Şayboniyxon şaxsiyati nega e’tiborsiz qolmoqda? Özbek tarixining eng ziddiyatli nuqtasi haqida mulohazalar
|22:11 / 05.10.202160 26738 min
Badiiy asarlarda, ilmiy maqolalarda va tarixiy filmlarda Şayboniyxon va uning sulolasi salbiy böyoqlarda tasvirlanib kelgan. Har narsaning öziga yaraşa sababi, ildizi böladi. U va undan keyingi özbek xonliklariga salbiy munosabat özbek tarixçiligida va madaniyatida qanday şakllanib qolgan? Tarixçi olim, ÖzR FA Milliy arxeologiya markazi kiçik ilmiy xodimi Eldor Asanov şu xususda fikr yuritadi.
Foto: VikipediyaFoto: Vikipediya
Maktabda ötilgan tarix darslarida şu sohaga bölgan qiziqişim, umumiy qaraşlarim şakllanganiga qaramay, haftasiga bir-ikki marta ötiladigan bu darslar tarixiy bilimga bölgan çanqoğimni qondirişga kamlik qilardi, şu bois öşa yillarda mavjud bölmiş imkoniyatlardan foydalanib, baholi qudrat kitob va maqolalarni topib, köproq ma’lumot olişga intilardim. Hayotimga internet kirib kelib, mutolaa va mulohaza uçun manba köpaygaç, ba’zi tarixiy masalalar borasidagi fikrim özgara boşladi; tarix darslarida örgatilgan yondaşuv mutlaq emasligini angladim. Tarix faqat faktlar va sanalar yiğindisi emas, faraz va konsepsiyalar töqnaşadigan maydon ham ekanini bildim.
Mana şu izlanişlarim mobaynida Şayboniyxon şaxsiyati diqqatimni köp tortdi. Bir qaraşdayoq katta işlar qilgani, ulkan tarixiy özgarişlarga sabab bölgani körinib turgan bu şaxs özbek tarixçiligida oçiq qoralanar edi desam, xato böladi, lekin eng kamida uning faoliyatiga nisbatan befarqlikni kuzatardim. Badiiy asarlarda (Pirimqul Qodirovning “Yulduzli tunlar” romani – doim keltiriladigan klassik misol) va ilmiy-ommabop matnlarda Şayboniyxon salbiy böyoqlarda tasvirlanar, ilmiy işlarda esa Temuriylar saltanatini qulatgan bosqinçi deb körsatilar edi. Uning yurişlari natijasida yuzaga kelgan siyosiy status-kvo – özbek qabilalarining hukmronligi örnatilişi va keyinroq xonliklar tizimining şakllanişiga kelganda, özbek tarixçilari (harqalay, öşa yillarda) bir ovozdan Markaziy Osiyo tuşkunlikka yuz tutganini, siyosiy boşboşdoqlik avj olganini ta’kidlar edi.
Ammo Şayboniyxonning faoliyati bilan yaqindan tanişganim sayin bu konsepsiyalarga işonçsizligim ortdi. Qaraşlarimni turli davra va darajalarda – tarixga qiziquvçi taniş-bilişlar gurungi-yu internetdagi forumlardan tortib universitetdagi olimlar suhbatigaça tekşirganimda, juda köplar unga salbiy munosabatda ekanini, uni Temuriylar saltanatining halokatida aybdor deb bilişini tuşundim. Köp hollarda bu qaraşlar ratsional argumentatsiya doirasidan çiqib, stereotipik könikmaga aylangan ediki, oddiy ilmiy muhokama bilan olim va tadqiqotçilarning fikrini özgartirib bölmas edi.
Şunga qaramay, saytlarda, ijtimoiy tarmoqlarda, keyinçalik esa özimning blogimda bu masalani qayta-qayta kötarib keldim. Sekinlik bilan bu mavzuda hammaslaklarim köpayib borayotganiga guvoh böldim: kimlardir mening maqolalarimni öqib, öziga yaraşa xulosalar qilgan esa, yana kimlardir men bosib ötgan yöldan yurib, öxşaş nuqtayi nazarda töxtagan edi.
Nima bölganda ham, özbek tarixçiligidagi eng jiddiy muammolardan biri – Şayboniyxon şaxsiyati masalasi ikki-uçta tarixga qiziquvçi havaskor doirasidan çiqib, rasmiy mediaga, gazeta-jurnal va saytlarga yetib kelgani, bahslarga sabab bölayotgani siljiş borligidan dalolat. Aynan mana şunday bahslarda yangiça qaraşlar asoslanadi va sayqallanadi. Bir kun kelib Şayboniyxon atrofidagi mubohasalar mediadan tarixçi olimlar va siyosatçilargaça yetib boradi deb umid qilaman.
Mavzuga oid
Yuqoridagi optimistik sözlarni yozişimga sabab tarixçi Baxtiyor Alimjanovning“Işonç” gazetasida, undan keyin esa ÖzAda naşr etilgan “Muhammad Şayboniyxon davrni özgartirgan siyosiy lider edi(mi?)” sarlavhali maqolasi böldi. Lekin uşbu matn haqida fikr aytiş, u bilan bahsga kirişiş yoki undagi postulatlarni himoya qiliş niyatim yöq: materialning mohiyati menga asosliday tuyuldi, asossiz köringan jihatlar bilan bahsga kirişiş uçun esa şoşilmay, muallif ötkazgan tadqiqotga teng tadqiqot ötkazib, keyin munosabat bildiriş kerak böladi. Quyida men özbek mediasida Şayboniyxon mavzusi kötarilganidan foydalanib, bu boradagi ayrim mulohaza va qaraşlarimni keltirib ötmoqçiman.
Avvalo sabablarga yuzlanmoqçiman. Har narsaning öziga yaraşa sababi, ildizi böladi. Şayboniyxonga va u yaratgan siyosiy muhitga – özbek xonliklariga nisbatan salbiy munosabat özbek tarixçiligida va madaniyatida qanday şakllanib qolgan?
Sovet tarixçiligi xonliklarni nega yomon körgan?
“Moziyğa qaytib iş köriş xayrlik, deydilar. Şunga köra mavzu’ni moziydan, yaqin ötkan kunlardan, tariximizning eng kirlik, qora kunlari bölğan keyingi xon zamonlaridan belguladim”.
