AI hisobotida aytilişiça, boşqa mamlakatlarda inson huquqlari buzilganini bildiradigan va ularga hurmat talab qiladiganlar avval öz uyida tartib örnatişi kerak. 

Amnesty International (AI) xalqaro inson huquqlari taşkiloti dunyoda inson huquqlari ahvoli haqidagi yillik hisobotida Ğarbning ikki xil pozitsiyasini keskin qoraladi. «Ğarbning Rossiyaning Ukrainaga bölgan tajovuziga qat’iy javobi uning ba’zi ittifoqçilari, jumladan Isroil, Saudiya Arabistoni va Misr tomonidan qöpol qonunbuzarliklarga qarşi jiddiy çoralar körilmaganidan keskin farq qiladi», — deyiladi AI 28 mart, seşanba kuni e’lon qilgan hisobotda.

«Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirişi davlatlar xalqaro huquqni mensimaslik va inson huquqlarini heç qanday tösiqlarsiz poymol qila olişiga işonganida sodir bölişi mumkin bölgan dahşatli misoldir, - dedi Amnesty boş kotibi Anes Kallamar. - Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirişiga munosabat bizga agar siyosiy iroda bölsa, nima bölişi mumkinligini körsatdi». Uning sözlariga köra, qattiq sanksiyalar bilan bunday munosabat boşqa inson huquqlari buzilişiga qarşi kuraşda namuna bölişi kerak. 
 
Biroq, Ğarbning Moskvaga nisbatan qattiqqölligi boşqa mamlakatlarga nisbatan yumşoqlik bilan keskin farq qiladi. Amnesty hisobotida ta’kidlanişiça, Ğarbning ikki tomonlama standartlari bir qator davlatlarga inson huquqlari buzilişini tanqid qilişdan voz keçişga imkon berdi. Bu esa butun dunyoda jazosizlik va beqarorlikka olib keladi. Huquq himoyaçilari, xususan, «Saudiya Arabistonidagi inson huquqlari bilan boğliq vaziyatga nisbatan jimlik, Misrga nisbatan harakatsizlik va Isroilning falastinliklarga qarşi aparteid tizimiga qarşi turişdan boş tortiş»ni misol tariqasida keltirdi.

Amnesty International taşkilotining nemis bölimi boş kotibi Markus Beko Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirişi inson huquqlari böyiça salbiy tendensiyalarni kuçaytiriş uçun katalizator bölib xizmat qilayotganiga e’tibor qaratdi. Uning sözlariga köra, Germaniya va Yevropa Ittifoqiga murojaat qilib, «boşqa mamlakatlarda inson huquqlari buzilganini bildirib, ularga rioya etişni talab qilayotganlar avval öz uyida tartib örnatişi kerak». 

AI ma’lumotlariga köra, 2022 yilda dunyo böylab 103 million kişi doimiy yaşaş joylarini tark etişga majbur bölgan. Bu 2021 yildagidan 20 millionga köp. 

Migratsiyaning misli körilmagan ösişi bilan bir qatorda, 2022 yil butun dunyo böylab ijtimoiy noroziliklarning kuçayişi va ularning zöravonlik orqali bostirilişi bilan tavsiflanadi.