Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent viloyat sudi raisining o‘rinbosari qonunni buzgani uchun lavozimidan chetlashtirildi
Uning o‘rniga Oliy sudning Fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati sudyasi Azamat Ikromov tayinlangan.
Prezident Shavkat Mirziyoyevning 28 martdagi farmoyishi bilan Anvar Shukurullayev Toshkent viloyat sudi raisi o‘rinbosari – iqtisodiy ishlar bo‘yicha sudlov hay’ati raisi lavozimidan ozod etildi. Uning chetlatilishi odil sudlovni amalga oshirish chog‘ida qonuniylikni buzgani bilan izohlangan.
Anvar Shukurullayev 2021 yilning 1 martida Toshkent viloyat sudi raisining o‘rinbosari etib tayinlangan edi. Bungacha esa u Oliy sud sudyasi bo‘lgan.
Toshkent viloyat sudi raisining o‘rinbosari – iqtisodiy ishlar bo‘yicha sudlov hay’ati raisi lavozimiga Azamat Ikromov tayinlandi. Tayinlovgacha Ikromov Oliy sudning Fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati sudyasi, undan avval esa fuqarolik ishlari bo‘yicha Buxoro viloyat sudi raisi lavozimlarida ishlagan.
Prezident farmoyishi bilan Maqsudbek Saidov o‘z arizasiga ko‘ra Toshkent shahar sudi raisining o‘rinbosari – iqtisodiy ishlar bo‘yicha sudlov hay’ati raisi lavozimidan bo‘shatilgan. Uning o‘rniga Oliy sudining sudyasi vazifasida ishlab kelgan Ibragim Alimov tayinlangan.
Mavzuga oid
19:49 / 02.07.2026
Toshkent viloyatida issiqxonalarni demontaj qilish boshlandi
19:51 / 30.06.2026
“Farhod” avtoehtiyot qismlar bozoridagi jinoiy guruh a’zolariga hukm o‘qildi
11:56 / 30.06.2026
Doniyor Turg‘unov ustidan sud boshlandi: avtomobilni olib qochish moddasi ayblovdan chiqarilgan
18:40 / 23.06.2026