Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shavkat Mirziyoyev Toshkentdagi ko‘p tarmoqli tibbiyot markazini borib ko‘rdi
Foto: Prezident matbuot xizmati
Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahridagi M-Clinic ko‘p tarmoqli tibbiyot markazini borib ko‘rdi.

Davlat rahbari matbuot xizmati xabariga ko‘ra, 202 million dollarlik loyiha evaziga 6 ta bino bunyod etilib, zamonaviy sharoitlar yaratilgan. Tibbiy texnologiyalar Germaniyaning KBV GmbH & Co. KG kompaniyasi tomonidan loyihalashtirilgan.


Muassasada kattalar uchun 95 ta va bolalar uchun 33 ta statsionar o‘rin, 1 ming 400 ta qatnovga mo‘ljallangan poliklinika tashkil etilgan. Ular yaqin oylarda ishga tushiriladi. Umuman, tibbiyot markazida 50 ta tor mutaxassislik bo‘yicha xizmat ko‘rsatish yo‘lga qo‘yiladi.

Markazda kardiologiya, angiografiya, travmatologiya, neyroxirurgiya, ginekologiya va urologiya bo‘yicha 5 ta jarrohlik xonasi bo‘ladi. Ularda yiliga 5 mingta yuqori texnologiyali operatsiyalarni amalga oshirish mumkin. Ilg‘or uskunalar kam kesish va tez reabilitatsiya qilish imkonini beradi.

Davlat rahbari bu sharoitlar bilan tanishdi. Markazni muayyan yo‘nalishlar bo‘yicha tayanch muassasaga aylantirish, bu yerdagi tajriba asosida shifokorlar malakasini oshirish bo‘yicha mutasaddilarga ko‘rsatmalar berdi.

Mavzuga oid
18:45 / 25.04.2026
Biznes-ombudsman Toshkentning dizayn-kodi masalasida e’tiroz bildirdi
20:48 / 24.04.2026
Toshkentda avtobuslar uchun yana 16 ta yo‘nalish tashkil etilib, 70 ta yangi bekat quriladi
22:00 / 23.04.2026
Prezident Toshkentdagi Bog‘imaydon mahallasida bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi
20:12 / 23.04.2026