Buyuk Britaniyaning sobiq boş vaziri Bler 2003 yilda özi qöllab-quvvatlagan holat - Birlaşgan Qirollik iştirokida AQŞning Iroqqa bostirib kirişi va Rossiyaning Ukrainadagi uruşini taqqoslamaslikka çaqirdi.
Buyuk Britaniya sobiq boş vaziri Toni Bler 2003 yilda özi qöllab-quvvatlagan holat - Birlaşgan Qirollik iştirokida AQŞning Iroqqa bostirib kirişi va Rossiyaning Ukrainadagi uruşi örtasidagi taqqoslaşni rad etdi. Bler 18 mart, şanba kuni dpa, AFP, ANSA, EFE agentliklari bilan eksklyuziv intervyusida öz nuqtayi nazarini bildirdi.
Britaniya vazirlar mahkamasi sobiq rahbariga köra, Iroq prezidenti bölgan Saddam Husayn xalqaro huquqni buzgan holda ikki marta uruşda qatnaşgan va kimyoviy qurol qöllaşni buyurgan, ulardan foydalaniş ommaviy qurbonlarga olib kelgan.
Iroqqa kirib borgan va Husaynni ağdargan koalitsiya kuçlarining harakatlarini Rossiya prezidenti Vladimir Putinning Ukrainaga bostirib kirişi bilan tenglaştirib bölmaydi - «bilişimça, demokratik yöl bilan saylangan prezidenti bölgan, mintaqaviy mojarolarni boşlamagan va qöşnilarga qarşi tajovuzkorlik qilmagan mamlakatga», dedi Bler.
Sobiq boş vazir Putin 2003 yilda BMT Xavfsizlik kengaşi mandatisiz amalga oşirilgan Iroqqa bostirib kiriş holatidan özining bosqinçilik uruşini oqlaş uçun foydalanişi mumkinligini tan oldi.
Ammo agar u bu dalilga murojaat qilmasa, «boşqa bahonani işlatadi», deydi Toni Bler.
Rossiya va Xitoyning BMT Xavfsizlik kengaşida mavjudligi xalqaro qoidalarga asoslangan dunyo tartibini saqlaşni «juda qiyin» qiladi, dedi Britaniya vazirlar mahkamasi sobiq rahbari.
Iroqqa 45 ming britaniyalik askarni yuboriş, ba’zi ekspertlarga köra, Blerning 10 yil boş vazirlik davrida qabul qilgan eng ziddiyatli qarorlaridan biri. Bu harakatni oqlaş uçun Toni Bler Saddam Husayn rejimi şubhasiz ommaviy qirğin quroliga ega ekanligi haqidagi ma’lumotni keltirgan. Biroq, bunday qurol topilmadi.
Britaniya hukumatining köplab yuridik maslahatçilari ham Iroqda BMT ruxsatisiz operatsiya ötkazişning qonuniyligiga şubha bildirgan. Şunday qilib, öşa paytdagi maslahatçilardan biri Maykl Vudning aytişiça, Bler ma’muriyatidagi Taşqi işlar vazirligi rahbari Jyek Stro Vudning Iroqqa qarşi BMT Xavfsizlik kengaşining ruxsatisiz va boşqa huquqiy asossiz harbiy kuç işlatiş haqidagi ogohlantirişlariga e’tibor bermagan.

















