Shuhrat Xudoyqulov Uzbekistan Airways boshqaruvi raisi etib tayinlandi
Uzbekistan Airways yagona aksioneri – O‘zbekiston prezidenti huzuridagi Strategik islohotlar agentligi qaroriga ko‘ra, joriy yilning 10 mart kuni Shuhrat Xudoyqulov Uzbekistan Airways boshqaruvi raisi etib tayinlandi.
Shuhrat Xudoyqulov 1984 yil 26 iyul kuni Urganch shahrida tavallud topgan. Sankt-Peterburg davlat fuqaro aviatsiyasi universitetining «Aviatsiya tashuvlarini tashkil etish» mutaxassisligini tamomlagan.
U 2006 yil «O‘zbekiston havo yo‘llari» MAK jamoasiga kelib qo‘shilgan va o‘z faoliyatini «Toshkent» xalqaro aeroportining aviatashuvlarini tashkil etish agenti sifatida boshlagan. 2006-2019 yillar oralig‘ida «O‘zbekiston havo yo‘llari» MAKda turli lavozimlarda, jumladan aviakompaniyaning xorijdagi vakolatxonalari, milliy aviakompaniyaning sotuvlar departamenti direktori sifatida faoliyat yuritgan.
2019 yildan Uzbekistan Airways'da tijorat va turizm bo‘yicha boshqaruv raisi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.
2021 yil fevral oyidan buyon Uzbekistan Airways boshqaruvi raisi lavozimini transport vaziri Ilhom Mahkamov egallab kelayotgan edi, u bilan 2022 yil oktyabr oyida mehnat shartnomasi uch yilga uzaytirilgan edi.
Mavzuga oid
21:10 / 10.11.2024
Toshkentdan Jiddaga uchgan samolyot ortga qaytishga majbur bo‘ldi
22:49 / 05.11.2024
Toshkentdan Nyu-Yorkka uchgan samolyot ikki marta favqulodda qo‘nishni amalga oshirdi
21:13 / 20.10.2024
O‘zbekiston va Pokiston o‘rtasida havo qatnovi tiklanadi
23:04 / 02.10.2024