“Taşabbusli budjet”: Taşkilotçi, iqtisodçi va bloger bahsi
|23:14 / 29.03.202337 64913 min
Ijtimoiy tarmoq – qiziq joy. U avvalo omma uçun muloqot maydoni bölsa, ikkinçi örinda jamiyatning mikro modeli sifatida ijtimoiy kayfiyat oynasi, mas’ullarga, hukumatga muammolar haqida gapiradigan maydon vazifasini ham ötamoqda. Xususan, Özbekistonda şunday bir tendensiya şakllanib ulgurgan.
Sönggi kunlarda mana şu maydonning özbek segmentida bir mavzu keng muhokama va bahslarga sabab bölmoqdaki, Kun.uz muxbiri ayni mavzuni jamoatçilik faollari, masalaga bevosita mas’ullar iştirokida tahlil qildi.
Taşabbusli budjet – bu loyiha orqali odamlar sönggi vaqtlarda çindan ham öz ovozining ahamiyatiga işona boşlagani, anglayotgani, daxldorlikni sezayotgani, bir maqsad yölida özaro uyuşişni örgangani rost. Ammo...
Intervyu davomida ana şu “ammo” haqida, loyihaning bahslarga sabab bölayotgan ayrim qirralari haqida gaplaşildi.
Intervyu mehmonlari Iqtisodiyot va moliya vazirligi bölim boşliği Azimjon Hasanov, iqtisodçi Otabek Bakirov va blogerUmid Ğofurov böldi.
— Umid aka, bugungi intervyuga sizni bejiz taklif qilmadim. Yuqorida aytganimdek, loyihaning ayrim jihatlari böyiça ma’lum bir qatlam insonlarda e’tirozlar bor va bu haqda siz ham doimiy tarzda fikr bildirib kelasiz.
Xöş, loyihada sizni qoniqtirmaydigan jihatlar aynan qaysilar? Jamoatçilik vakili sifatida öşa ikkinçi tomon nimani özgartirişni istayotganini bizga aniq qilib tuşuntirib berolasizmi?
Umid Ğofurov:
— Bu haqida ötgan yildan boşlab yozaman men. Bir tomondan yaxşi bu loyiha. Loyiha sayti taşkil qilinganida men uning nomidan kelib çiqib, boşqaça öylagan edim. Ya’ni bizdagi ayrim muammolar budjetning oçiq emasligidan kelib çiqadi, Open budget (oçiq budjet) şunga yeçim deb öylagan edim. Menga yoqmayotgan tomoni şuki, davlat pul yetmayapti, bor pulni özlaring hal qilib olinglar, deyotgandek bölyapti. Töğri, hamma narsaga ham yetmaydi pul. Lekin bugungi körinişi ovoz yiğolsang, böladi, yöqsa, özing aybor bölasan, degandek.
E’tirozim şuki, biz sabablar bilan kuraşmayapmiz. Yil boşida budjet mablaği taqsimlanadi sohalarga. Biz şu mablağning sarflanişini nazoratga olmayapmiz. Asosiy budjet nazorati kuçaytirilsa, taşabbusli budjetga ehtiyojimiz qolmaydi. Boşqa davlatlarda taşabbusli budjet ortgan mablağ evaziga böladi. Bizda ham ortgan pul hisobiga bölyapti. Lekin ğalati: birlamçi ehtiyoj bölgan masalalar ortgan puldan qilinadigan narsalar emas, ularni qiliş şart.
Mavzuga oid
Umid Ğofurov
Loyiha formasiga e’tirozim bor yana. Rostdan Open budget bölganda, deylik, biz istalgan paytda qaysidir obektning kim tomonidan, qança mablağga qurganini oçiq ma’lumotlarda körişimiz mumkin böladi va mana şu oçiq budjet böladi.
Doimiy e’tirozlar esa öqituvçilar va boşqalar ovoz yiğib yurişga majbur bölayotgani. Har bir öqituvçiga 80 ta ovoz yiğiş majburiyati ham yuklatilgan. Ikkita maktab bölsa, bittasi yutadi, bir-biri bilan kuraşga aylanib ketyapti. Eng köp e’tirozlar ham aynan şunda. Majburiyga aylanib qolgandek.
