Uning bu qadar maşhurlaşişi va milliy dramamizning gultoji darajasiga kötarilişining sababi esa asar zamirida yotadigan millat fojiasi, alamli oğriqlarining aks etişidir.

Syujyet:

Asarning boş qahramoni Qöçqorvoy bölib, u traktorçilik qiladi. Aybi – köp içişi. Içib olgaç töpolon kötaradi. Kunora ahvol şu. Holat xotini va bir neçta hamqişloqlari mastligida daraxtga boğlab qöyiş darajasigaça yetib boradi. Asar voqealari aynan şu yerdan boşlanadi.

Erining bunday qiliqlaridan bezor bölgan xotini ketsam özgarar, degan xayolda bolalarini ota uyiga olib ketib qoladi. Bu orada Olimtoy ismli olim jiyani kelib qoladi. U 7 yil davomida ixtirosi ustida işlab, robot, robot bölgandayam ayol körinişidagi robotni yaratadi. Bu kaşfiyotini sinovdan ötkaziş maqsadida qişloqqa, Qöçqorvoyning uyiga olib keladi. Bu robotdan paxta teriş maşinasi örnida foydalaniş közlangan edi.

Orada köp hangomalar bölib ötadi. Olimtoy har qança tuşuntirişga harakat qilmasin, Qöçqorvoy robotning robotligiga mohiyatan heç tuşunolmaydi. Şuning uçun bu temirga uylanmoqçi böladi, hatto nikoh ham öqitadi(!)

Alomatxon ismli robot bir muddat Qöçqorvoyning uyida “xotin”lik vazifalarini bajarib yuradi: supur-sidir, pişir-kuydir, mol-qöyga qaraş, kir-çirni yuviş kabi. Nihoyat, sinovga olib çiqilgaç, ya’ni paxta maydoniga borib paxta tergaç Alomatxon tutab ketadi va butunlay işdan çiqadi.

Robot bilan bir muddat yaşagan Qöçqarvoy bu orada köp narsaga tuşunib yetadi. Oz bölsa-da özgaradi. Xotini ham qaytib keladi va ilgarigidek yaşab ketişadi.

Tahlil: Asarning kulminatsiya qismi Alomatxonning Qöçqorvoyni gipnoz qiliş jarayonida yaşiringan:

“ALOMAT: Yiğlaysiz... (Qöllarini uning boşi uzra harakatlantirib.) Yiğlaysiz... Çunki juda ezilgansiz... Yuragingizga qil ham siğmaydi... Iç-içingizdan bir nima toşib kelyapti... Heç kimning rahmi kelmaydi, birov dardingizga şerik ham bölmaydi... Öz yoğingizga özingiz qovurilib yaşayapsiz... Aft-angoringizga bir qarang, qirqqa kirgan qirçillama yigitsiz-u, körgan odam sizni ellikdan oşgan, deb öylaydi.

Qurib-qaqşab boryapsiz... Esingizni tanibsizki, tinmay mehnat qilasiz, lekin heç biringiz ikki bölmaydi. Rözğor, bola-çaqa taşvişi, deysiz, afsuski, bu taşvişlarning çeki yöq. Ertalabdan-keçgaça çumoliday ğimir-ğimir qilasiz-u, rohatini körmaysiz. «Paxtakorman» deb kökragingizga muştlaysiz-u, körpangizga paxta topolmaysiz!