Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Beeline Uzbekistan mamlakatni yanada yashilroq qiladi
Digital-operator O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan yaratilgan “Yashil Makon” harakatini qo‘llab-quvvatlashda davom etmoqda. O‘tgan dam olish kunlari kompaniya “Go Green” loyihasi doirasida Toshkent shahrining Yashnobod tumanidagi 255 maktab hududiga ko‘chat va butalar ekdi.
Beeline Uzbekistan mamlakatda faoliyatini boshlaganidan beri “yashil” aksiyalarda qatnashib keladi. Shu bois, 2021-yildan boshlab, ya’ni umummilliy “Yashil Makon” loyihasi ishga tushirilgandan so‘ng, operator uni amalga oshirishda ishtirok etmoqda. Bu nafaqat mavjud tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash, balki O‘zbekiston xalqi manfaatlari yo‘lidagi faol harakatlardir.

Poytaxtdagi 255-maktabda o‘tkazilgan aksiya ta’lim muassasasi rahbariyatining so‘roviga binoan o‘tkazildi. “Beeline”ning 70 dan ortiq xodimlari o‘qituvchilar va maktab o‘quvchilari bilan birgalikda 160 tup daraxt va 40 tup ko‘chat ekish uchun kelishdi. Maktab bog‘i hududdagi eng yashil bog‘ bo‘ladi!
“Unitel” MChJ 2006-yilning 12-sentabridan boshlab “Beeline Uzbekistan” savdo belgisi ostida xizmatlar ko‘rsatib kelmoqda. Beeline Uzbekistan bosh qarorgohi Amsterdam shahrida (Niderlandiya) joylashgan VEON xalqaro telekommunikatsiya xoldingi tarkibiga kiradi
VEON 7 mamlakatda 200 milliondan ortiq foydalanuvchilarga ega global telekommunikatsiya va internet xizmatlarining provayderi. Uning aksiyalari NASDAQ va Euronext Amsterdam fond bozorlarida joylashtirilgan.
Beeline Uzbekistan’da 1.6 mingga yaqin xodim ishlaydi. 2006-yildan buyon O‘zbekiston bozoriga kirishi bilan VEON mamlakat telekommunikatsiya sohasiga 1.4 milliard AQSH dollaridan ortiq sarmoya kiritdi. Beeline SB’ning O‘zbekistondagi faoliyati davomida 1.9 milliard dollardan ortiq soliq to‘langan.
Sayt: beeline.uz
Facebook: fb.com/beeline.uz
Instagram: @beeline_uzbekistan
Telegram: t.me/beelineuzbekistan
Twitter: twitter.com/beeline_uz
LinkedIn: linkedin.com/company/beeline-uzbekistan/
Mavzuga oid
15:00 / 27.01.2026
VEON Beeline Uzbekistan’ning yangi Tarmoq monitoringi va boshqaruv markazini taqdim etdi va BuildX’ni ishga tushirdi
11:00 / 16.09.2025
Beeline Uzbekistan Ookla tomonidan mobil qurilmadan video tomosha qilish bo‘yicha eng yaxshi operator deb tan olindi
11:00 / 10.09.2025
Beeline Uzbekistan Opensignal tomonidan mamlakatning eng tezkor mobil interneti va eng barqaror tarmog‘i deb topildi
15:00 / 12.08.2025