9-11-sinf o‘quvchilari uchun namunaviy imtihon materiallari e’lon qilindi
2022-2023 o‘quv yilida o‘quvchilarni barcha fanlardan davlat yakuniy attestatsiyasidan o‘tkazish uchun imtihon biletlari, metodik tavsiyalar va o‘quv materiallari Respublika ta’lim markazi tomonidan ishlab chiqildi.
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi xabariga ko‘ra, joriy yilning may va iyun oylarida maktab o‘quvchilarining yakuniy nazorat imtihonlari bo‘lib o‘tadi. Jumladan, 9- va 11-sinflar uchun yakuniy (bitiruv) nazorat imtihonlari joriy yilning 26 mayidan 15 iyuniga qadar tashkil etiladi.
Imtihon materiallarini ishlab chiqishda umumta’lim maktablari o‘quvchilari uchun kreativ va mantiqiy fikrlashga yo‘naltirilgan topshiriqlar kiritilgan.
Imtihonlar belgilangan muddatda shaffof, adolatli va xolis o‘tkazilishi uchun barcha zaruriy choralar ko‘riladi, deyiladi xabarda.
Namunaviy imtihon materiallari bilan quyidagi havola (https://t.me/edurtm_uz/10252) orqali tanishish mumkin.
Mavzuga oid

13:58 / 29.04.2025
Xorazmda maktab direktori sochini o‘rmagan o‘quvchi qizni kaltakladi

12:03 / 19.04.2025
“120 tezlikda tormoz ishlamay qoldi” – Namanganda ikki o‘quvchi ijaraga olingan Spark’da YTHga uchradi

23:11 / 18.04.2025
Toshkent va Moskva migrantlarni tanlab olish jarayonini O‘zbekistonga ko‘chirish ustida ishlamoqda

20:42 / 17.04.2025