Meksikada jinoiy kartel o‘z a’zolarini hukumatga topshirdi. Bu qanday sodir bo‘ldi?
«Golfo» kartelidan ajralib chiqqan, AQSh bilan chegaradosh Matamoros munitsipalitetida faoliyat yurituvchi Meksikaning Scorpions jinoiy guruhi to‘rt nafar amerikalikni o‘g‘irlab ketgani uchun uzr so‘radi va bu ish uchun javobgar bo‘lgan jangarilarini politsiyaga topshirdi.

Amerikaliklar jasadi olib kelingan morgni qo‘riqlayotgan harbiylar
Meksika matbuotida yuzlari futbolka bilan yopilgan, qo‘llari bog‘langan holda yerga yuztuban yotgan besh kishi surati keng tarqaldi. Ularni bu holda guruh vakillari tomonidan chaqirilgan Meksika politsiyachilar topgan.
Ularning yonidan Scorpions rahbariyatining Matamoris aholisi, asirga olingan amerikaliklar va ularning oila a’zolari, shuningdek, to‘da tomonidan ichida AQSh fuqarolari bo‘lgan mikroavtobus o‘qqa tutilganda tasodifan halok bo‘lgan meksikalik ayoldan kechirim so‘ragan xati chiqqan.
«Biz bu hujumda bevosita ishtirok etgan va buning uchun javobgar bo‘lganlarni topshirishga qaror qildik. Ularning barchasi o‘z qarori bilan ish ko‘rgan va intizomni buzgan», deyiladi maktubda.
Guruh rahbarlari, shuningdek, o‘z sheriklarini «aybsizlar hayotini himoya qilish»ni nazarda tutuvchi kartel qonunlarini buzganlikda ayblagan.
Noaniq biografiyaga ega guruh
AQSh fuqarolarining Matamorisga kelishi maqsadi hali ham to‘liq aniq emas.
Taxminlardan biriga ko‘ra, amerikaliklardan biri — Lataviya MakGi, kosmetik muolaja uchun mahalliy klinikalardan biriga borgan. Unga uchta do‘sti ixtiyoriy ravishda hamrohlik qilgan.

Reuters agentligi tomonidan e’lon qilingan yana bir taxminga ko‘ra esa, to‘rt nafar amerikalikdan uch nafari giyohvand moddalar bilan bog‘liq kichik jinoyatlar uchun, biri esa ancha jiddiy modda — giyohvand moddalarni tarqatish maqsadida ularni noqonuniy tayyorlash aybi bilan sudlangan.
Hozircha politsiya amerikaliklarga qilingan hujum oddiy banditizmmi yoki narkotik biznesidagi o‘zaro kurashmi – bu borada yakuniy xulosaga kelgani yo‘q.
Ikki amerikalik — Shaid Vudard va Zindel Braun otishmadan ko‘p o‘tmay olgan jarohatlari tufayli halok bo‘ldi. MakGi va guruhning to‘rtinchi a’zosini (ismi noma’lum) Scorpions to‘dasi a’zolari Matamoris kasalxonasiga olib borgan.
Halok bo‘lganlarning jasadlari allaqachon AQSh vakillariga topshirilgan.
Rasmiylar Scorpion guruhi mikroavtobus yo‘lovchilarni begona hududga bostirib kirgan raqib narkokartel a’zolari deb o‘ylagan bo‘lishi mumkinligini istisno etmayapti.
Ammo xato aniqlangan taqdirda ham, narkokartelning kechirim so‘rashi va hatto o‘z a’zolarini hokimiyatga topshirishi juda g‘alati ko‘rinadi.
Meksika jinoiy guruhlari qilgan ishidan pushaymon bo‘lishi bilan emas, balki o‘ta shafqatsizligi bilan mashhur.
Ehtimol, guruh rahbarlari bunday harakatlar bilan o‘z saflarida tartib-intizomni yaxshilash va kelajakda qaror qabul qilishda o‘zboshimchalik qilishni o‘ylayotganlar uchun dars bo‘lishini maqsad qilgan bo‘lishi mumkin.
AQSh reaksiyasi

Matamorosdagi voqea amerikalik siyosatchilar o‘rtasida AQSh chegaralaridagi narkokartellarga qarshi kurashish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi bahslarni yana kuchaytirdi.
Janubiy Karolina shtati senatori Lindsi Grem boshchiligidagi bir guruh respublikachilar uzoq vaqtdan beri Meksikadagi narkotik savdosiga qarshi kurashda AQSh armiyasidan foydalanishni yoqlab keladi.
Jumladan, Grem narkotik kartellarni qonun bilan xorijiy terrorchi tashkilotlar ro‘yxatiga kiritish va shu maqomga ko‘ra harakat qilishni taklif qilmoqda. Senatorning aytishicha, butun Amerika kuchini ularning ustiga qo‘yib yuborish kerak.
Meksika hukumati bunday ritorikaga g‘azab bilan munosabat bildirdi va buni harbiy aralashuvga chaqiriq deb atadi.
«Meksika AQSh mustamlakasi yoki protektorati emas», degan mamlakat prezident Andres Manuel Lopes Obrador.
AQShning ichki xavfsizlik bo‘yicha prezident maslahatchisi Liz Shervud-Rendall ayni damda rasmiy tashrif bilan Meksikada bo‘lib turibdi.
U prezident Obrador bilan AQShda o‘sib borayotgan fentanil va sintetik opioidlarning tarqalishi inqirozini muhokama qiladi.
Tavsiya etamiz
Samarqand shahriga kirish yo‘llari vaqtincha yopiladi
O‘zbekiston | 21:35 / 30.03.2025
Dunyo bo‘ylab Ramazon hayiti qanday kutib olindi – fotolar
Jahon | 20:30 / 30.03.2025
AQSh «Tolibon» bilan aloqa o‘rnatyaptimi?
Jahon | 16:25 / 30.03.2025
Germaniyadagi shaharcha gazetada e’lon berib, yangi hokim axtarmoqda
Jahon | 07:57 / 30.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Toshkentning ayrim hududlarida issiq suv vaqtinchalik o‘chiriladi
Jamiyat | 17:23
-
China Southern Airlines O‘zbekistonga parvozlar sonini ko‘paytiradi
O‘zbekiston | 17:14
-
Toshkentdagi ko‘chalardan biri 5 oyga yopiladi
O‘zbekiston | 17:14
-
1 apreldan Rossiyadagi migrantlarga bir qator cheklovlar kuchga kirdi
Jahon | 17:12
Mavzuga oid

23:11 / 23.03.2025
Meksikada mayyalarning muqaddas ibodatxonasiga chiqqan turist kaltaklandi

17:39 / 11.03.2025
Meksikada avtobuslar ishtirokidagi ikkita YTHda 25 kishi halok bo‘ldi

20:40 / 01.03.2025
AQSh Tramp talablari bajarilmasa, Meksikaga «harbiy harakatlar» bilan tahdid qildi

17:00 / 28.02.2025