Jahon | 08:31 / 14.03.2023
4986
1 daqiqa o‘qiladi

Zelenskiy: Vazirlar mahkamasi mudofaa uchun 500 mlrd grivnadan ortiq mablag‘ni ma’qulladi

Ukraina Vazirlar mahkamasi 13 mart kuni davlat budjeti xarajatlarini 537 milliard grivnaga (13,5 milliard yevro) oshirish bo‘yicha qonun loyihasini qo‘llab-quvvatladi, mablag‘lar mudofaa maqsadlarida ishlatiladi. 

Foto: president.gov.ua

Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy kechki murojaatida ta’kidlaganidek, Vazirlar mahkamasi Oliy Radaga o‘zgartirishlarni ma’qullashni taklif qildi. Bu pullar armiyani moliyalashtirish, jihozlar, jumladan, uchuvchisiz uchish apparatlarini sotib olishga sarflanadi.

Murojaatda Zelenskiy qishloq xo‘jaligi sohasi manfaatlari yo‘lida minalardan tozalashni tezlashtirish zarurligini ham ta’kidlagan. Taxminan 170 ming kvadrat kilometr maydonda minalar va portlamagan snaryadlar qolmoqda, dedi u.

Ukraina yetakchisining qo‘shimcha qilishicha, mamlakat sharqidagi harbiy vaziyat «juda og‘ir». Belohirivka va Marinka, Avdiivka va Baxmut, Vuhledar va Kamenka, shuningdek, bir qator boshqa joylarda «kelajagimiz qanday bo‘lishi» hal qilinmoqda, deya ta’kidladi Ukraina prezidenti.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid