Respublikadagi ta’lim turlarining qaysi biri sifatliroq ekanini aniqlaş uçun sörovnoma ötkazildi. Sörovda ta’lim dargohlarining qaysi biri boşqalariga nisbatan yaxşiroq, sifatliroq ta’lim beradi, qaysi birida zamonaviylikka intiliş va ta’lim oluvçi yoşlarning xohişlarini qondirişga harakat bor degan savol qöyilgan.
Unda iştirok etgan 60 ming foydalanuvçining eng köpi – 50 foizi öquv markazlarini, 19 foiz foydalanuvçi javob berişga qiynalişini, 18 foizi universitet va institutlarni, 11 foizi maktab va litseylar va 2 foiz foydalanuvçi kollej va texnikumlarni yaxşi deb hisoblagan. Nega öquv markazlari köp ovoz olganini huquqşunos Xuşnudbek Xudoyberdiyev şunday izohlagan.
“Salkam 60 ming kişi ovoz bergan sörovda nima uçun öquv markazlari eng köp ovoz (50 foiz) oldi, bilasizlarmi? Çunki bizda öquv markazlari vazirligi yöq. Bironta vazirlik yoki davlat idorasi öquv markazlarida nima öqitilişini, qanday öqitilişini, kim öqitişini, nazorat qilmaydi. Bironta vazirlik öquv markazlariga qaysi darslikdan va qaysi dastur asosida öqitişni yuqoridan belgilab bermaydi. Mana şuning uçun ham öquv markazlarida erkinlik bor va ular erkin raqobat bozorida bir-biridan ötiş uçun öz ustida tinimsiz izlanişga majbur. Sifatli ta’lim beriş yöllarini qidiradi. Yangidan yangi usullar va metodikalar bilan işlaydi. Har bir öquvçiga individual yondaşişga harakat qiladi. Mijoz doim haq prinsipiga rioya qiladi.
Agar Xudo körsatmasin, ertaga öquv markazlarini ham qaysidir vazirlik nazorat qilişni boşlasa, biz tasdiqlab bergan öquv dasturlari asosida, biz belgilab bergan darsliklar bilan öqitasan deb şart qöysa, bilingki, öşa kundan boşlab öquv markazlari ham “öladi”, tamom böladi”, – deb yozgan u.











