Bojxona qo‘mitasi raisi 5 nafar xodimni ishdan bo‘shatdi va tergov organlariga topshirdi
Davlat bojxona qo‘mitasi raisi Akmal Mavlonov huzurida navbatdagi xizmat yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Qo‘mita xabariga ko‘ra, unda shaxsan rais tomonidan bir necha bor ogohlantirishlarga qaramasdan, tizimda hanuzgacha korrupsiyaga qo‘l urayotgan xodimlar uchrayotgani tanqid ostiga olindi.
Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi “Oybek” chegara bojxona postida joriy yil iyun-sentabr oylarida olib borilgan tezkor o‘rganish ishlari natijasida, olib chiqilishi taqiqlangan tovarlar ortilgan yuk avtotransport vositalarini hujjatlarda go‘yoki bo‘sh holatda deya ko‘rsatgan holda olib chiqilganiga doir fakt va dalillar aniqlangan.
Yig‘ilishda DBQ raisi mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilganini ma’lum qildi.
“Oybek” chegara bojxona posti boshlig‘i o‘rinbosari va 3 nafar xodimi shu kunning o‘zida bojxona organlaridan bo‘shatildi va tergov organlariga topshirildi.
“Toshkent-AERO” ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi “Toshkent xalqaro aeroporti” chegara-bojxona postida aniqlangan tovar-moddiy boyliklarni noqonuniy olib kirishga urinish holati ham tanqid ostiga olindi. Mazkur post smena boshlig‘i ham bojxona organlaridan bo‘shatildi.
Bojxona organlari tezkor tuzilmalari tomonidan Farg‘ona viloyatida aniqlangan navbatdagi salbiy holatda esa tovarlarni “reeksport” qilmasdan, ichki hududda olib qolinishiga sharoit yaratib bergan xodimlar tanqid qilindi. Holatga aloqador “Qo‘qon” TIF bojxona posti 1 nafar xodimi bojxona organlaridan bo‘shatildi va holatga aloqador bir qator xodimlar intizomiy jazoga tortildi.
Mavzuga oid
17:40 / 14.11.2024
Buxoro amirligi davriga tegishli qadimiy tangalarni olib chiqib ketishga uringan shaxs to‘xtatib qolindi
23:41 / 13.11.2024
O‘zbekistonga 245 mln so‘mlik qo‘l soatlar va zargarlik buyumlarini yashirincha olib o‘tishga uringan shaxslar to‘xtatildi
17:56 / 06.11.2024
Tezkor qidiruv tadbirlari tizimining texnik vositalari bojdan ozod qilindi
12:37 / 05.11.2024