O‘zbekiston | 15:19 / 23.03.2023
4597
2 daqiqa o‘qiladi

Dala va kollektor-drenaj atrofidagi yerlar ehtiyojmand aholiga 10 yilga ikkilamchi ijaraga beriladi

Prezident raisligida oziq-ovqat mahsulotlarini ko‘paytirish, bahorgi ekin mavsumini samarali tashkil etish bo‘yicha asosiy vazifalar muhokamasi yuzasidan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda.

Yig‘ilishda dala va kollektor-drenaj atroflaridagi yerlardan unumli foydalanish vazifasi qo‘yildi.

Birgina Sirdaryoda qariyb 4 ming gektar bunday yerlar mavjudligi aniqlangan. Boshqa hududlarda ham dala chetlarida va kollektor-drenaj atroflaridagi qo‘shimcha 50 ming gektar maydondan samarali foydalanish mumkinligi ko‘rsatib o‘tildi.

Tuman hokimlariga dala va kollektor-drenaj atrofidagi yerlarni fermer xo‘jaliklari o‘z ishchilari va ehtiyojmand aholiga o‘n yilga ikkilamchi ijaraga berishni tashkil qilish topshirildi.

Bunda, fermerlarga o‘rdak, tovuq va kurka boqishga “Oilaviy tadbirkorlik” dasturi doirasida 3 yilga 14 foizli kredit beriladi.

Dala chetlariga uzum ko‘chatlari va kadi urug‘larini, tut ko‘chatlarini ekish, parranda va asalari uyalarini yetkazib berish bo‘yicha mutasaddilarga tegishli topshiriqlar berildi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid