20-21 may kunlari Toşkentdagi «Yangi Özbekiston» boğida rossiyalik xonandalar iştirokida «Jara» musiqa festivali ötkazilişi rejalaştirilgan. Unda Rossiya estradasining 30 ga yaqin yulduzlari iştirok etişi kutilyapti. Konsertga çiqarilgan çiptalar narxi 3,5 million sömgaça boradi.
«Jara» festivali 9-12 mart kunlari Qozoğistonda ötkazilişi kutilgandi. Ammo ijtimoiy tarmoqlardagi faol noroziliklar ortidan Olmaotadagi konsert noma’lum muddatga qoldirildi.
«Jara» festivalida iştirok etadigan rossiyalik qöşiqçilarning aksari Rossiyaning Ukrainaga bosqinini qöllab-quvvatlagan. Ijtimoiy tarmoq foydalanuvçilari ularning Qozoğistondagi çiqişlari respublika «Ukrainadagi uruşni qöllab-quvvatlaşi»ni anglatişini aytib, norozilik bildirişgan.
Natijada Qozoğistondan quvilgan «Jara» taşkilotçilari konsertni Toşkentga köçiradi.
Aytiş kerakki, uruş boşlanganidan keyin «Jara» festivalini ötkaziş qiyin bölib qolgan. Sanksiyalar tufayli Yevropaga kirolmagan rossiyalik xonandalar noroziliklar tufayli nafaqat Qozoğistondagi, balki ötgan yili Ozarboyjondagi konsertni ham ortga surişga majbur bölgandi.
Özbekistonda «Jara» konsertiga qarşi virtual norozilik boşlandi
Toşkentda «Jara» festivali ötkazilişi haqida e’lon qilingaç, özbekistonlik ijtimoiy tarmoq faollari ham konsertni boykot qilişga çaqira boşladi. Ayni damda ijtimoiy tarmoqlarda #StopKremlinPropaganda va #StopRussianPropaganda heşteglari ommalaşmoqda. Festivalning instagram sahifasidagi postlar ostida faol norozilik bildirilmoqda.

Telegramda ham blogerlar va faollar boykotga çaqiryapti. Konsertni bekor qilişga çorlovda faol iştirok etayotgan Mirzayor Erkinov Kun.uz bilan suhbatda uruşni qöllab kelgan qöşiqçilarni Özbekistonda körişni xohlamasligini aytadi.
«Festival asosçilaridan biri – Rossiyaning Ukrainadagi uruşini turli tadbirlarda qöllab-quvvatlab kelayotgan Grigoriy Leps hisoblanadi. Rossiyaning turli hududlarida propaganda konsertlarida, özining turli çiqişlarida va ijtimoiy tarmoqlaridagi postlarida u bevosita bu istiloçilik harakatini yoqlab keladi. Uşbu konsertda, şuningdek, boşqa propagandaçi xonandalar – Polina Gagarina, Sergey Lazerev, Diskoteka Avariya kabilar ham bor», – deydi u.

















