Rejissyor, prodyuser va teleboşlovçi Tigran Keosayan 59 yoşda hayotdan köz yumdi. Uning ölimi haqida rafiqasi, propagandaçi Margarita Simonyan xabar berdi.
Keosayan 2024 yil dekabrida şifoxonaga yotqizilgan, 2025 yil yanvarida klinik ölim holatini boşdan keçirgan va şundan buyon huşsiz yotgandi. Rafiqasi azaldan uning yuragi xasta bölganini aytgan.
Russia Today boş muharriri bölgan Margarita Simonyanning özi ham oğir xastalikka çalingan. 2025 yil sentabrida u saratondan da’volanayotganini, yaqinda murakkab operatsiyadan ötgani, kimyoterapiya tufayli endi parik taqib yurişini xabar qilgandi.
Keosayan «Beçora Saşa» (1997), «Prezident va uning nabirasi» (1999), «Marvaridgul» (2000), «Qrim köprigi. Muhabbat bilan qilingan» (2018) kabi filmlar rejissyori sifatida tanilgan.
U ReN TV, «Rossiya» va NTV kabi davlat kanallarida teleboşlovçi bölib işlagan. Uning sönggi loyihasi propaganda ruhidagi «Xalqaro pilorama» nomli satirik şou bölgandi.
2022 yilda Keosayan «Rossiya naşrlarida Ukrainaga qarşi propagandani tarğib qilgani» uçun Yevroittifoqning sanksiyalar röyxatiga kiritilgandi.

















