Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Chasiv Yardan evakuatsiya va Baxmut atrofidagi yarador askarlar. Urush suratlari
Ukrainada urushning 400-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar
- Qrimda urushda qatnashmaslik uchun qismni tark etgan harbiy xizmatchi to‘qqiz yilga qat’iy tartibli koloniyaga hukm qilindi.
- 30 mart kuni kechqurun Rossiya qo‘shini Xarkivni o‘qqa tutdi, bu taxminan S-300 raketalari bilan amalga oshirilgan. Hujum natijasida turar joy binosi va tinch aholi vakillariga tegishli bo‘lgan ikki avtomobil shikastlangan.
- Vladimir Putin armiyaga bahorgi chaqiruv to‘g‘risidagi farmonini imzoladi. Bu jarayon 1 apreldan 15 iyunga qadar o‘tkaziladi va 18 yoshdan 27 yoshgacha bo‘lgan, zaxirada bo‘lmagan va muddatli harbiy xizmatga chaqirilishi lozim bo‘lgan rossiyaliklarga taalluqli bo‘ladi. Jami 147 ming kishi chaqirilishi rejalashtirilgan — bu bir yil oldingiga qaraganda 12,5 ming kishiga ko‘proqdir.
- Kirov oblastida «Vagner» XHKning sobiq yollanma jangchisi qotillikda gumonlanib qo‘lga olindi. Tergov ma’lumotiga ko‘ra, Ivan Rossomaxin Vyatskiye Polyani shahrida bir ayolni o‘ldirgan. Rossomaxin 2020 yilda qotillikda ayblanib, 14 yilga qat’iy tartibli koloniyaga hukm qilingandi. U «Vagner» safiga yollanib Ukrainadagi urushda qatnashgan. Olti oylik muddatdan keyin ozodlikka chiqarilib, qishlog‘iga qaytgan, mahalliy aholi vakillarining so‘zlariga ko‘ra, u bir necha kun oldin qishloqda mast holatda yurib, qo‘lida bolta va pichoq ko‘targan holda odamlarga tahdid qilgan.
Kun kadri. Baxmutdan evakuatsiya
Rossiya qo‘shini Donetsk oblastining Baxmut shahrini qamal qilishda davom etmoqda — ular bu shaharni 2022 yil yozidan buyon egallay olmadi. Ukraina qurolli kuchlari quruqlik qo‘shinlari qo‘mondoni Oleksandr Sirskiyning hisoblashicha, «vaqt ularning zarariga ishlayotgani uchun ayrim uchastkalarda dushman asabiylashmoqda, ularda pozitsiyalarni shturm qilish uchun inson resurslari kamayib bormoqda».
Amerikadagi Urushlarni o‘rganish instituti ekspertlari qo‘shimcha qilishicha, RF armiyasining, jumladan «Vagner» XHK yollanma jangchilari orasidagi yo‘qotishlar Rossiyaga Baxmut atrofida to‘laqonli hujum amaliyotlari o‘tkazishga imkon bermaydi. RF mudofaa vazirligi bu yo‘nalishdagi vaziyatni izohlamagan.
Qizil Xoch xalqaro qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, Baxmutda 10 ming atrofida tinch aholi vakillari qolgan. Ukrain harbiylari va ko‘ngillilar bu odamlarni harbiy harakatlar hududidan olib ketishga harakat qilmoqda.
Diego Herrera Carcedo / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Chasiv Yardagi hayot
Diego Herrera Carcedo / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Violeta Santos Moura / Reuters / Scanpix / LETA
Violeta Santos Moura / Reuters / Scanpix / LETA
Baxmut atrofidagi dala hospitali
Diego Herrera Carcedo / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Diego Herrera Carcedo / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Diego Herrera Carcedo / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Pokrovskda evakuatsiya poyezdi
Ignacio Marin / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press