Jahon | 18:35
1255
3 daqiqa o‘qiladi

Ukraina Rossiyaning uchta hududidagi neft obektlariga hujum qildi

Foto: Exilenova+

Ukraina dronlari 31 mayga o‘tar kechasi Rossiyaning yana bir necha regionlariga hujum uyushtirdi. RF mudofaa vazirligi mamlakatning 10 ta regioni, shuningdek, anneksiya qilingan Qrim hamda Qora dengiz akvatoriyasi uzra ukrainlarning 216 ta droni to‘xtatilgani va yo‘q qilingani haqida xabar bergan. 

Saratov oblasti gubernatori Roman Busargin dronlar hujumi oqibatida fuqarolik infratuzilmasi obektlari shikastlanganini ma’lum qilgan. U boshqa tafsilotlarni keltirmagan. Ukrainadagi Exilenova+ telegram-kanali Saratov neftni qayta ishlash zavodi yonayotgani aks etgan videoni e’lon qilgan.

Rostov oblasti gubernatori Yuriy Slyusar esa Matveyevo-Kurgan rayonida dron parchalari tushishi oqibatida xususiy korxonaning yoqilg‘i ombori yonib ketgani haqida xabar bergan. Uning so‘zlariga ko‘ra, jabrlanganlar yo‘q. Atrofdagi uylar aholisi «xavfsizlikni ta’minlash maqsadida» evakuatsiya qilingan. Matveyevo-Kurgan posyolkasida dorixona, ikkita do‘kon, avtomobil va gaz quvuri shikastlangan, hududda favqulodda holat rejimi joriy etilgan.

Foto: Exilenova+
Matveyevo-Kurgan rayonida yoqilg‘i omboridagi yong‘in, 2026 yil 31 may
Dina Alborova / Administratsiya Matveyevo-Kurganskogo rayona
Matveyevo-Kurgan rayonida yoqilg‘i omboridagi yong‘in, 2026 yil 31 may
Dina Alborova / Matveyevo-Kurgan rayoni ma’muriyati

Kirov oblasti Urjumskiy rayonida ham dronlar hujumi oqibatida korxonalardan birida yong‘in chiqqani. Ukrainadagi monitoring kanallar tasdiqlashicha, gap «Lazarevo» ishlab chiqarish dispetcherlik stansiyasi haqida ketmoqda. Ukraina qurolli kuchlari uni Rossiya nefti Boltiqbo‘yidagi Primorsk va Ust-Luga portlari hamda Belarusga tashishladigan «Surgut-Polotsk» neft quvuridagi asosiy nuqta deb atagan.

Kirov oblasti Urjumskiy rayoni, 2026 yil 31 may
Exilenova+

Ukraina qurolli kuchlari bosh shtabi o‘z hisobotida dronlar orqali Saratov neftni qayta ishlash zavodi, «Lazarevo» stansiyasi hamda Rostov oblastidagi yonilg‘i-moylash materiallari omboriga zarba berilganini ma’lum qilgan.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid