Yaqinlaringiz sizni nima uçun qadrlaşadi? Ular uçun qay darajada ahamiyatlisiz? Atrofingizdagilarga nega keraksiz? Pul topişingiz, mehr-muhabbatingiz, obro‘-e’tiboringiz va yana nimalar uçun keraksiz? Aytaylik, siz bir kunda ularning hammasidan ajrab qolsangiz nima böladi? Haşarotga aylanib qolsangiz ular qanday yöl tutişadi?

"5 daqiqa" loyihasining navbatdagi sonida Kafkaning "Evriliş" asari haqida gaplaşamiz.

Frans Kafka Pragada tuğilgan, nemis tilida ijod qilgan. Öz asarlarida inson ruhi, jamiyatdagi begonalaşiş va ma’naviy boğliqlik kabi mavhum mavzularni çuqur tadqiq etgan yozuvçi.

Uning “Evriliş” hikoyasi 1915 yilda naşr etilgan va öşa paytda ham, bugun ham odamni titratuvçi, savollar bilan qiynovçi falsafiy kuçga ega.

Kafka köplab asarlarini çop etmaslikni vasiyat qilgan. Lekin uning dösti Maks Brod yozganlarini saqlab qoladi.

Bugun “Evriliş” dunyo universitetlarida örgatiladi, teatr sahnalari va kino ekranlarida qayta-qayta jonlantiriladi. Uning asarlarida sukut balandroq baqiradi, ma’nolar göyo siz bilan piçirlaşadi.

U haşarotga aylanib qoladi

Asarning boş qahramoni - Gregor Zamza. U kundalik mehnat bilan oilasini boqadigan inson. Bir kun u ulkan haşarotga aylangan holda uyğonadi. Umurtqali, şoxli, gapira olmaydigan, qiynalib yuradigan jonzot.

Töğri eşitdingiz - aynan haşarotga. Kafka janoblari bunga izoh berib ötirmagan, albatta. Anglaş uçun öquvçining özi ter töksin, degan.

Moddiy jihatdan evrilgan Gregorning qalbi hamon inson edi. Biroq uning körinişi nafaqat jamiyatda, balki eng yaqinlari - oilasida ham nafrat va rad etiş hissini uyğotadi.

Keraksizga aylaniş oğriği

Gregor avval oilasining suyançiği edi. Qarzlarni u tölar, rözğor uçun mehnat qilar, bunday olib qaraganda, risoladagidek oila a’zosi edi. Bir kunda, aynan bir kunda u muammoga aylanadi. Oila a’zolari avval undan qörqadi, keyin yuz ögiradi, ovqat berişmaydi, bora-bora uning yöq bölişini istay boşlaşadi.