Qatağon taşkilotçilari. Stalinning «katta terror»i davrida Özbekistondagi «uçlik» a’zolari kimlar edi?
|17:46 / 31.03.202360 06511 min
1937-1938 yillarda SSSRda «katta terror» nomli keng kölamli yirik qatağon operatsiyasi amalga oşiriladi. «Xalqlar qotili» Stalinning uşbu şafqatsiz kampaniyasi sabab millionlab odamlar turli böhton va tuhmatlar bilan hibsga olinib, otib taşlanadi. Ular orasida özbek xalqining jonkuyar farzandlari Abdulla Qodiriy, Abdulhamid Çölpon, Abdurauf Fitrat, Fayzulla Xöjayev, Sa’dullaxöja Tursunxöjayev, Qayum Ramazon, Majid Qodiriy, Ziyo Saidov kabilar ham bor edi.
1937 yil 31 iyul kuni SSSR Kompartiyasi Markaziy qömitasi (MQ) SSSR Içki işlar xalq komissarligining (NKVD) «Sobiq quloq qilinganlar, jinoyatçilar va boşqa sovetlarga qarşi unsurlarni qatağon qiliş operatsiyasi haqida»gi N=00447 sonli buyruğini tasdiqladi. Sovet respublikalarida qatağon qilinuvçi insonlar röyxatini Içki işlar xalq komissarligi «maxsus uçligi» deb ataluvçi uçliklar şakllantira boşladi. Bunday «uçlik»lar tarkibiga respublika içki işlar xalq komissari, prokurori va kommunistik partiya Markaziy qömitasining birinçi kotibi kirgan.
Özbek xalqining eng ziyoli qatlamini yöq qilişda iştirok etgan ÖzSSR «maxsus uçligi» a’zolari kimlar edi?
Boris Şeydlin — ÖzSSR prokurori
Boris Şeydlin
ÖzSSR «maxsus uçligi» yiğinining umuman almaşmagan yagona a’zosi. U «katta terror» boşlanganidan to tugaguniga qadar «uçlik»da işlagan va barça qatağon hujjatlariga imzo çekkan.
Şuni ta’kidlaş kerakki, ÖzSSRda prokuror «uçlik» a’zosi emas, «uçlik» yiğini a’zosi hisoblangan, ya’ni Şeydlin terror tuzilmaning tölaqonli iştirokçisi bölmagan.
Şeydlin ÖzSSRdagi qatağon siyosatida qatnaşgan bölsa-da, uning iştiroki va ta’siri katta bölmagan. Çunki 1937 yil 7 avgustda SSSR prokurori Andrey Vişinskiy respublikalar, ölkalar, viloyatlar prokurorlariga 00447-sonli buyruq ijrosi jarayonida prokurorning oldindan sanksiyasi talab etilmasligi töğrisida topşiriq bergan. Bu esa NKVDga prokuror ruxsatisiz ham qonunni ijro etişga imkon yaratgan. Prokurorlar «katta terror» davrida köp hollarda tasdiqlovçi vazifasini bajargan.
NKVD «uçligi»ning boşqa aksariyat a’zolaridan farqli ravişda, Şeydlinning özi «katta terror» qatağoniga uçramagan. Repressiyalardan söng, 1939 yil SSSR Boş prokuraturasining fuqarolik-sud işlari bölimi boşliği lavozimiga ötkazilgan.
Mavzuga oid
Nikolay Zagvozdin — ÖzSSR içki işlar xalq komissari
Nikolay Zagvozdin, 1938 yilda otib taşlangan
«Uçlik»ning birinçi rahbari. SSSR içki işlar xalq komissari Nikolay Yejovning «Sobiq quloq qilinganlar, jinoyatçilar va boşqa sovetlarga qarşi unsurlarni qatağon qiliş operatsiyasi haqida»gi 00447-sonli buyruği asosida 1937 yil 5 avgustda ÖzSSR NKVD «uçligi»ni tuzgan. 10 avgust kuniyoq 64 kişini otuvga hukm qilgan.
Biroq şu bilan Zagvozdinning ÖzSSRdagi faoliyati nihoyasiga yetgan. U Moskvaga çaqirib olingan va biroz ötib, Tojikiston SSR Içki işlar xalq komissari lavozimiga tayinlangan. Tojikistondagi qatağon siyosatida muhim rol öynagan.