Abdulla Qodiriyning“Ötkan kunlar” romani kirişidan olingan bu parça özbek kitobxoniga yaxşi taniş. Xon zamonlarini kirlik, qora kunlar deb ta’riflaş roman bitilgan 1920-yillarda öziga xos “trend” edi: yaqindagina qulagan davlatni qoralab, yangi örnatilgan hokimiyatning ustunliklarini samimiy yoki nosamimiy madh etiş oddiy hol edi. Abdulla Qodiriy bu madhiyabozlik paradiga qöşilmagan oz sonli ziyolilar qatorida edi; şunga qaramay, balki öz asarining xavfsiz kelajagini ta’minlaş maqsadida uning kiriş qismiga siyosiy kon’yunkturaga mos bu xatboşini kiritgandir. Boşqa tomondan esa, Qodiriy, jadid ziyolilarning köpçiligi singari, heç qanday sovet ideologiyasisiz ham xonlik zamoni tartiblariga muxolif, yangilik, progress tarafdori edi. Nima bölganda ham, xonlik zamonining kirliklarini tasvirlagan bu romanning taqdiri çiroyli böldi: qatağonlardan omon çiqib (muallifidan farqli ölaroq), özbek adabiyotining durdonasi deya e’tirof etildi, kitobdan ekranlarga köçdi.
Xonlik zamonini tanqid ostiga oliş aslida Qodiriy ijodigagina xos emas. Özbek adabiyotini, Özbekistonga bağişlangan rus oriyentalistikasini közdan keçirsangiz, “tariximizning eng kirlik, qora kunlari bölğan keyingi xon zamonlari” haqida yana bir qança kitob topasiz: Akmal Ikromovning öğli Komil Ikromov muallifligidagi “Pexotnyy kapitan” romani Olloqulixon zamonidagi Xiva xonligini foş etadi; Yevgeniy Berezikovning“Krasnaya Buxara” romanida XX asrning 10-yillaridagi Buxoro amirligi qora böyoqlarda tasvirlanadi; Mirkarim Osimning xonliklarga bağişlangan qissa va hikoyalaridan negativ ufurib turadi.
Sovet özbek tarixçiligidagi paradigmalar ham adabiyotdagidan sezilarli farq qilmaydi: xonliklar davri siyosiy boşboşdoqlik, qoloqlik, xonlar diktati bilan xarakterlanadi.
Men özbek xonliklari rivojlangan, kuçli davlatlar bölgan demoqçi emasman; ular ayniqsa mavjudligining oxirgi bir-ikki asrida ança orqada qolib ketgani bor gap. Lekin sovet tarixçiligining özbek xonliklariga keskin salbiy munosabatiga boşqa, şaxsiyroq sabab bor: SSSRningMarkaziy Osiyodagi respublikalari özbek xonliklarining “tirigini” körgan, ularga qarşi kuraşib, ularni qulatib, xarobalarida tuzilgan davlatlar edi. SSSR va özbek xonliklari örtasida konkret ideologik muxolifat, qarama-qarşilik mavjud edi. Xonliklar tarixini yozgan sovet fani ötmişni his-tuyğusiz yoritişga emas, ideologik raqibini toşböron qilişga urinardi. Bu xonliklar davriga xolis yondaşişga, ayrim arzirli voqealar, yutuqlar, şaxslarga tadqiqiy e’tibor qaratişga tösqinlik qilardi. Özbek tarixining qahramonlari, arboblari asosan XVI asrgaça bölgan davrda yaşaganiga heç e’tibor berganmisiz? Bu XVI asrdan söng yirik arboblar çiqmaganidan emas, ularga e’tibor qaratilmaganidandir.
Mustaqil Özbekiston tarixçiligi sovet davri paradigmalaridan çiqib keta olmayapti: sovet maktabi yaratgan umumiy qaraş skeleti, davrlaştiriş tölaligiça saqlab qolingan, tarixiy şaxslar panteoni deyarli özgarmagan (Amir Temur qöşilgan), yondaşuvlar deyarli almaşmagan. Xonliklar davriga qayta baho berişga, ularning tarixini takroran yozişga harakat qilinmayapti, umuman, bu mavzuga aytarli qiziqiş yöq. Özbek millati, Markaziy Osiyoning bugungi etnik, siyosiy va madaniy qiyofasi şakllanişida hal qiluvçi rol öynagan özbek xonliklari qolib, ulardan oldingi zamonlarga köproq urğu beriladi, xonliklarga kelganda esa Temuriylar davlati yöq qilinib, buning oqibatida qoloqlik va tuşkunlik boşlangani uqtiriladi.
Xonliklar davrining umumiy tanqidi asnosida Şayboniylar davlati ham mana şu “qoloqlar fazasi” doirasiga kiritib yuboriladi. 2001 yilda rus tilida çiqqan “Oçerki po istorii gosudarstvennosti Uzbekistana” kitobining özbek xonliklariga bağişlangan bobida Şayboniylar davri quyidagiça tavsiflanadi: “Keyinçalik faqat ba’zi Şayboniy hukmdorlargina viloyatlar noiblarining e’tirofini qozonib, markaziy hokimiyatni kuçaytirişda ma’lum muvaffaqiyat qozona olgan” [1]. Vaholanki, Şayboniylar davri çegaralari va siyosiy tuzilişi jihatidan keyingi asrlardagi xonliklardan farq qiladi. Şayboniylarni zamonasining qoloq va kuçsiz sulolasi deb biliş adolatsizlik böladi.
Özbek tarixçiligida Şayboniyxon va Şayboniylarga nisbatan yoppasiga befarqlik yoki bepisandlik hukm suryapti desam, xato qilaman. Umumiy manzara özgarmayotgani bilan, yangiça köz qaraşlarni ilgari suradigan tadqiqotçilar yetarliça topiladi; Şayboniyxon şaxsiyatini qayta baholaşga xayrixohlar ham köpayib bormoqda. Misol keltiraman.