— Azimjon aka, intervyu davomida Umid aka bildirgan tanqidlarga birma-biri yana qaytamiz. Siz vazirlik mas’uli sifatida nafaqat Umid aka, balki jamoatçilikning ma’lum bir qismidan bölayotgan tanqidlarni qanday kuzatyapsiz va ularga umumiy bir fikringizni bildirsangiz?
Azimjon Hasanov:
Azimjon Hasanov
— Töğri, taşabbusli budjet loyihasi ijtimoiy tarmoqlarda juda köp muhokamalarga sabab bölyapti. Aynan öqituvçilar va boşqa budjet taşkilotlari xodimlarining ovoz yiğişga majburlanişi kabi xabarlar yangrayapti. Fuqarolar tomonidan davlat özi qilişi kerak bölgan narsalar uçun nega ovoz yiğyapti, degan savollar ham qöyilyapti.
Har yili davlat budjetidan ijtimoiy soha uçun inflatsiya darajasidan kam bölmagan miqdorda mablağ ajratiladi. Taşabbusli budjet loyihasi esa şularga qöşimça tarzda fuqarolarga imkoniyat berib, köproq muammolarni hal etiş uçun bölyapti. Boşqa davlatlarda şakllangan davlat budjetining ma’lum bir mablağini ovozga qöygan holda nimaga yönaltirişni belgilab beradi. Bizda esa farqli: davlat budjetining aniq bir qismini emas, qöşimça tarzda ajratilgan mablağ böladi. Davlat öz funksiyasini bajarib kelmoqda, qöşimça imkoniyat tarzida taşabbusli budjet joriy qilingan.
— Otabek aka, hozir mana şu stolda paydo bölgan bir bahsli vaziyat jamiyatda bölayotgan bahsning bir körinişi ekani haqida yuqorida aytdim. Xöş, siz bir iqtisodçi, şu jamiyat vakili sifatida bu bahs haqida qanday fikrdasiz?
Otabek Bakirov:
Otabek Bakirov
— 36 mln aholimiz, 20 mlndan ortiq ovoz beriş huquqiga ega fuqarolarimiz bor va 30 mlrd dollardan ortiq budjetimiz bor. Ongli ravişda masalaga yondaşsak, 36 mln aholining har birining xohişini bir joyga jamlaş uçun juda qiyin yöllardan boriş (ya’ni hamma budjet jarayonida iştirok etişi) yoki vakillik yölidan (deputatlar) boriş mumkin, butun dunyoda eng kamxarjli, qulay yöl şu hisoblanadi. Bunda bizning vakillar bizning nomdan şakllangan davlat budjeti mablağlarini taqsimlaydi. Bizda hali budjet taqsimotida vakilligimiz orqali yoki erkin saylov orqali daxldorligimiz minimumda ekan, taşabbusli budjet jarayonida loyihalarni tanlaş, moliyalatirişdagi iştirokimiz bizga berilgan qanaqadir imkoniyat.
Bu yilgi taşabbusli budjet uçun 8 trln mablağ ajratilişi kerak. Bahordagi bosqiç uçun esa 1,7 trln mablağ ajratilgan. Endi biz nega öz ixtiyorimizga berilgan 1,7 trln mablağdan voz keçişimiz kerak? Şuning uçun ham taşabbusli budjet loyihasiga nisbatan davlatning özi qilsin degan narsani qabul qilolmayman.
Ötgan yili birinçi va ikkinçi mavsumda jamiyat, iqtisodiyotimizdagi juda köp muammolarni oçib berdi. Öqituvçilarning, şifokor-hamşiralarning majburiy ovoz yiğişga jalb qilinayotgani taşabbusli budjet muammosimi yoki majburiy mehnat muammosimi — şuni hal qilib oliş kerak. Bundan taşqari, maktablar va şifoxonalardagi moddiy-texnik baza muammolari taşabbusli budjetnikimi yo iqtisodiyotimiznikimi? Maktablar tizimida qoldiq moliyalaştiriş muammosi bor ekan, ya’ni ortgan mablağ beriladi. Öqituvçilarni, şifokorlarni kim majbur qilyapti ovoz töplaşga, degan oçiq savol ham bor. Mana şunday muammolarni oçib beryapti. Ta’lim va tibbiyot tizimlaridagi vertikal boşqaruvni mahalliy hokimliklarga topşirib qöydik. Heç qaysi öqituvçi maktab böyiça taşabbus bermaydi. U mahallasi böyiça, içimlik suvi, yöl böyiça taşabbusni yoritişi mumkin. Aynan taşabbusli budjet boşqa muammolarimiz borligini ham körsatib beryapti.
