Osiyo taraqqiyot banki (OTB) ekspertlari Bui Min Giap va Yasmin Siddiq Markaziy Osiyoda qanday qilib oziq-ovqat xavfsizligini yaxşilaş mumkinligi böyiça öz tavsiyalarini taqdim etdi.

“Markaziy Osiyoda qiş tugadi. Qalin qor va anomal sovuq ba’zi sabzavotlar hosilining kamayişiga olib keldi. Özbekiston va Qozoğiston kabi davlatlar piyoz eksportini vaqtinça töxtatdi.

Uşbu omillar şundoğam yuqori bölgan oziq-ovqat narxlariga salbiy ta’sir körsatdi. Ötgan yili Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirişi natijasida yuzaga kelgan savdo uzilişlari va pandemiyaning uzoq davom etayotgan ta’siri mintaqada oziq-ovqat narxlari inflatsiyasining ikki xonali ösişi kuzatilişiga sabab böldi”, deydi OTB ekspertlari.

Ularning qöşimça qilişiça, Markaziy Osiyoda 10 mln gektar yerni suğoriş uçun asosiy manba bölgan Sirdaryo va Amudaryo havzalarida suv hajmi 15 foizga qisqarişi kutilmoqda. Muzliklarning erişi ekinlarni ekiş va suğoriş muddatlari bilan boğliq vaziyatni yanada oğirlaştiradi, çunki daryolarda suv hajmining eng yuqori miqdori yil boşida sodir bölmoqda. 

Vaziyatni yaxşilaş uçun tez va oson yeçimlar bölmasa-da, hozirgidan samaraliroq va barqaror qişloq xöjaligini rivojlantiriş uçun mintaqaga katta miqdorda sarmoya va mablağ kerak böladi.

Özaro hamkorlik oziq-ovqat xavfsizligini yaxşilaşga yordam beradi. Osiyoning boşqa qismlariga nisbatan dengizdan uzoqda joylaşgan Markaziy Osiyoda mintaqa davlatlari örtasidagi yaqin hamkorlik iqlimga çidamli oziq-ovqat mahsulotlari işlab çiqarişni rağbatlantirişi, şuningdek, ehtiyojni qondiriş uçun özaro savdo hajmini oşirişi kerak.

“Markaziy Osiyo mintaqaviy iqtisodiy hamkorlik taşkiloti (CAREC) a’zolari ötgan yili töğri yönalişda qadam taşladi. Noyabr oyida ular qişloq xöjaligini rivojlantiriş va oziq-ovqat xavfsizligi sohasida yaqindan hamkorlik qiliş imkonini beruvçi yangi tuzilma taşkil qildi. Hamkorlik uçta asosiy yönalişda amalga oşirilişi rejalaştirilgan.

Birinçidan, qişloq xöjaligida özaro tajriba almaşiş. Buğdoy, şoli, makkajöxori kabi oziq-ovqat mahsulotlari hududlarda qişloq xöjaligi ekinlarining asosiy qismini taşkil qiladi, biroq viloyatlardagi köplab fermer xöjaliklarining kiçikligi va mexanizatsiya darajasi pastligi hosildorlikka ham ta’sir körsatadi. Ozarboyjon, Qirğiziston, Pokiston va Tojikistonda örtaça dehqonçilik maydonlari 1-3 gektarni taşkil etadi. Uşbu kiçik hajm fermerlarning işlab çiqarişni köpaytirişga imkon berişi mumkin bölgan öğitlar va texnologiyalarni sotib olişdagi moliyaviy imkoniyatini çeklaydi.

Qişloq xöjaligida zamonaviy usullardan foydalaniş hosildorlikni oşirişga xizmat qilmoqda. Masalan, Xitoyda suvni past bosimda quvurlar tarmoği orqali tarqatiş bilan isrofgarçilikning oldini olişga qaratilgan zamonaviy texnologiya joriy etilgan. Qozoğiston hosildorlikni oşiriş, öğit va pestitsidlarni qöllaşda dronlar va sun’iy yöldoşlar orqali töplangan tuproq, ob-havo va ekinlar hosildorligi haqidagi ma’lumotlardan foydalanadi. Mamlakatda amalga oşirilayotgan uşbu tajriba loyihalari samarali natijalar körsatgan: çorva suti mahsuldorligi 18 foizga oşgan, qişloq xöjaligi ekinlari yetiştiriş xarajatlari 20 foizga kamaygan, ğalla hosildorligi gektariga 2,5 tonnaga köpaygan.

Bilim almaşişning yana bir usuli ta’lim va tadqiqotlardir. Qişloq xöjaligi amaliyotida foydalaniladigan dasturlarni işlab çiqiş yoş mutaxassislarni tayyorlaşga yordam beradi. Zararkunandalar, epidemiyalar va özgaruvçan suv rejimiga çidamli, serhosil ekin navlarini yaratiş böyiça hamkorlikda olib borilgan izlanişlar hosildorlikni oşirişga xizmat qiladi.

Ikkinçidan, oziq-ovqat qiymat zanjirini rivojlantiriş uçun birgalikda harakat qiliş. Oziq-ovqat mahsulotlarini saqlaş va qayta işlaş xizmatlari Markaziy Osiyoning aksariyat mamlakatlarida hali ham rivojlanmagan, bu yerda yiğilgan meva va sabzavotlarning 25 foizgaça qismi isrof qilinadi.

Mintaqadagi davlatlar oziq-ovqat ta’minoti uçun muhim bölgan xizmatlarga sarmoya kiritişga undaydigan qulay işbilarmonlik muhitini yaratişi va xususiy sektorni jalb qiliş orqali uşbu kamçiliklarni bartaraf etişlari mumkin. Hukumatlar uşbu jarayonda yerga egalik huquqini ta’minlaşi muhim ahamiyatga ega. Xususiy sektor korxonalarini şaffof rağbatlantiriş va investitsiyalardan söng ularning aktivlarini himoya qilişga ham alohida e’tibor qaratilişi lozim.

Uçinçidan, oziq-ovqat xavfsizligini takomillaştiriş orqali savdoni kengaytiriş. Köpgina CAREC mamlakatlarida oziq-ovqat xavfsizligi tizimi eskirgan va xalqaro standartlarga javob bermaydigan sanitariya va fitosanitariya çoralari mavjud. Uşbu standartlarni yangilaş uçun samarali va şaffof elektron sanitariya va fitosanitariya sertifikatlaş tizimlarini amaliyotga tatbiq etiş tavsiya qilinadi.

Oziq-ovqat xavfsizligi tizimlarini takomillaştiriş va ularni xalqaro standartlarga muvofiqlaştiriş mintaqada oziq-ovqat savdosini oşirişga, oziq-ovqat mahsulotlarining mavjudligi va arzonligini ta’minlaşga yordam beradi. Şuningdek, oziq-ovqat sanoatiga töğridan töğri xorijiy investitsiyalarni jalb qilişi mumkin, bu esa ta’minotni köpaytirişga, mamlakatlarning oziq-ovqatga bölgan ehtiyojlarini qondirişga va mintaqadan taşqarida mahsulot bozorlarini kengaytirişga yordam beradi”.

Mutaxassislarning xulosa qilişiça, Markaziy Osiyo mamlakatlari oziq-ovqat xavfsizligi bilan boğliq jiddiy muammolarga duç kelmoqda, biroq özaro hamkorlikda uzoq muddatli yeçimlarni topiş uçun katta imkoniyatlar mavjud.