Mazkur qonun fransuzlar tomonidan yaxşi qabul qilinmadi hamda butun mamlakat böylab namoyişlar va iş taşlaşlar boşlanişiga sabab böldi. Ammo mamlakat prezidenti Emmanuel Makron bu muhim islohot ekani, usiz mamlakat iqtisodiyotini aholi keksayib borayotgani va pensiya jamğarmalari taqçilligi oşayotgani tufayli qayğuli kelajak kutişini ma’lum qildi.

Qonun qabul qilingaç, namoyişlar qaytadan boşlandi. Parijdagi Kelişuv maydoni va uning atrofida namoyişçilar çiqindilar uyumlariga öt qöyişdi va politsiyaçilarni toşböron qilişdi. Politsiya suv purkagiçlar va közdan yoş sizdiruvçi gazli granatalar bilan javob qaytardi.

BBC muxbirlari xabar berişiça, 16 mart kuni Parij vaqti bilan soat töqqiz atrofida saflari töldirilgan politsiyaçilar namoyişçilarning katta qismini maydondan siqib çiqarişgan. 

Fransiya politsiyasi şu kuni kamida 217 namoyişçi qölga olingani haqida xabar berdi.

Namoyişlar mamlakatning boşqa qator şaharlarida, jumladan Marsel, Dijon, Nant, Renn, Ruan, Grenobl, Tuluza va Nitssada ham bölib ötdi. AFP xabariga köra, Marselda namoyişçilar bir neçta dökonlarni buzib taşlagan, Nant, Renn va Lionda ham namoyişçilar va huquq-tartibot kuçlari örtasida töqnaşuvlar bölgan. 

Payşanba kuni avvalroq Senat qonunni yoqlab ovoz bergandi, ammo Milliy assambleya sessiyasi boşlanişi arafasida prezident Makron Fransiya Konstitutsiyasining hukumatga qonun çiqaruvçi organning roziligisiz bir tomonlama tartibda qonunlar qabul qiliş imkonini beruvçi moddasini qöllaşga qaror qildi. Bungaça OAV parlament quyi palatasida qonunni qöllab-quvvatlamasliklari haqida yozgandi.

«Biz pensiya tizimi kelajagiga pul tika olmaymiz, bu islohot zarur», dedi parlamentda çiqiş qilgan Fransiya boş vaziri Elizabet Born.