“Özbekistonning yangi tarixi” fundamental naşrining yuqoridagidan bir yil oldin çop etilgan birinçi kitobida ham Şayboniylar haqida standart paradigma takrorlanadi: “Qariyb bir asrga yaqin davom etgan Şayboniylar hukmronligi davrida ham tinçlik bölmadi, qirğinbarot uruşlar, özaro içki kuraşlar davom etdi” va h.k. [2]. Ammo Şayboniyxon va Boburning özaro kuraşlari haqida gap ketganda, kitob mualliflari “bu ikki özbek sarkardasi, ikki şoir va davlat arbobi ittifoqlaşib, Temuriylarning butun Şarq va Ğarbga yoyilgan şuhratini barqaror etiş, Sohibqiron Amir Temur asos solgan qudratli davlat şukuhini yanada tiklaş örniga özaro kuraş, uni egallaş bilan band bölişdi”,deb ta’kidlaydi [3].
Bobur, Şayboniyxon va özbek milliy tarixining yozilişi
Har qanday milliy tarix, ma’lumki, mohiyatan konstruktdir. Bugungi antropolog va tarixçilarning aksariyati bunday qaraşda sobitdirlar. Tarix – juda murakkab, köp sathli jarayondir; milliy tarix esa undan faqat öziga kerakli sathlarni, faktlarni, şaxslarni suğurib olib yoziladi hamda ma’lum davlatning yoki millatning tarixi ölaroq taqdim etiladi. Milliy tarix ötmişning real kartinasini xolis va metodik tiklaşga emas, balki ötmiş orqali özini tuşunişga, muayyan millat va davlat mavjudligining sabablarini va asoslarini qidirişga urinişdir. Şuning uçun milliy tarix faqat millat uçun ahamiyatli şaxslarni, voqealarni va jarayonlarni tan oladi. Muammo şundaki, millat nimaligini, uning qadriyatlarini, ötmişini, kelajagini har bir ziyoli, siyosatçi, qöyingki, bu masalalarga qiziquvçi har qanday inson öziça tuşunadi.
Ötmişda tarixni tor doiradagi tarixçilar hukmdorlar uçun yozgan va örgangan; saroydan taşqariga çiqmagan bu “protomilliy” tarix, tabiiyki, keng ommaga yetib bormagan va katta bahslar keltirib çiqarmagan. Omma ta’lim va bilim olişi odat tusiga kirgan, kitoblar, maqolalar, boşqa turdagi manbalar köpaygan, örta statistik ziyoli bilan örta statistik havaskor orasidagi intellektual farq qisqargan modern asrida milliy tarix yozilişi va maktablarda majburiy öqitilişi muqarrar ideologik töqnaşuvlar keltirib çiqaradi: hozir öqimişli, saviyali odam köp, ideologiya va qaraşlar ham şunga yaraşa, barçani qoniqtiradigan tarixiy diskurs yaratiş deyarli imkonsiz. Hamma tarixdan özi xohlagan narsani topişga urinadi va bu sa’y-harakati bilan ma’lum ma’noda tarixni özgartiradi, öz qadriyatlari va qaraşlariga moslaydi.
Özbek milliy tarixi modeli mana şunday ideologik kuraşlar asnosida XX asrning 30–50-yillarida işlab çiqilgan. Özbek tarixining davriy va geografik çegaralari, şaxslar panteoni, asosiy konsepsiyalar öşandan buyon unça özgargani yöq. Lekin avvalboşda olimlar orasida keskin tortişuvlar röy bergan: Özbekistonning birinçi tarixi yozilişi haqiqiy dramaga aylanib ketgan edi. Rossiyalik tarixçi Sergey Abashin Ethnogenesis and Historiography: Historical Narratives for Central Asia in the 1940s and 1950s sarlavhali maqolasida bu boradagi hissiyotli akademik bahslarni batafsil tahlil ğalviridan ötkazadi [4]. Diqqatga sazovor jihati, “Istoriya narodov Uzbekistana” naşrining ikkinçi kitobi 1947 yilda – birinçi kitobidan uç yil oldin çop etilgan edi. Negaki XVI–XIX asrlar tarixini qamrab oluvçi bu kitob öşa kezlarda qizğin bahslarga sabab bölib turgan masalalarni – özbek xalqi etnogenezi va, xususan, unda köçmançi özbeklarning rolini yoritardi. Tomning asosiy muallifi bölmiş Aleksandr Semyonov eski kolonial şarqşunoslik namoyandasi ölaroq sovet tarixçiligining marksistik paradigmasini qabul qilmas, yangi milliy qaraşlarni şubha ostiga olar edi. Bahs yuritayotganimiz bu kitobda bu yaqqol namoyon böladi – u yerda bayon etilgan Özbekiston tarixi keyingi bayonlardan jiddiy farq qiladi. Masalan, uning birinçi bobi “Obrazovaniye uzbekskogo gosudarstva i zavoyevaniye uzbekami Maveraunnaxra” (Özbek davlatining taşkil topişi va özbeklar Movarounnahrni bosib olişi) deb ataladi. Ya’ni muallif özbek davlatçiligini XVI asrdan boşlaydi. Bobda Daşti qipçoqqa, Özbek ulusiga, Abulxayrxonga köp urğu beriladi; Şayboniyxon salbiy böyoqlarsiz, yirik davlat arbobi sifatida tasvirlanadi, hatto u haqdagi rivoyatlar keltiriladi; Bobur bayonning markaziga qöyilmaydi [5].
Bizga yaxşi taniş özbek milliy tarixi modeli keyinroq, 50-yillarda butunlay işlab çiqilib, rasmiy tus olgan hamda kitoblardan, darsliklardan örin ola boşlagan. Bizga bugun maktablarda örgatiladigan tarixiy şaxslar ham 40–50-yillarda saralab olingan. Bunda asosan X–XV asrlarga urğu berilgan – aynan şu davrda Örta Osiyoda madaniy va siyosiy yuksaliş bölgan, deb qaralgan. Şuningdek, Ikkinçi jahon uruşi yillarida vatanparvarlik ruhini oşiriş maqsadida boşqa davrlarda yaşagan ayrim şaxslar – qözğolonçilar, bosqinçilarga qarşi kuraşgan arboblar rasmiy panteonga kiritilib, tarğib qilingan.
