Imtihonlar tugadi. Abituriyentlarning yarmi testdan yiqildi
Bu yilgi test sinovlarida 737 ming nafar abituriyent qatnashdi, bu – o‘tgan yilgidan 20 foizga kam. Imtihon topshirganlarning 47 foizi maksimal ballning 30 foizini ham to‘play olmagan, bu – o‘tgan yilgi ko‘rsatkichdan yaxshiroq. Buxorolik abituriyentlar o‘rtacha eng yuqori ballni to‘plashdi.

Foto: Kun.uz
O‘zbekistonda 12 kun davom etgan davlat imtihonlari yakuniga yetdi. Test topshirgan abituriyentlarning natijalari mandat.uzbmb.uz saytida e’lon qilindi.
Bu yil jami 737 351 nafar abituriyent test sinovlarida qatnashdi. Bu o‘tgan yilgidan 151 mingga kam. Ruxsatnoma chiqarilgan 65 243 nafar abituriyent imtihonga kelmagan. Testdan chetlatilganlar – 94 nafar.
Bu yil eng ko‘p abituriyentlar Samarqand, Qashqadaryo va Farg‘ona viloyatlariga to‘g‘ri keladi.
Eng yuqori o‘rtacha ballar Buxoro, Toshkent va Farg‘ona viloyatidan qatnashgan abituriyentlar hissasiga to‘g‘ri keladi. Hududlar kesimida o‘rtacha ballar quyidagicha:
- Buxoro viloyati — 75,9 ball;
- Toshkent shahri — 74,6 ball;
- Farg‘ona viloyati — 69,9 ball;
- Namangan viloyati — 68 ball;
- Xorazm viloyati — 68 ball;
- Navoiy viloyati — 67,2 ball;
- Samarqand viloyati — 67 ball;
- Qashqadaryo viloyati — 65,9 ball;
- Jizzax viloyati — 65,5 ball;
- Surxondaryo viloyati — 64,7 ball;
- Toshkent viloyati — 64 ball;
- Andijon viloyati — 63,5 ball;
- Qoraqalpog‘iston Respublikasi — 63,3 ball;
- Sirdaryo viloyati — 62,8 ball
Testda qatnashgan abituriyentlarning 345 869 nafari o‘qishga kirish uchun yig‘ish kerak bo‘lgan minimal 56,7 ballni ham to‘play olmagan. Bu jami abituriyentlarnning 46,9 foizi degani.
Qariyb 47 foizlik bu ko‘rsatkich o‘tgan yilgi natijadan yaxshiroq. 2023/24 o‘quv yili uchun imtihonlarda 49,4 foiz yoki 439 ming abituriyent 56,7 ball ham to‘play olmagandi.
Qolgan 391 482 nafar yoki 53,1 foiz abituriyent minimal o‘tish ballidan yuqorisini to‘plagan.
Tavsiya etamiz
«Quvur operatsiyasi»: ruslar uni «urushdagi burilish nuqtasi» deyishmoqda
Jahon | 23:40 / 11.03.2025
Amaldorlar “mahalliy” xizmat avtomobillariga o‘tkazilmoqda
O‘zbekiston | 16:34 / 11.03.2025
Firibgarlar o‘g‘irlagan pullarni qaytarib bo‘lmaydimi?
O‘zbekiston | 15:27 / 11.03.2025
«Tashabbusli budjet» loyihalariga ovoz berish boshlandi
O‘zbekiston | 00:58 / 11.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
«Credit House» ishi: Minglab odamlar uysiz va pulsiz qolyapti
O‘zbekiston | 12:30
-
Vengriya va O‘zbekiston olimlari yangi dori vositasini ishlab chiqarish ustida ishlamoqda
Fan-texnika | 12:27
-
Toshkentda o‘quvchi qizga shilqimlik qilgan o‘qituvchi 5 sutkaga qamaldi
Jamiyat | 12:23
-
Sirskiy: Ukraina qurolli kuchlari Kursk oblastidan qisman chiqib ketyapti
Jahon | 12:20
Mavzuga oid

11:02 / 12.03.2025
AQSh Ta’lim vazirligi xodimlarining deyarli yarmini qisqartiradi

09:21 / 10.03.2025
Xitoy O‘zbekistonda ta’lim va kasbga tayyorlash o‘quv markazini ochadi

19:00 / 04.03.2025
BMT tadqiqoti yoshlarda global ruhiy salomatlik inqirozini aniqladi

17:56 / 22.02.2025