Manbalarda «özbek» nomini XIII asrdan boşlab uçratiş mumkin. Jumladan, arab manbalarida Daşti Qipçoqda yaşovçi turkiy-möğul qabilalarga nisbatan «özbek» nomi işlatilgan. Maşhur xorazmşoh Jaloliddin Manguberdining Özbektoy ismli sarkardasi bölgan. Xuddi şu davrda Ozarboyjonda hukmronlik qilgan Otabegilar davlatining hukmdorlaridan birining ismi ham Muzaffariddin Özbek edi.

Özbek nomining asosi bölgan nom — bu Oltin Örda xoni Özbekxon ismidir. 1312-1342 yillarda Oltin Ördani boşqargan, möğullar orasida ilk bor islom dinini davlat diniga aylantirgan Özbekxon öz davrining eng kuçli hukmdorlaridan biri edi. Uning davrida Oltin Örda öz qudratining çöqqisiga erişgan.

Özbekxon

Tarixçi olim, vengriyalik şarqşunos Herman Vamberi «Movarounnahr yoxud Buxoro tarixi» asarida özbek nomi va xalqining Özbekxonga boğliqligini şunday tasvirlaydi:

«Turk xalqining qadimdan qolgan bir odati bor: agar hukmdorlardan birortasi mamlakatni yaxşi idora qilsa yoxud mamlakatga yangi bir usul va tartib kiritib, öziga xos xizmat körsatsa, uning nomini mangu qoldirişga intiladilar. Şu tariqa, u bir tarafdan özining hukmdorini qavm boşliği örniga qöyadida, bu bilan barobar hukumatning rivoj yöliga va umumjahon tarixiga kirişini gözal bir suratda ifoda qiladi. Masalan, biz bu holni Saljuqiylar va Usmoniylar misolida körişimiz mumkin.

Xuddi şu an’ana Kök Ördaning şarqida, Volga daryosi bilan Orol dengizi orasida yaşovçi turk-möğul qabilalarida ham mavjud; ular Jöji sulolasidan töqqizinçi hukmdor bölgan Özbekxon ismiga nisbat berib, özlariga bir siyosiy qöşma nom — özbek nomini qabul qilganlar (Özbekning harfan ma’nosi «şaxsan» öziga mustaqil xöjayin, erkin demakdir).

Şoyon diqqatga sazovorki, bu söz muhim ma’noli unvon ismi bölib, eski majorlarda (vengerlarda) ham uçraydi. Şu mazmunda 1150 yillarga oid hujjatlarda ham bu ibora mavjud. Abulğoziy Bahodirxon «Şajarayi turk» asarida bu haqda şundoq naql qiladi: «U (Özbekxon) har kimni xizmatiga qarab hurmat va taqdir etar edi. U öz xalqini islom diniga kirgizdi va u orqali köp odamlar islom diniga muşarraf böldi. Şu bois Jöji xalqi öziga özbek ismini qabul etdi va bu nom oxirgi zamongaça qolajakdir».

Hammer Purgştal haqli ravişda aytganidek, Özbekxon öz xalqining mahdiysigina emas, balki qipçoq taxtiga ziynat bergan tört uluğ hukmdorning (keyingi uçtasi — Botu, Berka, Töxtamiş) uçinçisi ham. Arab sayyohi Ibn Battuta tarafidan zikr etilgan hamda temuriylar hokimiyati vaqtida zohir bölgan bu nom Özbekxonning özi davrida ham, undan keyingi yillarda, ya’ni uning nasllari hukmronlik qilgan paytlarda ham bir muhim vazifani bajarmadi. Faqat 150 yildan söng, Oltin Örda davlati tört qismga bölinib, Ivan Grozniy yuqori Volgada Jöji avlodining hukmronligi tugatgaç, özbek siyosiy nomga aylandi. Şundan söng biz özbeklarning hokimi Abulxayrxonning Saroy hokimiyatiga itoat qilişdan boş tortganini köramiz», deydi Vamberi.