28 mart, seşanba kuni Amnesty International inson huquqlari taşkiloti 2022-2023 yillarga möljallangan dunyoda inson huquqlari ahvoli haqidagi hisobotini e’lon qildi. Hisobot 156 davlatni qamrab oladi. Huquq himoyaçilari 2022 yil xalqaro inqirozlarning iqtisodiy va ekologik oqibatlari hamda yaşaş narxining keskin oşişi tufayli dunyoning eng qaşşoq odamlari zimmasiga nomutanosib yuk tuşdi, degan umumiy xulosaga kelişdi. Ijobiy özgarişlar bölsa-da, asosiy huquqlarni, ayniqsa ayollar va bolalarni hurmat qiliş böyiça umumiy vaziyat deyarli özgarmadi, deydi Amnesty. Lekin, 2022 yil yangi qurolli mojarolar yili böldi, deb yozadi huquq himoyaçilari. DW Ukraina va Rossiyaga bağişlangan hisobot sahifalarini örganib çiqdi.

Ötgan yili Rossiya uçun asosiy voqea Ukrainaga keng kölamli bosqinning boşlanişi bölganligi ajablanarli emas, bu Rossiyaning özida inson huquqlari bilan boğliq vaziyatni keskin yomonlaştirdi. Ötgan yilgi voqealarni qisqaça tavsiflab, AI huquq himoyaçilari bu borada Rossiyaning 15 mart kuni Yevropa Kengaşi tarkibidan çiqişi, söngra Inson huquqlari böyiça Yevropa sudi (IHeS) qarorlarini bajarişdan boş tortganini ta’kidladi. Amnesty bir qator qonunlarning qat’iylaştirilganligini va Rossiya rahbariyatining yönalişi bilan kelişmovçilikning har qanday körinişiga qarşi kuç işlatişning ança qattiqroq va şafqatsiz amaliyotini eslatdi.

Rossiyada fuqarolik jamiyatiga bosim 2022 yilda yangi darajaga kötarildi, deya xulosa qildi AI huquq himoyaçilari. Şu munosabat bilan ular «çet el agentlari» töğrisidagi qonunning yanada qat’iylaştirilgani va «çet el agentlari» röyxatiga tobora köp rossiyaliklar kiritilganini eslatişdi. AI hisobotida koloniyada tört yillik muddatga hukm qilingan «Otkrytaya Rossiya» jamoat taşkiloti sobiq rahbari Andrey Pivovarovning ta’qib qilinişi, siyosatçi Ilya Yaşinning Ukrainaning Buça şahrida rus armiyasining jinoyatlari haqida xabar bergani uçun sakkiz yilga qamalişi, şuningdek, Kreml siyosatiga qarşi çiqqan ekolog va faol Arşak Makiçyanning Rossiya fuqaroligidan mahrum etilişi eslatib ötilgan.

AI hisobotida aytilişiça, qiynoqlar va şafqatsiz munosabatning boşqa şakllari bugungi kunda Rossiyadagi penitensiar tizimining «ajralmas qismidir». Şu munosabat bilan Amnesty huquq faollari rossiyalik muxolifatçi siyosatçi Aleksey Navalniyning taqdirini eslab, uning JIZOda «ğayriinsoniy» va «tahqirlovçi» şaroitda ötkazgan 90 kunini, siyosatçi boşqa huquqlardan, jumladan, oilaviy taşriflar, töğri tibbiy yordam körsatiş huquqlaridan mahrum etilganini esga oldi. AI adolatsiz sud jarayonlarini şunga öxşaş amaliyot deb atab, 22 yilga qamalgan jurnalist Ivan Safronov işini misol sifatida keltirgan.