Jahon | 17:39 / 15.03.2023
4333
2 daqiqa o‘qiladi

Daniya Ukrainaga yordam berish uchun milliard dollarlik fond tuzyapti

Foto: AP

Daniya 2023 yilda Ukrainaga harbiy va gumanitar yordam ko‘rsatish uchun maxsus jamg‘arma tashkil qiladi

Daniya Moliya vazirligi veb-saytidagi press-relizga ko‘ra, qirollik hukumati parlamentning keng qo‘llab-quvvatlashi bilan umumiy hajmi 7 milliard Daniya kronasi (hisob-kitob bo‘yicha: taxminan 940 000 000 yevro) bo‘lgan Ukraina jamg‘armasini yaratish qarorini kelishib oldi.

«Bundan tashqari, 2022 va 2023 yillarda berilgan harbiy xayriya yordamlari bilan bog‘liq harbiy texnikalarni almashtirish xarajatlarini qoplash uchun 2024-2027 yillarda qo‘shimcha mablag‘ ajratiladi», — deyiladi xabarda.

Bundan oldin Daniya va Niderlandiya hukumatlari Ukrainani jangovar tanklar bilan ta’minlash qarorini qayta ko‘rib chiqishgani xabar berilgandi.

Germaniyaning Die Welt gazetasi Daniya va Niderlandiya hukumatlariga yo‘llangan so‘rovlarga tayanib xabar berishicha, bu ikki davlat Kiyevga Leopard 2 tanklarini yetkazib berish qarorini qayta ko‘rib chiqqan.

Daniya bo‘yicha, mamlakat hukumat doiralaridagi Die Welt manbalari ham tahririyat so‘roviga javoban ixtiyorida 44 ta zamonaviy Leopard 2A7 tankiga ega bo‘lgan mamlakat yetkazib beruvchilar koalitsiyasida ishtirok etmasligini aytdi. 

«Leopard 2 koalitsiyasida ishtirok etishdan bosh tortgani uchun kompensatsiya sifatida Niderlandiya va Daniya nemis sanoati zaxiralaridan 100 ta Leopard 1 tankini ta’mirlash xarajatlarining bir qismini o‘z zimmasiga oladi, - deb yozadi Die Welt. - Bu mamlakatlarning o‘zlari bunday eskirgan tanklarga ega emaslar».

Mavzuga oid