Sirdaryo viloyati prokurori lavozimidan ozod etildi
Bosh prokuratura Sirdaryo viloyati prokurori jinoyat ustida qo‘lga olingani haqidagi xabarlar haqiqatga to‘g‘ri kelmasligini ma’lum qildi.
Sirdaryo viloyati prokurori Sanjar Mavlonov lavozimini tark etdi.
14 mart kuni telegram-kanallarida Sirdaryo viloyat prokurori Sanjar Mavlonov jinoyat ustida qo‘lga olingani haqida xabarlar tarqaldi. Bosh prokuratura axborot xizmati rahbari Hayot Shamsiddinovning Kun.uz’ga ma’lum qilishicha, ushbu xabarlar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi.
U Sanjar Mavlonov Bosh prokurorning shu yil 10 martdagi buyrug‘iga asosan o‘z xohishiga ko‘ra egallab turgan lavozimidan ozod etilgani, ayni paytda viloyat sobiq prokuroriga nisbatan hech qanday jinoyat ishi qo‘zg‘atilmaganini ta’kidladi.
Sanjar Abdurahimovich Mavlonov mehnat faoliyatini 2006 yilda Toshkent viloyatining Yangiyo‘l tumani prokuraturasi tergovchisi lavozimida ish o‘rganuvchilikdan boshlab, tuman prokuraturasi tergovchisi, Toshkent viloyati prokuraturasi bo‘lim katta tergovchisi, Bosh prokuratura boshqarma prokurori, katta prokurori, Yangiyer shahar prokurori, Qashqadaryo viloyati prokurorining birinchi o‘rinbosari lavozimlarida ishlagan. 2019 yildan Toshkent shahrining Shayxontohur tumani prokurori lavozimida faoliyat olib borgan.
Sanjar Mavlonov 2020 yilning avgust oyida O‘zbekiston prezidentining farmoni bilan «Sodiq xizmatlari uchun» medali bilan taqdirlangan.
2022 yilning aprelida Sirdaryo viloyati prokurori lavozimiga tayinlangandi.
Mavzuga oid
13:10 / 06.10.2024
Antikorrupsiya agentligi: Sirdaryo viloyatida 5 nafar hokim korrupsiyaviy jinoyat sodir etgan
13:20 / 29.09.2024
Sirdaryoda Guliston Suv inshootlari boshqarmasi yer kadastri bo‘lim boshlig‘i ushlandi
19:22 / 21.09.2024
Tadbirkorlarni quyosh paneli olishga majburlagan Sirdaryo HETK: “Prezident qarori noto‘g‘ri talqin qilingan”
08:58 / 21.09.2024