Qiziği, Bobur bobokaloni Temur singari boşida bu röyxatdan tuşib qolgan. Özbek ziyolilari Temuriylar davriga katta e’tibor qaratganiga qaramay, Temuriy hukmdor va sarkardalar feodal elita vakillari sifatida milliy qahramonlar panteoniga kiritilmagan. Mirzo Uluğbek kabi olimlar, Alişer Navoiy singari şoirlargagina ruxsat berilgan.
Keyinçalik Boburni maşhur qilib yuborgan özbek yozuvçisi Pirimqul Qodirov 50-yillarning oxirida yozilgan “Uç ildiz” romanida öşa davr universitet ta’limida Bobur zolim bosqinçi qilib körsatilganini qistirib ötgan.
Keyingi ön yilliklarda Boburning nomi reabilitatsiya qilindi. U adabiyot antologiyalariga kiritildi, kitoblari çop etildi. Lekin buning oqibatida Şayboniyxonning imiji yanada negativlaşdi – u endi dilbar şoir, hassos inson Boburning duşmaniga aylandi. Uni quvib yuborgan, Temuriylar davlatini qulatgan bosqinçi nomini oldi.
Özbek milliy tarixining modeli mana şunday bosqiçlardan ötib, şakllandi; bu model bugungi kungaça katta özgarişlarga uçragani yöq. Faqat Temur nomining reabilitatsiya qilinganini hamda şu model mualliflari bölmiş sovetlarning özi qayta baholanib, xonliklar qatorida tarixning qora sahifasiga aylanganini jiddiy özgariş deb talqin qiliş mumkin.
“Bobom yomon, demak, bobom emas”. Şayboniyxonga qarşi e’tirozlar asoslimi?
Baxtiyor Alimjanovning tilga olingan maqolasining ijtimoiy tarmoqlardagi muhokamalariga e’tibor bersangiz, qarşi argumentlar haqida tasavvur hosil qiliş mumkin. Bu argumentlar ziyoli qatlam, tarix iştiyoqmandlari nega Şayboniyxonni muhim tarixiy şaxs sifatida tan olgisi kelmayotganini oçiqlaydi: Temur saltanatini qulatgan, mustahkam davlat yarata olmagan, “ma’naviyatli”, bağrikeng inson bölmagan, bu yurtga bostirib kelgan, köçmançi, demakki, “yovvoyi” bölgan. Şuningdek, qiyosiy argument köp ilgari suriladi: Bobur buyukroq bölganmi, Şayboniyxonmi? Şayboniyxon Temurçalik buyuk bölganmi?
Alimjanovga raddiya tarzida yozilgan postlardan biridagi fikrlar diqqatga sazovor: “Aslida Şayboniyxon Bobur kabi bilimdon, ma’naviyati boy, bağrikeng bölganmidi? Zahiriddin Muhammad Bobur va Şayboniyxonning qilgan işlarini tarix parallelida soliştirib köradigan bölsak, Boburning toşi raqibinikidan ança oğir keladi”. Bu özbek akademik doiralarida eng köp yangraydigan argumentdir. Bir zamonlar, PhD’da öqib yurganimda Amir Temur davrini örganuvçi bir professordan “nega Şayboniyxon şaxsiyatiga yetarli e’tibor berişmaydi?” deb söraganimda, zarda bilan “u Temurning oldida heç narsa bölmagan!” degan edi.
Bir şaxsga baho beriş uçun uni boşqa şaxs bilan qiyoslaş töğri xulosalar keltirib çiqarmaydi: hamma birday buyuk, birday kuçli böla olmaydi, illo har kimning tarixda öz örni bor. Şayboniyxon Temurçalik katta işlar qilmagandir, lekin Temur ham Çingizxonçalik katta işlar qilmagan. Qiyosning oxiri yöq. Çamamda, ba’zi tadqiqotçilar Şayboniyxon obrazini börttirib körsatiş Bobur obraziga putur yetkazadi, degan xavotirda bölsa kerak, zero Boburning ideallaştirilişi jarayonida Şayboniyxonning roli pasaytirilgan.
Biroq akademik tarixning vazifasi tarixiy ziddiyatlarda u yoki bu tarafda turiş, kim haq, kim nohaq ekanini aniqlaş emas; tarixçi har bir tomonning nuqtayi nazariga, qadriyatlariga, tarixda qoldirgan iziga xolis baho berib, xulosalar qila olişi lozim. Ötmişdagi ikki duşman bugungi avlodlar uçun birday ahamiyatli bölişi mumkin; qolaversa, birining “toş bosişi” boşqasining ahamiyatini tuşirmasligi kerak. Agar faqat “nisbatan köp toş bosadiganlar”ni qadrlaydigan bölsak, özbek adabiyotida Navoiydan boşqa heç kim qolmasligi kerak edi. Nega barça şoirlarni birday örgangan kabi barça davlat arboblarini birday örganiş, xotirasini ardoqlaş mumkin emas?
Men töxtalib ötmoqçi bölganim keyingi argument Şayboniyxonning köçmançiligi va bosqinçiligidir. Köçmançilikka nisbatan stereotipik munosabat sovet tarixçiligidayoq şakllanib bölgandi, lekin mustaqillikning dastlabki yillarida Islom Karimov buni mustahkamlab, norasmiy ravişda mustaqil Özbekiston tarixçiligining boş paradigmasiga aylantirdi. Uning sözlarini keltiraman: “Biz özbeklar ham öşa Attilaning avlodlari, vorislari emişmiz. Bu bilan faxrlanişimiz kerak ekan. Birinçidan, bunday öta jiddiy xulosa çiqarişga hozirça heç qanday asos yoki zamin borligini heç kim isbot qilolmasa kerak. Ikkinçidan, bosqinçiga voris böliş faxrli martaba emas, isnod-ku! Bu iğvoga uçsak, erta Yevropa biz töğrimizda nima deydi? Bu gap qayerdan çiqdi, kimga kerak bu soxta obro‘?!”[6].
Köçmançilik bugungi fanda yovvoyilik yoki madaniyatsizlik emas, sivilizatsiyaning bir körinişi sifatida talqin qilinişini qöyaturaylik. Lekin ota-bobolarni qilgan işiga, bosqinçi-bosqinçi emasligiga qarab tanlaş milliy tarixning nima ekanini yaqqol körsatib beradigan fenomendir: kim bizga yoqsa, uni bobomiz deb tan olamiz, darsliklarimizga kiritamiz, haykallarini örnatamiz, yoqmaganlarni unutişga harakat qilamiz. Milliy tarix akademik fandan uzoq, mualliflarining kayfiyatiga va ma’naviy prioritetlariga qarab işlab çiqiladigan ideologik konstrukt ekanini mana şu yondaşuvdan ham bilsa böladi.
