08:44 / 10.03.2023
5155

O‘zbekistonda nodavlat ta’lim tashkilotlarida tahsil olayotgan o‘quvchilar soni ma’lum qilindi

2022/23 o‘quv yili boshiga faoliyat yuritayotgan 194 ta nodavlat umumta’lim tashkilotlarida jami 45 927 nafar o‘quvchi tahsil olmoqda.

Foto: Kun.uz

Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, nodavlat umumta’lim tashkilotlarida tahsil olayotgan o‘quvchilar sonini 2018/2019 o‘quv yili boshiga nisbatan taqqoslaganda 32 158 nafarga ko‘paygan. 
  
Yillar kesimida nodavlat umumta’lim tashkilotlarida tahsil olayotgan o‘quvchilar soni:   
    
2018/2019 o‘quv yili boshiga – 13 769 nafar; 
2019/2020 o‘quv yili boshiga – 21 042 nafar;   
2020/2021 o‘quv yili boshiga – 26 970 nafar;   
2021/2022 o‘quv yili boshiga – 30 553 nafar;  
2022/2023 o‘quv yili boshiga – 45 927 nafar.

Top