlarni sanadi
Jahon | 21:11 / 22.01.2025
-
G‘arbiy sohildagi qotilliklar, Isroil harbiylari iste’fosi va NATOdan madad kutayotgan Zelenskiy - kun dayjesti
Jahon | 12:28
-
Toshkentda kuchli dorilar savdosi bilan shug‘ullanuvchi guruh fosh etildi
Jamiyat | 12:20
-
O‘zbekiston hukumati a’zolari Donald Trampning inauguratsiyasini AQSh elchixonasida kuzatdi
O‘zbekiston | 12:04
Mavzuga oid
12:20
Toshkentda kuchli dorilar savdosi bilan shug‘ullanuvchi guruh fosh etildi
00:50
Bavariyada afg‘onistonlik erkak bolalarga pichoq bilan hujum qildi. Ikki kishi halok bo‘ldi
16:18 / 22.01.2025
Toshkentdagi davlat idoralarida har juma «Milliy liboslar kuni» o‘tkaziladi
20:20 / 21.01.2025