“Çiğatoy el meni özbek demasun”
Biz yuqoriroqda esga olgan Semyonov “Istoriya narodov Uzbekistana”ning ikkinçi kitobida Şayboniyxon Movarounnahrni oson egallaşini quyidagiça tuşuntiradi: “Köçmançi özbeklar musulmon edi va Temuriylar davlati aholisiga tuşunarli tilda gapirardi. Ularning rahnamosi Şayboniyxon öşa paytdagi musulmon madaniyati saviyasidagi odam edi, ikki mahalliy til – forsiy va turkiyni mukammal bilardi, ma’rifat va fanni yaxşi köruvçi öqimişli inson edi”.
Oltin Örda va Çiğatoy ulusi Çingizxon asos solgan möğul imperiyasining qismlari bölib, qat’iy çegaralarga ega emas edi; köp hollarda bu uluslarda mustaqil davlatlar hukm surgani bilan, xonlar, çingiziy şahzodalar u ulusdan bu ulusga ötib turar, bir-birining yeriga da’vogarlik qilar edi. Temur ham Çiğatoy ulusi bilan çeklanmay, Oltin Ördani öz nazorati ostida tutib turişga uringan hamda boşqa möğul uluslariga da’vo qilgan: Xuroson, Eron, Iroq, Kavkazning Elxoniylar davlatiga qaragan keng hududlarini egallagan, törtinçi möğul ulusi bölmiş Yuan Xitoyiga yuriş çoğida vafot etgan.
Zamonaviy ilmiy qaraşlardan kelib çiqib tuşuntiradigan bölsam, bu tört ulus yagona dunyo-iqtisodiyotni taşkil qilgan va bir-biriga har jihatdan boğliq bölgan. Ularning çegaralari biroz özgarib turişi, unisidan bunisiga sulolalar, elita, hatto aholi köçib ötişi odatiy hol bölgan: Temur Oltin Ördaning bir bölagi bölmiş Şimoliy Xorazmga çiğatoy qabilalarini köçiriş siyosatini yuritgan; özbek xonlari Şayboniyxondan ança oldin Toşkent va Sirdaryo böyidagi şaharlar ustidan nazorat örnatgan.
Şayboniyxon ham tipik köçmançi aristokratiya vakili edi: bir yerda hokimiyatni qöldan boy bergaç, buyuk bobosining (Çingizxonning) merosi tarkibiga kiruvçi boşqa mintaqada baxtini qidirgan. Esingizda bölsa, undan 265 yil oldin Jaloliddin Mangburni şu işni qilgan – Movarounnahr va Xorazm qöldan çiqqaç, Eron va Iroqda öz davlatini tuzişga uringan edi.
Qolaversa, ikki ulusning turkiy tilli aholisi kelib çiqişi, tili va madaniyati jihatidan yaqin bölgan: bir tilda gapirgan, bir dinga e’tiqod qilgan, bir xil qabilalardan iborat bölgan. Alişer Navoiy özining maşhur misralarida Xitoydan Xurosongaça yaşovçi aholini yagona turk eli deb bilişini ta’kidlab ötadi:
Agar bir qavm, gar yuz, yöqsa mingdur,
Muayyan turk ulusi xud meningdur.
Olibmen taxti farmonimğa oson
Çerik çekmay Xitodin to Xuroson.
Şayboniyxonning çiğatoylarga maşhur murojaati uning uçun etnik tafovut bölmaganidan dalolat beradi:
Çiğatoy el meni özbek demasun,
Behuda fikr qilib, ğam yemasun.
Şayboniyxonning Turkiyada naşr etilgan devoni
XIV–XVI asrlarda özbek, çiğatoy kabi özliklar siyosiy xarakterga ega bölib, qabilaviy ittifoq deb tuşunilgan, qabilalar bir ittifoqdan boşqasiga oson qöşilib ketavergan, bir-birini etnik tomondan farqlab, ajratmagan. Bobur Ismoil Safaviy bilan ittifoqlikda Movarounnahrga kirib kelib, şialik tartiblarini örnata boşlaganida çiğatoy va möğul qabilalari yoppasiga özbeklar tomoniga ötib ketganini, keyingi yillarda esa özbeklarning qabilaviy iyerarxiyasiga kirib ketganini esga olaylik. Xorazm aholisi şialarga qarşi kuraşda rahbarlik qilişlari uçun Şayboniylarning boşqa tarmoğidan bölmiş çingiziy şahzodalar Elbars va Beybarsni özlari çaqirib olgan edi. Özbeklar, çiğatoylar va möğullar birlaşib qizilboşlarga kuraş olib borişi asnosida ular yagona özbek xalqiga birlaşgan va bugungi özbek siyosiy millatining tamal toşini qöygan edi.
Şayboniyxon yurişlarining qanday ahamiyati bor?
Safaviylarga qarşi uruşlar
Baxtiyor Alimjanovning Şayboniyxonning faoliyati Markaziy Osiyoda yangi davrni boşlab bergani, u örnatgan tizim XX asr boşlarigaça saqlangani borasidagi xulosalariga qöşilaman. Bunga qöşimça ravişda aytişim mumkinki, Şayboniyxon hamda uning Daşti Qipçoqdagi raqiblari – qozoq xonlari boşlab bergan jarayonlar yana ikki asrça davom etib, Markaziy Osiyoning bugungi etnik, lisoniy, madaniy va siyosiy kartinasi şakllanişiga zamin yaratdi: özbeklar, qozoqlar, qoraqalpoqlar va qirğizlar şakllanib, bugungi geografiyalarida joylaşdi, ularning tili va madaniyatidagi öziga xoslik şakllana boşladi. Oldingi xalqlar – çiğatoylar va möğullar siyosiy mavqeyini yöqotib, boşqa xalqlar, şu jumladan özbeklar va qozoqlar tarkibiga qöşilib ketdi.
