Amnesty International (AI) xalqaro nodavlat inson huquqlari taşkiloti Rossiyada «nomaqbul taşkilot» deb e’lon qilindi. Rossiya Boş prokuraturasining 19 may, duşanba kuni çop etilgan press-relizida aytilişiça, Amnesty'ning Londondagi ştab-kvartirasi «Kiyev rejimining şeriklari tomonidan tölanadigan global rusofobik loyihalarni tayyorlaş markazi» bölib xizmat qiladi.
AI faollari «mintaqadagi harbiy qarama-qarşilikni kuçaytiriş uçun hamma narsani qilmoqdalar — ular Ukraina neonatsistlarining jinoyatlarini oqlaydi, ularni moliyalaştirişni köpaytirişga çaqiradi va mamlakatimizni siyosiy va iqtisodiy izolyatsiya qilişga urinadi», deyiladi press-relizda. Boş prokuratura ma’lumotlariga köra, uşbu taşkilot a’zolari «ekstremistik taşkilotlarni qöllab-quvvatlaydi» va «çet el agentlari faoliyatini moliyalaştiradi».
Amnesty International Rossiya Adliya vazirligi tomonidan yuritiladigan «nomaqbul taşkilotlar» röyxatiga hali kiritilmagan. Odatda, bu Boş prokuratura matbuot bayonotidan bir hafta ötgaç sodir böladi. Hozirda uşbu reyestrda 223 ta taşkilot mavjud.
Amnesty International taşkiloti butun dunyo böylab inson huquqlari buzilişi holatlarini hujjatlaştirib boradi. Boşqa narsalar qatorida, u Ukrainadagi uruş davridagi qonunbuzarliklar haqida hisobotlar berib, Rossiyani insoniyatga qarşi jinoyatlarda aybladi. Şu bilan birga Amnesty Ukrainani ham qoralab, uni gumanitar qonunlar va uruş qonunlarini buzgan holda kasalxonalar va maktablarda harbiy bazalarni joylaştirişda aybladi. Bu xabar Ukraina rasmiylarining noroziligiga sabab böldi. Amnesty taşkiloti «yetkazilgan oğriqdan afsusda» ekani, ammo öz xulosalarini «töliq qöllab-quvvatlaşi» haqida ma’lum qildi.

