1939 yil fevralida NKVD tuzilmalaridagi aksilsovet taşkilotlariga a’zolikda ayblanib, hibcga olingan va oradan bir ötib, otib taşlangan. Oqlanmagan.
Derenik Apresyan — ÖzSSR içki işlar xalq komissari
Derenik Apresyan, 1938 yilda otib taşlangan
Apresyan Zagvozdin örniga ÖzSSR Içki işlar xalq komissari lavozimiga tayinlangan. U Özbekistondagi qatağon siyosatida juda katta örin tutadi. Apresyan «maxsus uçlik» boşliği sifatida «katta terror»ning asosiy taşkilotçisi böladi, otuv hukmlari çiqaradi va ijro qiladi.
Derenik Apresyan armanlarning «Daşnoqsutyun» partiyasi a’zosi bölgan.
Töğri, Abdulla Qodiriy, Abdurauf Fitrat, Çölpon kabi jadidlarning otuv hukmlarini Apresyan emas, Toşkentda ötkazilgan SSSR Oliy sudi Harbiy kollegiyasining sayyor yiğilişi çiqaradi. Apresyan tergov ötkazadi va uşbu yiğiliş qarorlarini ijro etadi.
Biroq 1938 yil oktyabriga qadar, ya’ni Oliy sud Harbiy kollegiyasi sayyor yiğilişi boşlangunga qadar ÖzSSRda çiqarilgan otuv hukmlarining qabul qilinişida, şubhasiz, Apresyan asosiy rol öynaydi.
U 1938 yil 21 noyabrda ÖzSSR içki işlar xalq komissari lavozimidan böşatiladi. Keyingi yilning fevral oyida NKVDdagi aksilsovet tuzilmalariga a’zo böliş va terror ötkazişda aybdor deb topilib, hibsga olinadi va otib taşlanadi. Oqlanmagan.
Akmal Ikromov 1929 yil ÖzSSR Kompartiyasi MQ Birinçi kotibi etib tayinlanadi. U «katta terror» boşlanişi bilan respublika MQ Birinçi kotibi sifatida «maxsus uçlik» tarkibiga kiradi. 1937 yilning sentabrigaça, ya’ni işdan ketgunga qadar, bir neçta otuv va qamoq hukmlarini çiqarişda iştirok etadi.
Akmal Ikromov «uçlik»dagi qisqa faoliyati davomida jami yuzdan ortiq özbekistonlikning ölimga hukm qilinişida bevosita qatnaşadi.
1937 yil 5 sentabrda MQ Birinçi kotibligidan böşatiladi va bir neça kundan söng hibsga olinadi. Aksilinqilobiy terrorçi taşkilotga a’zo bölganlikda ayblanadi hamda 1938 yil 15 martida Moskvada otib taşlanadi. 1957 yil töliq oqlanadi.
Usmon Yusupov — ÖzSSR Kompartiyasi MQ Birinçi kotibi
Usmon Yusupov va Kaganoviç L.M. (SSSR siyosiy byurosi a’zosi, Markaziy Osiyoni nazorat qilgan)
Akmal Ikromovdan keyin, 1937 yil 5 oktyabrda ÖzSSR Kompartiyasi MQ Birinçi kotibi lavozimini egallaydi (orada Jöra Törabekov vaqtinçalik bu vazifani bajaruvçi bölib işlaydi). Usmon Yusupov Apresyan bilan birgalikda «katta terror» davridagi repressiyalarning markazida turadi. U partiyani «millatçilar» va «ayirmaçilar»dan tozalaş operatsiyasini ötkazadi.
Yusupov «katta terror» tugaganidan keyin ham, 1950 yilgaça MQ rahbarligida qoladi.
Usmon Yusupov «maxsus uçlik»ning öz davridagi barça yiğilişlarida qatnaşgan va hukm çiqarişda iştirok etgan. Yusupovga nisbatan heç qanday jinoyat iş qözğatilmagan.
Boltaboyev «maxsus uçlik»ning uçinçi a’zosi bölgan.
U ham ÖzSSRdagi qatağon siyosatida katta rol öynamagan. Çunki juda qisqa vaqt «uçlik» a’zosi sifatila işlagan. 1937 yil 28 avgustda lavozimidan böşatilgan va şu kuni qamoqqa olingan.
Sovet hokimiyatiga qarşi unsur deya ayblangan hamda 1938 yil martida otib taşlangan. Oqlanmagan.