Ba’zida “özbeklar bostirib kirmaganda ham heç narsa özgarmasdi, faqat nomimiz boşqaça bölardi” qabilidagi fikrlarni eşitib qolaman. Bunday köz qaraş rasmiy tarixda hukm surayotgan stereotiplardan ildizlanadi. Aytaylik, Ahmadali Asqarovning 2015 yilda çop etilgan “Özbek xalqining kelib çiqiş tarixi” nomli kitobida yana öşa eski sovetça gaplar takrorlanib, Şayboniy özbeklarning roli pasaytirib körsatiladi, göyoki ular mintaqadagi etnik vaziyatga heç qanday ta’sir ötkazmaganday taassurot uyğotiladi [7]. Ammo tarixiy faktlar buning teskarisini körsatmoqda.
Birinçidan, xalqni şakllantirişda özlik, nom juda muhim örin tutadi. Özlikni taşkil etuvçi etnonim yoki politonim, uning ortida turgan tarixiy va ma’naviy kapital millatni birlaştirişda til yoki madaniyatdan ustunroq omildir. Bir tilda gapiruvçi moldavan va ruminlar bir-birini boşqa-boşqa millatlar hisoblaydi, lekin har xil tilda gapiruvçi xitoylar özini yagona millat deb biladi; bir tilda gapiruvçi xorvatlar, serblar, boşnoqlar özaro qirğinbarot uruşlar girdobida qolgan bir paytda turli etnoslar birlaşuvidan taşkil topgan nemislar, fransuzlar va italyanlar dunyoni boşqarib keldi.
Şayboniylarning özbek tarixidagi örnini körsatuvçi bir fakt bor. Xorazm viloyati uzoq tarixi mobaynida köpinça alohida siyosiy va madaniy birlik bölib kelgan; XVI asr boşlarida ham Xorazmda, ham Movarounnahrda özaro qarindoş özbek sulolalari iqtidorga kelişi tufayli ularning özligi umumiylaşgan, ularning negizida yagona millat şakllanişiga poydevor qöyilgan. Buni yaxşi tuşungan maşhur amerikalik özbekşunos Eduard Ollvort özbek xalqi va davlati tarixini Özbekxondan va Abulxayrxondan boşlaydi [8].
Ikkinçidan, Temuriylar davlatida turkiy tilli çiğatoylar aholining köpçiligini taşkil qilmagan: şaharlarda, ötroq tumanlarda, ayniqsa Xurosonda aksariyat fors tilida gapirgan. Çiğatoylar asosan Toşkent, Samarqand, Qaşqadaryo, Balx va Tolukondagi yaylovlarni egallagan.
Ba’zi viloyatlarda, masalan, Farğona vodiysining şarqiy qismi, Sirdaryoning örta va quyi oqimi, şuningdek, Temuriylar va Oltin Örda örtasidagi bahsli hudud bölmiş Xorazmda turkiy til ustunlik qilgan.
“Boburnoma”da keltirilgan Farğona viloyati ta’rifiga e’tibor bering: muallif viloyat “yetti pora qasaba”ga, ya’ni yetti tumanga bölinişini aytadi va şulardan faqat Andijonning aholisini turk deb ta’riflaydi [9]. Andijondan taşqari, yirik şaharlardan Toşkent va Qarşida nisbatan köp turkiy tilli aholi yaşagan; Samarqand, Balx va Hirotda çiğatoylar faqat aristokratiya va harbiylarni taşkil qilgan.
Hisob-kitoblarga qaraganda, Şayboniyxon hamda uning qarindoşlari bilan birgalikda mintaqaga 370 ming odam kirib kelgan; XVI–XVIII asrlarda yana bir neça migratsiya röy bergan. Qolaversa, yuqorida aytganimdek, köp çiğatoy va möğul qabilalari özbeklar bilan birlaşgan. Bu jarayonlar natijasida Movarounnahr va Farğonada, Xurosonning şimoliy viloyatlarida turkiy tilli aholi – özbeklar köpçilikni taşkil eta boşlagan. Aynan özbeklarning faol migratsiyasi natijasida turkiy til yaylovlardan şaharlarga köçgan – Marğilon, Jizzax, Şahrisabz, Şibirğon, Maymana kabi şaharlar XVI–XVII asrlarda turkiy tilga ötgan; bundan taşqari, özbeklar Qöqon, Kattaqörğon, Şahrixon, Urganç singari şaharlarni bunyod etgan.
Özbekiston xaritasiga qarasangiz, özbek qabilalari nomiga atalgan yuzlab, balki minglab katta-kiçik qişloqni uçratasiz: Farğonadan Xorazmgaça qöştamğali, qönğirot, yuz, qanğli, manğit, piçoqçi, baliqçi, ayronçi, uyrot, kenagas, töja, qarapçi, çağali, tuğali, qatağon, olqor, dörmon, ming, bahrin, saroy, qipçoq, darxon, sirgali, kökça, uyşin, jaloyir kabi nomlar soçilib yotibdi. Özbeklarning yirik guruhlari şaharlaşib, qarluq va öğuz şevalariga ötib ketganiga qaramay, haligaça qipçoq şevalari Farğona, Xorazm, Samarqand, Jizzax, Qaşqadaryo, Surxondaryo, Sirdaryo, Toşkent kabi viloyatlarda nihoyatda keng tarqalgan. Sovet özbek etnografi Balqis Qarmişeva XX asr boşlarida Buxoro amirligining janubiy viloyatlarida kelib çiqişi Daşti Qipçoqqa borib taqaluvçi özbeklar mutlaq köpçilikni taşkil etişini aniqlagan edi [10]. Şu dalillarning öziyoq özbeklar Movarounnahr, Xorazm va Farğonaga ne qadar katta oqim bölib kirib kelganini körsatadi.
