Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh Ukrainaga yangi harbiy yordam paketini e’lon qildi
AQSh davlat kotibi Entoni Blinkenning aytishicha, AQSh Ukrainaga 350 million dollar (327 million yevro) miqdoridagi yangi harbiy yordam paketini taqdim etadi.
Foto: AP
Paketga HIMARS yalpi o‘t ochish reaktiv tizimlari, gaubitsalar va M2 Bradley piyoda jangovar mashinalari uchun o‘q-dorilar, shuningdek, HARM raketalari, tankka qarshi qurollar, daryo qayiqlari va boshqa jihozlar kiradi, dedi AQSh Davlat departamenti rahbari.
Bundan oldin Amerika Qo‘shma Shtatlari Rossiya agressiyasiga qarshi kurash doirasida Ukrainaga yangi harbiy yordam paketi haqida e’lon qilgandi. U «yaqin kunlarda» e’lon qilinadi, dedi Oq uy huzuridagi Milliy xavfsizlik kengashi strategik aloqalar bo‘yicha koordinatori Jon Kirbi.
U ushbu paketga aynan nimalar kiritilishiga aniqlik kiritmagandi, biroq AQShning Ukrainani qo‘llab-quvvatlashi imkoniyatlar va miqdorlar bo‘yicha «butun dunyoda tengsiz» ekanini ta’kidlagan.
15 mart kuni video-konferensiya orqali Ukraina mudofaasi bo‘yicha aloqa guruhining «Ramshtayn» formatidagi 10-yig‘ilishda 40 dan ortiq davlat ishtirok etgandi.
Uning yakunida AQSh mudofaa vaziri Lloyd Ostin Shvetsiya Kiyevga o‘nta Leopard 2 tanki hamda havo hujumidan mudofaa tizimlari topshirishini ma’lum qildi. U qaysi komplekslar haqida gapirayotganiga aniqlik kiritmadi. Fevral oyida Stokholm Hawk va IRIS-T tizimlari Ukrainaga o‘tkazilishi haqida xabar bergan edi.
Mavzuga oid
12:44
Rubio: AQSh NATO bilan munosabatlarni qayta ko‘rib chiqadi
08:33
Tramp: AQSh Eron bo‘yicha maqsadiga yetdi, hujumlar tez orada to‘xtaydi
22:50 / 31.03.2026
Tramp Eronning boyitilgan uran zaxiralarini nazoratga olmoqchi emasligini aytdi
22:10 / 31.03.2026