DXX yer maydoni uchun 700 mln so‘m so‘ragan favqulodda vaziyatlar xodimini qo‘lga oldi
Davlat xavfsizlik xizmati tomonidan joylarda yer maydonlarining noqonuniy sotilishiga chek qo‘yildi.
Davlat xavfsizlik xizmatining Navoiy viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan boshqa huquqni muhofaza qiluvchi idoralar vakillari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda Nurota tuman favqulodda vaziyatlar bo‘limi xodimi dehqonchilikka ixtisoslashgan fermer xo‘jalik rahbari bilan o‘zaro til biriktirib, ushbu xo‘jalikning 80 gektar yer maydonini xaridorga 1 mlrd so‘mga sotishga kelishib, oldindan 700 mln so‘m olgan vaqtlarida ushlandi.
Davlat xavfsizlik xizmatining Andijon viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining hududiy boshqarmasi bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda Andijon shahridagi qurilish firmasi rahbari shahar hokimligi zaxirasida bo‘lgan 14 sotix yer maydonini go‘yoki o‘ziga tegishli ekanligini aytib, tanishlari orqali uni xaridor nomiga rasmiylashtirib berish evaziga 40 ming AQSh dollari olgan vaqtida ushlandi.
Samarqand viloyatida kuzatilgan holatda esa Samarqand tumanida yashovchi fuqaro tuman hokimining tegishli qarori bilan unga dehqon xo‘jaligi tashkil etishi uchun uzoq muddatga imtiyozli ravishda berilgan 35 sotix yer maydonini kadastr tizimidagi tanishlari yordamida xaridor nomiga rasmiylashtirib berish evaziga 45 ming AQSh dollari talab qilib, oldindan 25 ming AQSh dollari olgan vaqtida Davlat xavfsizlik xizmati, viloyat prokuraturasi hamda ichki ishlar boshqarmasi xodimlari tomonidan ushlandi.
Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
23:25 / 09.11.2024
Samarqandda Qurolli kuchlar xizmatchisi, soliqchi, Milliy gvardiya va kadastr xodimlari pora bilan ushlandi
16:46 / 09.11.2024
Uchta viloyat va Toshkent shahrida giyohvand modda savdosi bilan shug‘ullanganlar qo‘lga olindi
11:09 / 08.11.2024
Andijonda kottejlar qurish uchun yer hujjatini rasmiylashtirib berish evaziga 230 ming dollar talab qilgan shaxs ushlandi
10:19 / 08.11.2024