Litva «Vagner»ni terrorchilik tashkiloti deb tan oldi

Foto: Reuters
Litva Seymi bir ovozdan «Vagner» XHKni terrorchilik tashkiloti deb tan olishga ovoz berdi.
Parlament tomonidan qabul qilingan rezolyutsiyada yollanma askarlar Ukrainadagi «tizimli og‘ir bosqin jinoyatlari»da ayblanadi.
«Rossiyalik harbiy xizmatchilar va «Vagner» xususiy harbiy kompaniyasining yollanma askarlari jangovar harakatlarda tajovuzkor tarafda faol ishtirok etib, tizimli, og‘ir bosqinchilik jinoyatlarini – Ukraina tinch aholisini o‘ldirish va qiynoqqa solish, turar joy binolari va boshqa fuqarolik obektlarini bombardimon qilishda ishtirok etyapti. Bu terrorizmga tenglashtiriladi», — deyiladi rezolyutsiyada.
Qarorda, shuningdek, «Vagner» yollanma askarlari Rossiya hukumatidan harbiy texnika va qurol-yarog‘ olishlari, Rossiya Mudofaa vazirligi tuzilmalarida tayyorgarlikdan o‘tgani hamda davlat va jamoat xavfsizligiga tahdid solayotgani qayd etilgan.
Deputatlar boshqa davlatlar parlamentlarini ham XHKni terrorchi tashkilot deb e’lon qilishga chaqirdi.
Mavzuga oid

11:42 / 07.05.2025
Serbiya OAV: Latviya va Litva Vuchichning samolyotini o‘tkazmaydi

15:31 / 16.04.2025
Yevropa Ittifoqi mayda tangalardan voz kechmoqda

21:58 / 01.04.2025
Litvada o‘lgan amerikaliklar: qutqarish amaliyoti xalqaro operatsiyaga aylanib ketdi

20:21 / 01.04.2025