Sanoat xavfsizligi qo‘mitasi nazoratidagi korxonalarda 81 ta baxtsiz hodisa yuz berib, 28 ta holat o‘lim bilan tugagan
2022 yilda Sanoat xavfsizligi qo‘mitasi nazoratidagi korxona va tashkilotlarda 81 ta baxtsiz hodisaga yo‘l qo‘yilgan, 28 ta holatda oqibat o‘lim bilan tugagan. Bu haqda Tog‘-kon, geologiya va sanoat xavfsizligini nazorat qilish inspeksiyasi axborot xizmati rahbari Malika Mirjamolova ma’lum qildi.
2022 yil davomida Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi xodimlari tomonidan nazorat ostidagi korxona va tashkilotlarda sanoat radiatsiya va yadro xavfsizligi bo‘yicha 3 mingdan ziyod davlat nazorati, 8 ming 400 dan ortiq nazorat-profilaktika tadbirlari o‘tkazildi. Natijada sanoat, radiatsiya xavfsizligi talablari va yerosti boyliklaridan foydalanish sohasida 53 mingdan ortiq qoidabuzilish holati aniqlandi.
32 ta korxonada ishlar vaqtincha to‘xtatib qo‘yildi. 3 mingga yaqin muhandis-texnik va rahbar xodimga nisbatan 2 mlrd 193 mln so‘m jarima miqdorida ma’muriy jazo choralari qo‘llandi.
Nazorat ostidagi korxona va tashkilotlarda o‘tgan 2022 yil davomida umumiy 81 ta baxtsiz hodisaga yo‘l qo‘yilib, bulardan 28 ta hodisa oqibati o‘lim bilan tugagan, 5 tasi guruhiy va 48 holatda insonlar turli darajada tan jarohatlari olgan.
Ro‘y bergan baxtsiz hodisalar tahlil shuni ko‘rsatdiki, ularning asosiy kelib chiqish sabablari 60 foizdan ortiq holatda tashkiliy sabablardir, ya’ni - ishlab chiqarishda ishlarning to‘g‘ri tashkil etilmaganligi va sanoat xavfsizligi sohasida xodimlar malakasining yetishmasligi, texnik va texnologik jarayonlarda ishlab chiqarish intizomining pastligi, hamda ehtiyotsizlik yoki tavakkalchilikka yo‘l qo‘yishlar.
Mavzuga oid
11:10 / 13.11.2024
O‘zbekiston va Finlandiya sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish dasturini tayyorlaydi
21:26 / 29.10.2024
KXDR rahbari Kim Chen Inning xavfsizligi kuchaytirildi – OAV
18:24 / 12.09.2024
O‘zbekiston va Turkiya TIV, IIV va xavfsizlik idoralari rahbarlari uchrashuv o‘tkazdi
12:28 / 10.09.2024