Tanzila Norboyeva Sirdaryoda uchrashuvlar o‘tkazdi
Senat raisi Sirdaryo viloyatining qator shahar va tumanlarida bo‘lib, aholi bilan muloqot qilgan.
Senat raisining viloyatdagi uchrashuvlari Xovos tumanining Chamanzor mahallasidan boshlangan. U yerda respublikada so‘nggi yillarda yoshlar va xotin-qizlarga yaratilayotgan keng imtiyoz hamda imkoniyatlar, nuroniy otaxon va onaxonlarga qilinayotgan g‘amxo‘rlik, mahallalarning yil sayin ortib borayotgani, xususan, yangilanayotgan Konstitutsiyada mahallaga bildirilayotgan yuksak ishonch va yangi vakolatlar xususida so‘z yuritilgan.
Tanzila Norboyeva Chamanzor mahallasi aholisi bilan birga “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida tashkil etilgan “Onalar bog‘i”dagi ko‘chat ekish ishlarida ham ishtirok etgan. Shundan so‘ng tumandagi tadbirkorlik sub’yektlari, oilaviy korxonalar faoliyati bilan tanishgan. Biznes vakillari faoliyatini rivojlantirishda to‘siq bo‘layotgan muammoli masalalar yuzasidan tegishli mutasaddilarga topshiriqlar berilib, tadbirkorlarni qiynayotgan masalalar nazoratga olingan.
Senat raisi tumanning Yangiyer mahallasida istiqomat qiluvchi nuroniylar bilan ham uchrashgan va ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar xonadoniga tashrif buyurgan.
Tanzila Norboyevaning navbatdagi uchrashuv manzili Yangiyer shahrining Davlatobod mahallasi bo‘ldi. U bu yerda Davlatobod, Yuksalish, Shodiyona, Ma’rifat mahallalari raislari, xotin-qizlar faollari, yoshlar yetakchilari, hokim yordamchilari hamda profilaktika inspektorlari bilan muloqot qilgan. Muloqotda yangi tahrirdagi Konstitutsiya loyihasida yoshlar va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, inson huquq va erkinliklarini sezilarli darajada kengaytirish, gender tenglik masalalari, mahallaga yangi vakolatlar beruvchi normalar kiritilganiga e’tibor qaratilib, 30 aprelda bo‘ladigan referendum barcha uchun muhim siyosiy tadbir ekanligi aytib o‘tilgan.
Senat raisi Guliston shahridagi Monomarkaz, Guliston davlat universiteti, dori-darmon ishlab chiqarishga ixtisoslashgan farm korxonada ham bo‘lib, aholi vakillari, talaba yoshlar, ishchi xodimlar bilan suhbatlashgan.
Mavzuga oid
20:31 / 27.10.2024
Tanzila Norboyeva nabirasi bilan birga saylovda ovoz berdi
16:50 / 25.10.2024
Senat raisi YeXHT DIIHB missiyasi rahbari bilan uchrashdi
16:33 / 25.10.2024
Tanzila Norboyeva MDH Parlamentlararo assambleyasi delegatsiyasini qabul qildi
15:55 / 24.10.2024