Şayboniyxon boşlagan işini yakuniga yetkaza olmay, 1510 yilda Ismoil Safaviyga qarşi jangda halok bölgan. Uning farzandlari, amakilari va jiyanlari tez orada birlaşib, Ğijduvon jangida Bobur – Safaviy koalitsiyasi ustidan ğalaba qozongan va Movarounnahrda uzil-kesil öz hokimiyatini örnatgan. Aytiş kerakki, ular tuzgan davlat – Buxoro xonligi ança qudratli, barqaror va mustahkam edi; Şayboniylar Usmonlilar, Safaviylar va Boburiylar qatorida musulmon dunyosini bölib olgan tört yirik kuçdan biri hisoblanardi. Şayboniyxondan keyin hukm surgan xonlar – amakilari Suyunçxöjaxon va Köçkunçixon, jiyani Ubaydullaxon va uning öğli Abdulazizxon yirik davlat arboblari edi. Ularning faoliyatini örgansangiz, ular mamlakatni şia ekspansiyasidan saqlab qolganini, hududlarini kengaytirib borganini, iqtisodiy va siyosiy islohotlar ötkazib, davlatni mustahkamlaganini körasiz. Ularning har biri alohida tadqiqotlarga muhtoj, örganilmay qolib ketayotgan yirik tarixiy şaxslardir. Ayniqsa Ubaydullaxonni alohida urğulagan bölardim: 25 yoşida qizilboşlar ustidan ğalaba qozonib, ğoziyga, yoşligidayoq xalq qahramoniga aylangan bu arbobning özbek tarixidagi roli haligaça yetarli baholanmay kelmoqda.
Buxoro xonligida Abdulazizxonning vafotidan söng boşlangan beqarorlik, turli çamalarga qaraganda, 10–20 yil (Temuriylardagidan kamroq) davom etgan. 1560–1570-yillarda oxirgi buyuk Şayboniy – Abdullaxon II yana mamlakatni birlaştirib, 20–30 yillik barqarorlik örnatgan. Uning davrida Buxoro xonligi maksimal qudratga erişgan.
Abdullaxon II
Sanab ötilgan Şayboniy hukmdorlar, siyosiy va harbiy faoliyatdan taşqari, fan va madaniyatga homiylik qilgan. Şayboniyxon, Ubaydullaxon, Abdulazizxon dilbar şe’rlar yozgan, Köçkunçixon tarjimonlikni rağbatlantirgan; Şayboniylar davrida turkiy tilda tarixiy solnomalar yozila boşlangan. Qarşi, Qöqon, Toşkent, Buxoro va Xivadagi tarixiy yodgorliklarning ham aksariyati Temuriylar davrida emas, Şayboniylar hamda ulardan keyingi özbek sulolalarining buyurtmasiga binoan qurilgan.
Xullas, Şayboniylar sulolasi ança qudratli, katta va barqaror davlat yaratib, bir asr davomida mintaqaning iqtisodiy, madaniy va siyosiy ösişini ta’minlagan. Ularning davrida fan va madaniyat rivojlangan. Ğarbdan iqtisodiy, texnik va madaniy tomondan ortda qoliş keyingi asrlarda közga taşlana boşlagan va umuman musulmon olamiga xos hodisadir. Bu – alohida va juda katta mavzu.
Lekin Şayboniylarning asosiy xizmati özbek xalqi va davlatining tamal toşini qöygani, mintaqadagi etnik va siyosiy vaziyatni özgartirib yuborganidir. Ular köp jihatdan bugunimizni, mintaqa xalqlarining joriy madaniy va etnik qiyofasini belgilab bergan suloladir.
Samarqanddagi Şayboniylar dahmasi, XX asr boşlaridagi foto
Dunyoda qanday?
Jahon fani Özbekiston akademiyasida hukmron pozitsiyada turgan konsepsiyani asosli deb hisoblamaydi. Özbek davlatçiligini Söğdiyona-yu Baqtriyaga boğlaşni, Şayboniylar va özbek xonliklarining rolini inkor qilişni dunyo olimlari siyosiy kon’yunktura mevasi deb biladi. Ingliz tilidagi tadqiqotlarda, zamonaviy antropologik nazariyalarga asoslangan rus tilli matnlarda mutlaqo boşqaça yondaşuvni uçratasiz.
Ilgariroq Ollvortning qaraşlariga töxtalib ötdim. YuNeSKO şafeligida tayyorlangan fundamental tadqiqot – History of Civilizations of Central Asia kitobining XVI–XIX asrlar tarixiga bağişlangan beşinçi jildida ham şunga yaqin yondaşuvni uçratasiz [11].
Hozirgi kunda qöşni Qozoğiston tarixçilari öz metodikasini jahon akademiyasiga moslaşga urinib, qozoq davlatçiligi tarixini XV asrdan – Qozoq xonligidan boşlamoqda. 2015 yilda Qozoğistonda Qozoq xonligining 550 yilligi nişonlandi. Boşqa sohalarda bölganidek, tarixçilikda ham ulardan örganadigan narsalarimiz bor.
Şayboniylar dahmasining bugungi körinişi
Xulosa örnida. Şayboniylar bugungi Özbekistonga nima bera oladi?
Uzuq-yuluq fikrlarimni erinmay öqib, oxirgi bandga yetib kelgan öquvçilarga minnatdorlik bildiraman. Yuqorida Şayboniyxonga bepisandlik özbek fani va adabiyotida sovet davrida şakllanib qolgan, tarixiy xotiraga aloqador bölmagan stereotipik qaraş ekanini körsatişga intildim. Biror şubha qolgan bölsa, erinmay XVI–XIX manbalarini közdan keçiring: u kezlari ötmiş hozirgidan tamomila boşqaça tuşunilgani, tarixiy şaxslar va qahramonlar boşqa bölgani, Çingizxon, Abulxayrxon, Şayboniyxon, Ubaydullaxon, Abdullaxon II yangliğ arboblar rasmiy panteonni taşkil qilganini körasiz.
Mabodo buni siyosiy buyurtma, saroy tarixçiligi deb öylaydigan bölsangiz, xalq oğzaki ijodiga murojaat eting. Folklorist Xodi Zarif baxşi Pölkan şoirdan yozib olib, 1928 yilda naşr ettirgan “Şayboniyxon sarguzaşti” nomli xalq dostonida Şayboniyxon boş qahramon, antagonist esa Bobur rolida gavdalantirilgan. “Özbek adabiyoti tarixi” fundamental tadqiqotining birinçi kitobini yozgan adabiyotşunos Natan Mallayev xalq xotirasidagi Şayboniyxon va Bobur obrazlari rasmiy tarixçilikka mos kelmaganini tuşuntirişga urinib, dostondagi bu obrazlar real tarixiy şaxslarga aloqasi yöq, degan xulosa çiqaradi [12]. Ammo uning xulosasi zörma-zöraki ekani körinib turibdi.
