Öpka töqimalarining suyak-son töqimalari bilan qanday boğliqligi bor? Nega boşqa a’zoda keçgan kasallik boşqa bir a’zoda asoratini körsatmoqda? Uşbu savollarga Kun.uz travmatolog-ortoped şifokor Nu’monjon Sidikovdan javob oldi.
COVID’dan keyin koksartroz kasalligi köpayib ketmoqda. Bunday kasalliklar COVID’dan avvalgi yillarga nisbatan 3-4 barobarga oşdi.
“Son suyagi boşçasi yemirilişi kasalligining uç turi farqlanadi. Displastik koksartroz, travmatik koksartroz hamda idiopatik koksartroz. Displastik turi asosan tuğma çiqişlar natijasida vujudga kelgan bölsa, travmatik turi jarohat oliş natijasida rivojlanadi. Koronavirus infeksiyasi tarqalgunga qadar displastik koksartroz köp uçrardi va u asosan ayollarda kuzatilardi.
Idiopatik koksartroz turli kasalliklar fonida paydo böladi. COVID’dan söng idiopatik turi keskin oşdi, uning asosiy bemorlari esa erkaklarni taşkil etadi”, deydi Nu’mon Sidikov.
“Son suyagining boşçasiga qon aylanişining buzilişi hisobiga qon yetib bormasligi natijasida son suyagidagi töqimalar nekrozga uçraşni boşlaydi. Asosiy manbaa — qon yaxşi yetib kelmasligi hisobiga nekrozga uçraydi va yemiriladi.

COVIDdan keyin son suyagi yemirilişi kasalligi köproq erkaklarda kuzatilyapti. Bu kasallik yoş tanlamaydi. Ammo koviddan söng 20-60 yoş erkaklar orasida köp uçramoqda.
Ayollarda ham uçraydi. Ammo aynan koviddan söng bunday bemorlarning asosiy sonini erkaklar taşkil etmoqda”.
COVID-19 asosan pnevmoniyaning ötkir körinişi bilan keçgan bölsa, tayanç harakatlaniş sistemasiga qanday ta’sir körsatgani haqida doktor Sidikov asosiy sabab sifatida quyidagilarni körsatdi:
“Töğri, koronavirus natijasida köproq öpka töqimasi zararlanadi. Lekin COVID sabab qon quyiliş holatlari köpaydi. Qon quyilişi organizmda qon aylanişining buzilişiga olib keladi. Alal oqibat son suyagi boşçasiga qon yetib boriş mexanizmi işdan çiqadi.
COVID-19 da tomir özgarişlariga endoteliolit, qon tomirining torayişi va yorilişi, trombotik mikroangiopatiya, kapillyar funksiyasining yetişmovçiligi va töqimalarda kislorod tanqisligi kabilar kiradi.
Giperyalliğlaniş va giperkoagulatsiya kombinatsiyasi birgalikda keng tarqalgan tomir funksiyasi yetişmovçiligiga olib keladi. Uzoq tomir yalliğlaniş holati tomir devori qattiqligini oşiradi, tomirlarda qariş jarayonini tezlaştiradi.
Son suyagi boşçasini oziqlantiruvçi qon tomirlardan ötayotgan qonning quyuqlaşib qolişi va kam ötişi natijasida son suyagi boşçasi oziqlanişi buziladi.
Bundan taşqari, COVID-19 kasalligining erta davrida kortikosteroid(gormon) qöllaşning klinik afzalliklari va nojöya ta’sirlari haqida ma’lumotlar yetarli emasligiga qaramasdan, kortikosteroid terapiya kasallikning yengil yoki örta darajalarida ham keng qöllanilmoqda.
Son suyagi boşçasining steroid sababli rivojlangan yemirilişi son suyagi boşçasining atravmatik osteonekrozining 47.4% dan ortiğini taşkil qiladi. Steroid sababli rivojlangan osteonekrozning yuzaga kelişi kortikosteroid kumulyativ xususiyati, maksimal dozasi va kasallik holatiga boğliq, ammo yondoş kasallik, masalan, qandli diabet mavjud holatlarda kiçik dozalarda ham yuzaga kelişi mumkinligini köriş mumkin.
Mazkur preparatlar D vitamini va kalsiyning suyakka yetib borişiga tösqinlik qiladi. Natijada u mörtlaşib, yemirilişga olib keladi.


Oğriq asosiy simptomlardan bölib, u avvaliga yurganda, oğir yuk kötarganda, bosim tuşgandan keyin kuzatiladi. Kasallik oğirlaşib borgan sari, bemor hatto tinç holatda ham oğriqni his qiladi. Hatto erkin holatda yurolmay qoladi.
Bu kasallikning oldini oliş uçun COVIDni boşdan ötkazgan bemorlar köproq suyuqlik içişi, qonni suyuqlaştiruvçi preparatlar içib turişi kerak. Kalsiyga boy bölgan taomlardan köproq iste’mol qiliş maqsadga muvofiq.
Şuningdek, kalsiy, vitamin D preparatlarini qabul qiliş, quyoşda sayr, tayanç harakatlaniş sistemasiga bosim tuşirmasligi kerak.
Oyoq böğimlarda, çanoq sohasida oğriq his qilganda zudlik bilan şifokorga murojaat qiliş xastalikning oldini olişga, vaqtida aniqlab, davo çoralarini körişga yordam beradi.
Koksartrozni davolaş uning bosqiçiga qarab elektroforez, lokal baroterapiya, metabolik terapiya kabi usullardan foydalanib amalga oşiriladi. Sönggi bosqiçlarda operatsiya qilinadi”.
Çaros Mannonova suhbatlaşdi.












