Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyev yana bir bor Ukrainani qöllab-quvvatladi.
Şuşadagi mediaforumda Aliyev ukrainalik jurnalist tomonidan berilgan noodatiy sovğani qabul qilib oldi. Bu Ukraina qurolli kuçlarining jangovar brigadalari şevronlari joylaştirilgan kiçik stend edi. Jurnalist bu sovğa «Ukrainaning eng qimmatbaho narsasi» ekanini aytdi. Bunga javoban Aliyev minnatdorçilik bildirdi va «şu ruhda davom etiş»ga çaqirdi.
«Sizga katta rahmat. Qilayotgan işlaringiz uçun rahmat. Şunday davom eting», – degan Ozarboyjon prezidenti.
Avvalroq Aliyevdan ukrainalik bloger Dmitriy Gordon «ğolib millat rahbari sifatida Ukraina va ukrainlarga qanday maslahatlar bera olişi»ni söragandi. Ozarboyjon prezidenti «heç qaçon taslim bölmaslik va heç qaçon hududiy yaxlitligi buzilişini tan olmaslik» kerakligini aytgandi. U Armanistondan Qoraboğni qaytarib olgan Ozarboyjonni misol qilib keltirgan, Ozarbojon BMT Xavfsizlik kengaşi qarorini kutmasdan, vaziyatni öz qöliga olib, hudud ustidan nazoratini tiklagani haqida gapirgandi.
«Heç qaçon okkupatsiyaga rozi bölmang – bu asosiy maslahat. Biz ham şunday qildik», – degandi Aliyev.
U şu çiqişi davomida Boku Azerbaijan Airlines samolyoti halokati böyiça Rossiyaga qarşi xalqaro sudlarga murojaat qiliş uçun hujjatlarni tayyorlayotganini ham aytib ötdi.
Z-kanallarning fiğoni falakka çiqdi
Rossiyadagi harbiy mavzuga ixtisoslaşgan telegram-kanallar esa Ilhom Aliyevning bu bayonotlarini oğriqli qabul qilişdi va Boku «Ukraina izidan ketayotgani», Ozarboyjon bilan mojaro «muqarrarligi» haqida yoza boşlaşdi.
Qator Z-kanallar Ozarboyjon bilan ehimoliy uruşga tayyorlanişga çaqirmoqda. Harbiylaşgan blogerlardan biri Aleksey Jivov (113 ming obunaçasi bor) Ozarboyjon prezidentining sözlarini «oçiqçasiga duşmanlik» deb atadi va «Kaspiy tez orada yana bir harbiy harakatlar teatriga aylanişi mumkinligi» haqida yozdi.
«Zapiski Veterana» (321 ming obunçasi bor) kanali «Boku şiddat bilan NATO filialiga aylanayotgani va ongli ravişda Ukraina izidan ketayotgani»ni yozdi. Kanal mualliflari Ozarboyjonning xalqaro koordinata tizimiga ötişini (Aliyevning tegişli farmoni şanba kuni imzolangan) geosiyosiy oğiş deb baholadi va bunda «Ozarboyjonning Rossiya bilan uruşga tayyorlanayotgani haqidagi yaşirin signal»ni körişdi.

