Şunday ekan, Şayboniyxonning tarixiy roli tan olinişi avvalo rasmiy tarix xalq xotirasiga muvofiq kelişiga olib keladi. Bundan taşqari, sovet tarixçiligining ideologik klişelaridan voz keçilib, rasmiy paradigma akademik pozitsiyaga, tarixiy haqiqatga, dunyo fanidagi tendensiyalarga maksimal darajada yaqinlaşişi ta’minlanadi.
Sovetlar davrida qöşni respublikalar bilan “tarix talaşuvi” asnosida özbek ziyolilari öz ötmişini qadimiylaştirib, bu yerlarga haq-huquqi borligini körsatişga uringan. Hozirgi kunda bunga ehtiyoj yöq – ilm-fan ham, xalqaro siyosat ham qadimiylikni ahamiyatli omil deb hisoblamaydi. Biror davlat beş yuz yil oldin tuzilgan bölsin, yuz yil oldin tuzilgan bölsin, jahon hamjamiyati közi oldida öz yerlariga töla huquqlidir.
Aksinça, oxirgi beş yuz yillik tarixga e’tibor qaratilişi bugungi kunning yaxşiroq tuşunilişiga, bugungi muammolarning ildizlari aniqlanişiga olib keladi. Özbek tarixçiligi köp jihatdan olis ötmiş oşuftasi bölib qolmoqda. Töğri, yozma manbalar kamligi tufayli mavhum, bugungi kunga öxşamaydigan va tuşunarsiz uzoq ötmiş öziga xos romantika ruhiga yöğrilgan. Lekin bugungi kun uçun oxirgi asrlar tarixi muhimroqdir, zero u bugun bilan uzviy boğliqdir. Yangi tarixga kam e’tibor qaratilayotgani tarixçilik jamiyat uçun foydasiz, mavhum gumanitar fan bölib qolayotganining sabablaridan biridir.
Xonliklar davri jiddiyroq, xolisroq örganilsa, qop-qora, zulmat davr bölmagani anglaşiladi. XVI–XIX asrlardagi tarix juda qiziqarli va voqealarga boy; bu davrning baland-pasti yetarli, albatta, ammo qator jiddiy madaniy va siyosiy yutuqlarga ham erişilgan. Qolaversa, yutqiziqlarni, haqiqiy qora bosqiçlarni örganiş ham bugunni yaxşiroq tuşuniş uçun foydalidir. Özbek xonliklarini örgangan özbek özini yaxşiroq tuşunadi.
Xonliklar davri böm-böş emasligi anglaşilgaç, u çoğlarda yaşagan şaxslarga munosabat ham özgaradi. Şayboniyxon qatorida Köçkunçixon, Ubaydullaxon, Abdullaxon II, Elbarsxon, Beybarsxon, Umarxon, Imomqulixon singari tom ma’noda yirik şaxslar ötgani ma’lum böladi. Ularning merosini örganiş ön yilliklar davom etib, butun boşli yangi olimlar avlodi yetişib çiqişiga zamin yaratadi. Tarixning yangiça talqinlari örtaga çiqadi.
Bu, öz navbatida, milliy tarix şaxslari panteonini yanada boyitadi. Faqat Amir Temur va Jaloliddin Mangburnidan iborat siyosiy arboblar röyxati ötmişning boyligini va buyukligini körsatiş uçun kamlik qiladi, menimça. Özbek siyosiy tarixi jiddiyroq tadqiqotlarga muhtojdir.
Nihoyat, özbek degan nomning qadri oşadi. Har bir xalqning, davlatning nomi uning ma’naviyat kapitalini, ramziy boyligini taşkil qiladi. Ruslar rusligidan, qirğizlar qirğizligidan faxrlanadi. Özbeklarga ham özbekligidan faxrlaniş örgatiladi, lekin tarixga kelganda, bu nom qadrini yöqotadi: milliy tarix “bizning asl nomimiz boşqa, bu nom beş yuz yil oldin adaşib kelib qolgan, tasodifan birikib qolgan” deb uqtiradi. Tarixga yondaşuv özgarişi bilan bunday qaraşlar barham topib, bu etnonim beş yuz yillik asosga ega ekani, uning ortida salmoqli ramziy kapital borligi ma’lum böladi.
Asanov Eldar
[1] Oçerki po istorii gosudarstvennosti Uzbekistana. – Taşkent: “Şarq”, 2001, S. 97.
[2] Özbekistonning yangi tarixi. Birinçi kitob. Turkiston Çor Rossiyasi mustamlakaçiligi davrida. – Toşkent: “Şarq”, 2000, B. 26, 52–53.
[4] Sergey Abashin. Ethnogenesis and Historiography: Historical Narratives for Central Asia in the 1940s and 1950s / An Empire of Others. Creating Ethnographic Knowledge in Imperial Russia and the USSR. Budapest – New York, Central European University Press, 2014, pp. 145–170.
[5] Istoriya narodov Uzbekistana. Tom 2. – Taşkent: Izd. An UzSSR, 1947, S. 21–41.
[6] Islom Karimov. Tarixiy xotirasiz kelajak yöq // "Muloqot" jurnalining 1998 yil 5-soni.
[7] Asqarov A. Özbek xalqining kelib çiqiş tarixi. – Toşkent: “Özbekiston”, 2015.
[8] Allworth E.A. The Modern Uzbeks. From the Fourteenth Century to the Present. Stanford, Hoover Institution Press, 1990.
[9] Zahiriddin Muhammad Bobur. Boburnoma. – Toşkent: ÖzSSR FA naşriyoti, 1960. 59–63.
[10] Karmyşeva B. Oçerki etniçeskoy istorii yujnyx rayonov Tadjikistana i Uzbekistana. – Moskva: “Nauka”, 1976, S. 86.
[11] History of Civilizations of Central Asia. Volume V. Turin, UNESCO Publishing, 2003.
[12] Mallayev N. Özbek adabiyoti tarixi. Birinçi kitob. – Toşkent: “Öqituvçi”, 1965. B. 632–633.