Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Fransiyada pensiya yoshini oshirish haqidagi qonun parlament roziligisiz qabul qilindi
Avvalroq, islohotga qarshi ommaviy norozilik namoyishlari bo‘lib o‘tgan edi.
Fransiya bosh vaziri Elizabet Born pensiya yoshini 62 yoshdan 64 yoshga ko‘tarish to‘g‘risidagi qonun parlamentda ovoz berishsiz qabul qilinganini ma’lum qildi. Bu haqda AFP yozdi.
Avvalroq, 16 mart kuni Fransiya Senati munozarali pensiya islohoti to‘g‘risidagi qonun loyihasini ma’qullagan edi, biroq o‘sha kunga rejalashtirilgan Milliy Assambleya — parlament quyi palatasida ovoz berish jarayoni o‘tkazilmadi. Ommaviy axborot vositalari u yerda qonun qo‘llab-quvvatlanmasligi mumkinligini taxmin qilishgan edi.
BFMTV ma’lumotlariga ko‘ra, qonunni qabul qilish uchun Fransiya Konstitutsiyasining 49.3-moddasidan foydalanilgan, bu esa hukumatga qonun chiqaruvchi organning roziligisiz bir tomonlama tartibda qonunlar qabul qilish imkonini beradi.
Fransiyada pensiya yoshini oshirish Emmanuel Makronning saylovoldi va’dalaridan biri hisoblanadi. Rasmiylar birinchi marta 2019 yilda pensiya yoshini oshirishga harakat qildi, bu ommaviy noroziliklarga olib keldi va islohot kovid pandemiyasi fonida qoldirildi.
2023 yil yanvar oyidan beri Fransiyada pensiya islohotining yangi muhokamasi fonida minglab norozilik namoyishlari bo‘lib o‘tmoqda. 7 mart kuni o‘tkazilgan mitinglarda 1,2 milliondan ortiq kishi qatnashdi, bu namoyishlar boshlanganidan beri eng yuqori ko‘rsatkich bo‘ldi.
Mavzuga oid
08:50 / 08.06.2026
SIPRI: dunyoda yadroviy qurollar soni yana o‘sishi mumkin
20:14 / 31.05.2026
Fransiyada ozdiruvchi dori sotib olganlarning xarajatlari qoplab beriladi
08:59 / 28.05.2026
Norvegiya Fransiyaning yadroviy “qalqoni”ga qo‘shildi
22:20 / 24.05.2026