«Qarib quyilmagan» siyosatçi

Qiliçdoröğli 74 yoşda, Erdöğandan 6 yoş katta. Lekin siyosatda Erdöğandan eskiroq deb bölmaydi. U 2010 yildan buyon Jumhuriyat xalq partiyasi yetakçisi hisoblanadi. Bu partiyani zamonaviy Turkiya asosçisi va mamlakatning birinçi prezidenti Kamol Otaturk tuzgani ham uning ahamiyatidan dalolat beradi.

Köpçilik muxolifatçilar tanlagan nomzod Qiliçdoröğli ekanini bilgaç, saylovda Erdöğanning ustunligi sezilarli bölişi haqida gapirib, muxolifat vakilining yoşi kattaligiga e’tibor qaratdi. Lekin e’tibor berişga arzigulik boşqa jihatlar ham bor.

«Turk Gandisi»

Qiliçdoröğlini köpçilik hurmat qilar, lekin köpi bilan bama’ni siyosatçi deb bilardi. 2016 yil yozda amalga oşmay qolgan davlat töntarişidan keyin esa qariya siyosatçi katta maşhurlikka erişdi. U avvaliga davlat töntarişiga urinişni Turkiya demokratiyasiga tahdid deb atadi. Erdöğan tomonidan mamlakatda yoppasiga siyosiy «tozalaş» işlari boşlanib ketgaç esa fikrini özgartirdi. U töntariş boşqarilgan degan gumonni bildirib, Erdöğanning «tozalaşi»ni keskin qoraladi.

2017 yil yozda minglab odamlar Anqarada namoyişga yiğilib, Istanbulgaça piyoda yurib borişga qaror qildi-da, buni «adolat marşi» deb ataşdi. Namoyişçilar Istanbulga yetib borganda Kamol Qiliçdoröğli ularning qarşisida nutq sözladi. Öşanda siyosatçining bir qölini kötargan holda yugurgani maşhur bölib ketgandi. Öz nutqida siyosatçi mamlakatdagi sud tizimi isloh qilinişi kerakligini ta’kidlagandi.

Turkiya siyosiy hayotiga jiddiy ta’sir körsatmasa-da, köpçilik odamlarning fikrini özgartirgan öşa yurişni hindistonlik siyosatçi Mohandos Gandi boşçilik qilgan «tuz marşi»ga öxşatişadi. Şu tariqa, Kamol Qiliçdoröğlini «Turk Gandisi» deb atay boşlaşdi. Uning taşqi körinişi ham afsonaviy siyosatçi Gandini eslatib yuboradi.

Foto: DEPOPHOTOS/ZUMAPRESS.COM/GLOBALLOOKPRESS

Nega u?

Turkiya siyosatiga befarq bölmaganlar Erdöğanning saylovdagi raqibi Qiliçdoröğli bölişidan xabar topgaç, ajablangan bölişi mumkin. Çunki köpçilik saylovda Erdöğanga Istanbul meri Akrom Imomöğli raqiblik qilişini kutayotgandi. Turkiyaning eng katta şahri merligi uçun saylovlarda Imomöğli ğolib bölgaç, Erdöğan saylov haqqoniy ötganiga şubha qilib, ovoz berişni qayta ötkazişga erişgandi. Qayta ovoz berişda esa Imomöğli yanada köproq ovoz olib, qaysidir ma’noda Erdöğanning «popugini pasaytirib qöygandi».