Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Oq uy Putinni hibsga olish bo‘yicha XJS orderiga izoh berdi
Oq uy Xalqaro jinoiy sudning Vladimir Putinni hibsga olish uchun order taqdim etish haqidagi qaroriga izoh berdi.

Foto: iStock
«Xalqaro jinoiy sud prokurori mustaqil shaxs bo‘lib, o‘z qo‘lidagi dalillar asosida hukm chiqaradi. Urush jinoyatlarida aybdor bo‘lganlar javobgarlikka tortilishi kerak», deyiladi bayonotda.
«Rossiya Ukrainada urush jinoyatlari va vahshiylik sodir etayotganiga hech qanday shubha yo‘q», dedi AQSh Davlat departamenti rasmiy vakili Ned Prays.
Avvalroq BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish Haagadagi Xalqaro jinoiy sud Rossiya prezidentini hibsga olishga order berganiga qaramay, Putin bilan gaplashishga tayyorligi ma’lum qilingandi. Bu haqda BMT bosh kotibi idorasi vakili Stefan Dyujarrik aytib o‘tdi.
«Biz bosh kotib oldidagi muammolarni hal qilish uchun kim bilan gaplashishi kerak, degan pozitsiyada turibmiz», dedi Dyujarrik. BMT spikerining so‘zlariga ko‘ra, bunday masalalar kontekstida XJS BMT Kotibiyati bilan huquqiy jihatdan bog‘liq emas. Shunga ko‘ra, Putin BMT uchun persona non grata bo‘lmaydi.
Agar Putin Rim statutini ratifikatsiya qilgan, shuningdek, XJS yurisdiksiyasini tan olgan davlatlardan biriga tashrif buyursa, mahalliy hokimiyat organlari uni hibsga olishlari kerak. Gap 123 ta davlat, jumladan Yevropaning barcha mamlakatlari, Janubiy Amerika, shuningdek, Tojikiston, Janubiy Afrika, Afg‘oniston, Markaziy Afrika Respublikasi va Nigeriya haqida bormoqda.
Xalqaro jinoiy sud Putinni hibsga olishga order bergani haqida 17 mart kuni XJS saytida xabar berilgan. Sud Rossiya prezidentini harbiy jinoyatlarda, xususan, Ukrainaning bosib olingan hududlaridan bolalarni Rossiyaga majburan deportatsiya qilishda gumon qilmoqda. Putin «ushbu jinoyatlar uchun bevosita, boshqa shaxslar bilan birgalikda yoki boshqa shaxslar orqali, shuningdek, ushbu harakatlarni sodir etgan fuqarolik va harbiy xizmatchilar ustidan tegishli nazoratni amalga oshirmagani uchun jinoiy javobgarlikka tortilishi mumkin», deyiladi xabarda.
Xuddi shunday hibsga olish orderi Rossiya prezidenti huzuridagi Bolalar huquqlari bo‘yicha vakil Mariya Lvova-Belovaga nisbatan ham chiqarilgan. XJS qarorida aytilishicha, Haaga sudi «u yuqoridagi jinoyatlar uchun shaxsan jinoiy javobgarlikka tortilish uchun yetarli asoslarga ega, chunki u bu qilmishlarni bevosita, boshqa shaxslar bilan birgalikda va/yoki boshqa shaxslar orqali sodir etgan».
Tavsiya etamiz
Jinoyat olamida bunaqasi kam uchraydi: yashirin ustaxona va g‘oyib bo‘lgan 276 ta mashina
Jamiyat | 13:40 / 16.07.2025
20 iyuldan boshlab 1-2 kunga xorijga chiqqanlar O‘zbekistonga bojsiz tovar olib kirolmaydi
Iqtisodiyot | 19:31 / 15.07.2025
Bolalarni itdek vovullatgan «defektolog»ga yangi jinoiy ish ochildi
Jamiyat | 18:06 / 15.07.2025
Etihad Airways O‘zbekistonga parvozlarni yo‘lga qo‘yadi
O‘zbekiston | 15:18 / 15.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
“Vagner”ga yollangan o‘zbekistonlik jinoiy jazoga tortildi
Jamiyat | 21:37
-
Tramp Coca-Cola retseptini o‘zgartirishni talab qildi, kompaniya bunga rozi
Iqtisodiyot | 21:30
-
“400 mln so‘m sarflagandik” – Toshkentda hokimlik fuqarolar barpo qilgan yashil hududni auksionda sotib yubordi
Jamiyat | 21:19
-
Suriyadagi yangi urush. Druzlar va badaviylar mojarosida voqealar rivoji
Jahon | 20:26
Mavzuga oid

10:30
Mers AQShga Trampning tariflariga qat’iy javob bilan tahdid qildi

07:51
Germaniya sudi AQSh dronlari zarbasi bo‘yicha shikoyatni rad etdi

23:14 / 16.07.2025
AQSh xavotirda: BRICS G‘arb gegemoniyasini yiqitadimi?

11:27 / 16.07.2025