2024 yilda dunyoning 15 ta davlatida 1518 kişi qatl etildi, deyiladi Amnesty International xalqaro huquqni himoya qiliş taşkiloti hisobotida. Bu 2015 yildan beri qayd etilgan eng yuqori körsatkiçdir (öşanda 1634 ta qatl etiş holati röyxatga olingan).

Huquq himoyaçilarining ta’kidlaşiça, ularning ma’lumotlari «Xitoyda qatl etilgan minglab odamlarni» öz içiga olmaydi. Bundan taşqari, taşkilotda KXDR va Vetnamda ölimga hukm qilinganlar, şuningdek, jangovar harakatlar davom etayotgan Suriya va Falastinda öldirilganlar soni böyiça ham ma’lumotlar mavjud emas.

Hisobotda qayd etilişiça, ölim jazosi qöllanayotgan davlatlar soni butun kuzatuvlar tarixida ketma-ket ikkinçi yil eng past darajada qolmoqda.

Ötgan yili ölim jazosining katta qismi Eron (972), Iroq (63) va Saudiya Arabistonida (345) ijro etilgan. Qatl etilganlarning 1380 tasi uşbu davlatlar hisobiga töğri kelmoqda. Mazkur uçta davlatda ötgan yili ölimga hukm qilinganlar soni undan oldingi yilga nisbatan oşgan.

«Eron, Iroq va Saudiya Arabistoni sönggi bir yilda inson huquqlarini poymol qiliş va odamlarni giyohvandlik hamda terrorizm bilan boğliq ayblovlar bilan şafqatsizlarça hayotdan mahrum etiş orqali ölim holatlarining keskin oşişi uçun javobgar», — deydi Amnesty International boş kotibi Agnes Kallamar.

Şu bilan birga, Kallamarning ta’kidlaşiça, Eron va Saudiya Arabistonida ölim jazosi «gapirişga jur’at etganlarning ovozini öçiriş uçun» qöllanadi.