Soğlom hayot tarzi, soğlom ovqatlaniş jumlalari köpçilik uçun qiziq bölmay qolgan. Ehtimol bu birikmalar aynan nimani anglatişini bilişmagani yoki amal qilişga kuçlari yetmagani uçun ham unga işonişmas.

Keksayişga qarşi 5 odat

Lekin Harvard universiteti olimlarining soğlom hayotning inson umrini uzaytirişi mumkinligi tadqiqoti natijasi hayratlanarli. Olimlarning aniqlaşiça, soğlom ovqatlaniş, muntazam ravişda jismoniy maşqlar bajariş, doimiy soğlom tana vaznini saqlaş, spirtli içimliklarni köp iste’mol qilmaslik va çekmaslik orqali hayot davomiyligini 10 yil yoki undan köproqqa uzaytiriş mumkin. Xöş, bu qanday isbotlandi?

Tadqiqotçilar, eng soğlom turmuş tarziga rioya qilgan va qilmagan amerikalik ayol va erkaklarni taqqoslaş uçun tanlab olişdi. Unga köra, taxminan 30 yil davomida soğlom hayot keçirganlarning yurak-qon tomir kasalliklaridan öliş ehtimoli palapartiş turmuş keçirganlarga qaraganda 82 foiz, saratonga çalinişi esa 65 foizga kamroq bölgan.

Şuningdek, yuqorida sanalgan beş odatni doimiy hayot tarziga aylantirgan ayollar bunga rioya qilmaganlarga qaraganda örtaça 14 yil uzoqroq yaşagan, erkaklarda esa bu körsatkiç 12 yilga yetgan.

Tişlarni yuvişning qarişga ta’siri

Foto: Getty Images

Hayot tarzining kiçkina şakllaridan to muhim faoliyat turlarigaça har qanday harakatning qariş jarayoniga ta’siri borligi böyiça xalqaro tadqiqotlar köp ötkaziladi. Şulardan biri olim, “Yoşsizlik: qarimasdan qarişning yangi ilmi” muallifi Endryu Stilning oğiz böşliği tozaligi bilan boğliq tadqiqotidir. Olimning aytişiça, tişlarni doimiy yuvib turiş xotira susayişi va yurak qon-tomir kasalliklarini sezilarli darajada qisqartiradi. Qanday qilib?

Oğizning notöğri gigiyenasi tişlar va milklarning qonaşiga sabab böladigan bakteriyalar köpayişiga olib keladi. “Çunki oğizdagi şilliq parda oğiz böşliğini turli virus va kasalliklardan himoya qiliş vazifasini bajaradi. Uning yalliğlanişi esa yoşga boğliq kasalliklardan himoya qiladigan immun tizimining kuçsizlanişiga sabab böladi. Boşqaça qilib aytganda, surunkali yalliğlaniş qarişni kuçaytiradi, ammo tişlarni tiş pastasida yuviş orqali bu jarayonni sekinlaştirişingiz mumkin", deydi Stil.