Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Vengriya Yevroittifoqning Putinni hibsga olish orderi haqidagi bayonotini blokladi
Vengriya Yevropa Ittifoqining Putinni hibsga olish orderi bo‘yicha qo‘shma bayonotiga to‘sqinlik qildi, bu esa Borrelning faqat o‘z nomidan bayonot berishiga olib keldi.
Vengriya Yevropa Ittifoqi davlatlarining Rossiya prezidenti Vladimir Putinni Xalqaro jinoiy sud (XJS) tomonidan hibsga olishga order berilgani haqidagi qo‘shma bayonotini nashr etishga to‘sqinlik qildi. Bu haqda 20 mart, dushanba kuni manbalarga tayanib, Bloomberg agentligi xabar berdi.
Budapeshtning pozitsiyasi tufayli Yevropa Ittifoqining tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha oliy vakili Jozep Borrel o‘z nomidan bayonot berib, XJS qarorini «eslatmaga olganini» aytdi. «Xalqaro jinoiy sudning Vladimir Putinga qarshi qarori juda muhim voqea, o‘yinni o‘zgartiruvchi omil», dedi Borrel va orderni «Rossiya rahbarlarini Ukrainadagi jinoyatlar uchun javobgarlikka tortish jarayonining boshlanishi» deb atadi.
20 mart kuni Yevropa Ittifoqi adliya vazirlari XJS qarorini qo‘llab-quvvatlovchi o‘z bayonotlarini e’lon qilishdi, Vengriya uni ham imzolamadi, deb ta’kidlaydi Bloomberg.
Vengriya Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Mate Patsolay Bloomberg'ning veto haqidagi ma’lumotlarini rad etib, Budapesht haqiqatda Putinning hibsga olinishi haqidagi orderiga izoh berishni istamasligini aytdi.
«Haqiqat shuki, Vengriya Yevropa Ittifoqining tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha oliy vakili Jozep Borrelga quyidagi pozitsiyani bildirdi: Vengriya XJS qarorini e’tiborga oladi va bu haqda hech qanday izoh berishni istamaydi. Ammo, agar oliy vakil yoki har qanday Yevropa Ittifoqi davlati bayonot bilan gapirishni istasa, Vengriya bunga e’tiroz bildirmaydi», dedi Patsolay.
Mavzuga oid
09:00 / 16.06.2026
Vengriya parlamenti bosh vazir lavozimida bo‘lish muddatini chekladi
08:58 / 04.06.2026
Ukrainaning YeIga a’zo bo‘lishi yo‘lida muhim qadam tashlandi
08:50 / 01.06.2026
YeI Rossiya neftiga nisbatan yangi sanksiyalarni tayyorlamoqda
18:06 / 27.05.2026