1993 yilda Qirğizistondagi parlament saylovlarida nomzodlar aholidan ovoz yiğişning turli usullarini qöllagan. Öşa paytdagi sovet tuzumidan çiqqan odamlar uçun yovvoyi holat köringan bu, ovoz sotib olişga uriniş deb qabul qilingan. Bora-bora umumiy qabul qilingan me’yorlarga kirdi bu narsa. Saylovçilarga öz qaraşlari, pozitsiyalarni yetkaziş uçun mablağ sarflanadi. Xohlaymizmi, yöqmi, qaysidir ğoyani, loyihani ilgari suriş uçun elektoratga murojaat qilişga majburmiz. Murojdat qilişning esa har xil şakllari bor: bir litr yoğ beriş, kola beriş... Har xil. Odamlar ovozining qadri oşyapti. Faqat biz hali buni qabul qilolganimiz yöq. Keyingi yilga borib yana ham qadri oşadi ovozning. Iqtisodiyot va moliya vazirligi ma’lumotiga köra, bugungaça 12,2 mln odam ovoz bergan, Özbekiston aholisining 1/3 qismi. Farğonada 1,5 mln bölibdi, aholining 50 foizi degani. Sönggi 30 yil içida aholini bu darajada qamrab olgan ijtimoiy voqelik bölgani yöq.
— Bugun tarmoq foydalanuvçilari loyihaga oid bir masalada ikki tomonga bölinganki, bir tomon loyihadan ijtimoiy soha obektlari: maktab, şifoxona va sport maktablari qurilişi, ta’miri uçun ovoz yiğiş çiqarib taşlanişi kerak, deydi. Ya’ni ijtimoiy obektlarni quriş va ta’mirlaş – davlatning vazifasi. Bu işlarni uning özi qilsin, qöpol qilib aytganda, odamlarni sarson qilmasin. Ayrimlar esa aksinça, buni loyihaning bu qismi sifatida ma’qullaydi.
Xöş, “Taşabbusli budjet” loyihasida ijtimoiy obektlar uçun ovoz yiğişni töxtatiş kerakmi?
Umid Ğofurov:
— Agar ijtimoiy soha obektlarini loyihadan olib taşlasa, ajratilgan 8 trln mablağ ham kamaytiriladimi yoki joyida qoladimi? Mana şundan kelib çiqiş kerak, ya’ni oldin rejasini bilişimiz lozim.
Umuman, loyihaga qarşi emasman, lekin aytganimdek, hozirgi körinişi ğalati. Tanlov turibdi odamlarda: bittasi suv kerak deydi, ikkinçisi elektr kerak deyapti. Ikkisidan birini tanlaşga majburmiz. Xuddiki, köp çökayotgan odamlar orasida bittasiga yordam beriş mumkindek. Ijtimoiy soha obektlarini davlatning özi qilişi kerak, lekin nazorat qilib turiş tizimi ham kerak. Taşabbusli budjetning yaxşi tomoni yutilgan loyihani odamlar nazorat qilişi mumkin. Aslida, butun Özbekistonda xoh taşabbusli bölsin, xoh taşabbussiz, odamlar tekşirişi kerak. Ya’ni yuqorida aytganimdek, oçiq tizimda tekşiriş, ma’lumotlarni köriş imkoni bölişi kerak odamlarda. Demoqçimanki, ijtimoiy soha obektlarini olib taşlasa ham, jamoatçilik nazoratini qoldiriş kerak. Ya’ni odamlarda ham budjet pullarini nazorat qiliş tuşunçasi bölsa, olib taşlaş mumkin böladi. Hozir qöyilayotgan loyihalarning muhimlik darajalari ham har xil. Bir loyiha quyoş paneli örnatiş bölsa, ikkinçisi suv olib keliş, bu yerda suv birlamçi böladi. Şu narsani ham qandaydir tartibga soliş kerak, menimça.