Jöra Törabekov — ÖzSSR Xalq komissarlari soveti raisining birinçi örinbosari, keyinroq MQ Birinçi kotibi
Jöra Törabekov (pastda öng tomonda), 1938 yilda otib taşlangan
Törabekov «uçlik»da Boltaboyev örnini egallaydi. Sentyabrda Akmal Ikromov qamoqqa olingaç, bir muddat ÖzSSR Kompartiyasi MQning vaqtinçalik Birinçi kotibi etib saylanadi. Ammo Törabekov Boltaboyev kabi hokimiyatda ham, «uçlik»da ham köp qolmaydi.
Şunday bölsa-da, 1937 yil 12 sentabrdagi ÖzSSR «uçligi» yiğilişida iştirok etadi va 117 kişi otuvga hukm qilinişida qatnaşadi.
21 centyabrdayoq MQ Birinçi kotibligidan böşatiladi va noyabr oyida «xalq duşmani» deb topilib, partiya va uning plenumlaridan çiqariladi. 1938 yil martida otib taşlanadi. Oqlanmagan.
Sulton Segizboyev — ÖzSSR Xalq komissarlari soveti raisi
«Uçlik»da Törabekov örnini egallaydi. 1937 yil 5 oktyabrda, ÖzSSR hukumatidagi katta tozalaşdan söng XKS raisi etib tayinlanadi.
1938 yil iyuliga qadar, ya’ni «katta terror»ning eng qizğin davrida işlagan va «uçlik» a’zosi bölgan. Uning Moskvaga sodiq bölgani va qatağon siyosatida faol iştirok etganini 1937 yil SSSR Oliy sovetining birinçi çaqiriği deputati etib saylangani va 1938 yil yanvarda SSSR Oliy soveti ittifoq kengaşi raisi örinbosari etib tayinlanganidan seziş mumkin.
Segizboyev ikki mingdan ortiq özbekistonlikka ölim hukmi öqilgan yiğilişlarda qatnaşgan.
«Katta terror» davrida katta ğayrat bilan işlagan Segizboyevning özi ham oxir-oqibat şu terror qurboniga aylanadi. 1938 yil iyulida XKS raisligidan böşatiladi va keyingi yili otib taşlanadi. Oqlangan.
Abdurahmon Abdujabborov — ÖzSSR Xalq komissarlari soveti raisi
M.I.Kalinin Abdujabborovga Mehnat qizil bayroq ordenini topşirmoqda
1938 yil 23 iyulda Segizboyev örniga ÖzSSR XKS raisi etib tayinlagan. Öz-özidan «uçlik» a’zoligiga ham qöşilgan.
Abdujabborov öz ötmişdoş hamkasblaridan farqli ravişda oliy jazoga loyiq körilmagan (undan oldingi XKS raislari: Fayzulla Xöjayev, Abdulla Karimov va Segizboyev otib taşlangandi) va «katta terror» davridan tirik çiqqan.
Abdujabborovning sönggi repressiyalardagi örnini baholaş qiyin. Çunki bu davrda NKVD asosiy rolni öz qöliga olgan va ÖzSSRdagi qatağonlarga Moskva ham bevosita aralaşa boşlagandi.
1950 yil avgustigaça ÖzSSR Vazirlar kengaşi (oldingi Xalq komissarlari soveti) raisligida qolgan. Heç qanday jinoiy javobgarlikka tortilmagan.
Özbekistondagi «katta terror»da «maxsus uçlik»dan taşqari SSSR Oliy sudi Harbiy kollegiyasining sayyor yiğilişi ham iştirok etgan. 1938 yil 4 oktyabrdan 16 oktyabrgaça har kuni ötkazilgan bu yiğilişlarda jami 507 nafar özbekistonlik otuvga hukm qilingan. Özbek jadidlarining aksariyati aynan Harbiy kollegiya tomonidan ölim jazosiga hukm qilingandi.
Toşkentda ötkazilgan bu sayyor yiğinlarni SSSR harbiy prokurori Georgiy Alekseev boşqargan. Sayyor yiğiliş hukmlarini davlat xavfsizligi katta leytenanti Nikolay Şişkin va Işçi-dehqonlar Qizil armiyasi boş harbiy prokurori yordamçisi Şulsan ijro qilgan.
«Katta terror» davrida, ya’ni 1937-1939 yillarda ÖzSSR «maxsus uçligi» tomonidan 41 ming nafardan köproq kişi qamoqqa taşlangan. Şulardan 37 mingdan köproği sudlanib, 6 ming 920 kişi otib taşlangan.