Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Farg‘onada xorijdan kelgan yuklarni rasmiylashtirmasdan pora evaziga bojxonadan o‘tkazib kelgan bojxonachilar sudlandi
Sudlanuvchilar “Vodiy” va “Qo‘qon” tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona postlari hamda “Farg‘ona” chegara bojxona postida mas’ul lavozimlarda faoliyat olib borgan.
Qayd etilishicha, ayblanuvchilar davlat tomonidan import qilishda bojxona to‘lovlaridan beriladigan imtiyozlardan noqonuniy foydalanish, bojxona nazorati bo‘yicha belgilangan tartibni buzish, xizmat lavozimidan foydalangan holda bojxona kuzatuv nazorati shaffofligini ta’minlamaslik, bojxona to‘lovlarini to‘lashdan bo‘yin tovlash kabi qonunbuzilishlarga yo‘l qo‘yishgan. Bu haqda O‘zA xabar bergan.
Sud hujjatlariga ko‘ra, bojxonachilar o‘z manfaatini ko‘zlab va boj to‘lovlaridan qochish maqsadida Polshadan O‘zbekistonga olib kirilayotgan transport vositalarining holati, rusumi va tasnif raqamini soxtalashtirgan.
Bundan tashqari, sudlanuvchilar ma’lum haq – pora evaziga bir necha fuqarolarning ko‘p miqdordagi chet elda ishlab chiqarilgan yuklarini tegishli rasmiylashtiruvlarsiz bojxona nazoratidan o‘tkazib yuborgan.
Jinoyat ishlari bo‘yicha Farg‘ona shahar sudida bo‘lib o‘tgan ochiq sud majlisida sudlanuvchilar bu jinoyatlarga aloqador ekanliklarini rad etishgan. Biroq videokuzatuv va fotosuratlar, daliliy ashyolar, xolislarning ko‘rsatmalari, ilova hujjatlari buning aksini ko‘rsatgan.
Sudda bojxonachilarning qonunga zid xatti-harakatlari natijasida davlat va jamiyat manfaatlariga milliardlab so‘m zarar keltirilgani aniqlangan. Sud jinoyatchilarga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan ozodlikdan mahrum qilish jazosini tayinladi. Biroq O‘zA xabarida bojxonachilar necha yilga qamalgani ochiqlanmagan.
Eslatib o‘tamiz, 2022 yilda Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi “Oybek” chegara bojxona postida joriy yil iyun-sentabr oylarida olib borilgan tezkor o‘rganish ishlari natijasida, olib chiqilishi taqiqlangan tovarlar ortilgan yuk avtotransport vositalari hujjatlarda go‘yoki bo‘sh holatda deya ko‘rsatgan holda olib chiqilganiga doir fakt va dalillar aniqlangandi. Mazkur holat yuzasidan “Oybek” chegara bojxona posti boshlig‘i o‘rinbosari va 3 nafar xodimi shu kunning o‘zida bojxona organlaridan bo‘shatilgan hamda tergov organlariga topshirilgan.
Mavzuga oid
20:43 / 08.06.2026
Sudyalar uchun daromad va mol-mulk deklaratsiyasini taqdim etish tizimi ishga tushiriladi
08:56 / 28.05.2026
Ehtiyot choralarini bekor qilish vakolati faqat sudga o‘tkazilishi mumkin
19:43 / 18.05.2026
3 kishini piyodalar yo‘lagida urib yuborib, ochiqda qolgan ayol qo‘shmachilik ustida ushlandi
13:12 / 18.05.2026