Otabek Bakirov:
— Biz tuğilganimizdan boşlab tanlaşga majburmiz. Ovqatlanişdan tortib transportdan foydalanişgaça imkoniyatlardan kelib çiqib tanlaşga majburmiz. Özbekistonning hozirgi imkoniyatlarida ham biz tanlaşga majburmiz. Ideal şaklda Umid Ğofurov aytganday bölişi kerak. Bunday ideal qaçonki siyosiy islohotlar yuz bersa böladi. Ya’ni parlamentni erkin saylovlar asosida Özbekiston fuqarolari şakllantirsa, öşanda jamoatçilik nazorati böladi. Hozir biz 96 foiz budjet puliga daxldorligimizni his qilmayapmiz, atigi 4 foiz yoki undan kamroğiga daxldorlik bölyapti.
Taşabbusli budjetdan ijtimoiy soha obektlarini çiqarib taşlaylik, degan çaqiriqlar köp yangrayapti. Öqituvçi va şifokorlar juda katta ovoz beruvçilar hisoblanadi. Agar biz bu sohalarni çiqarib taşlasak, hozirgi tizim bilan mahalliy va Oliy Majlis deputatlari orqali muammolarni hal qilolmaymiz, çunki vertikal şakllanmagan. Özaro nazorat tizimi yöq, ular bizning vakillar emas, qöpol qilib aytganda. Şuning uçun ham çiqarib taşlaş xato böladi.
Hozir tuman viloyat budjetlarining 30 foizi taşabbusli budjetga ajratilyapti. Agar biz şuni 50 foizga çiqarolsak, yanayam köproq aholini va muammolarni qamrab oladi. «Davletovuz» kanalida tibbiyot va maktab muassasalarida quyoş panellarini örnatiş böyiça loyihalar ham ilgari surilayotgani haqida xabar joylandi. Bu narsa fuqarolardan çiqmayapti, ma’muriy ildizlari bor buning. Lekin qaysidir fuqaro şuni istab qolişi mumkin-ku qaçondir. Kamçilik bölişi mumkin, lekin istisno qilmaslik kerak. Erkin saylovlarga ötmaydigan holatda mening idealim şuki, taşabbusli budjetga ajratilayotgan mablağlarni doimiy oşirib boriş yölidan yuriş. Ya’ni töxtaş va çegaralaş tarafdori emasman.
Azimjon Hasanov:
— Bu masalani ham örganib çiqyapmiz. Xalqaro doirada Rossiya tajribasida maktablar uçun alohida taşabbusli budjet doirasida yönaliş bor. Ya’ni maktablar uçun alohida mablağ ajratiladi loyiha içida. Bu kabi loyihalar ham bir qança. Biz ham bir qança takliflarni işlab çiqdik va örganilmoqda.
Ijtimoiy soha obektlarini olib taşlasak, xuddi oğriqli joyni şunçaki kesib taşlagandek bölamiz. Muammo hal bölib qolmaydi çeklaş bilan, muammo ildizi bu yerda emas. Işonib aytolamanki, öqituvçi va şifokorlarga majburiy ovoz yiğdiriş holati şunga öxşaş boşqa ijtimoiy sohada ham bölar edi. Biz fuqarolarning ijtimoiy ongini oşirişimiz kerak. Har bir fuqaro ixtiyoriy ovoz beriş huquqi borligini bilişi lozim. Şundagina majburiy ovoz yiğiş, ma’muriy aralaşuvlar oldi olinadi. Joriy yil uçun tasdiqlangan davlat dasturida ham taşabbusli budjet jarayonlarini xolis ovoz beriş ma’muriy aralaşuvlarsiz taşkil etiş böyiça Iqtisodiyot va moliya vazirligiga topşiriq berilgan. Bu böyiça takliflar işlab çiqyapmiz. Yuqorida aytilgan ijtimoiy sohani çeklaş kabi takliflar ham bor ular orasida.
Intervyuni töliq holda yuqoridagi video orqali tomoşa qilişingiz mumkin.
Ilyos Safarov suhbatlaşdi.
Tasvirçi va montaj ustasi – Abduqodir Tölqinov.
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi