“Beş daqiqa” bu – haftalik videoloyiha. Har bir sonida bitta asarni muhokama qilamiz. Maqsad faqatgina kitobni tarğib qiliş emas, balki u orqali hayotni anglaş, tafakkur qiliş, dunyoga ma’rifat közi orqali qaraşga intilişdir.

Kitob öqişni qayta qadrlaş, undagi ma’nolarni hayot bilan boğlaş – biz uçun eng muhim vazifa.

Bugun siz bilan muhokama qiladiganimiz – Ernest Hemingueyning “Çol va dengiz” asari.

Ernest Heminguey – XX asr jahon adabiyotining buyuk namoyandalaridan biri. U nafaqat yozuvçi, balki jangçi, sayohatçi va mahoratli jurnalist sifatida ham tan olinadi. Har bir asarida hayotning oğriqli, çuqur haqiqatlari bor.

Uning uslubi kam sözlaydi va köp ma’no beradi. Ayniqsa, “Çol va dengiz” ana şu uslubning yorqin namunasi.

Bu asar 1952 yili çop etilgan. Oradan bir yil ötib, Pulitser mukofoti, 1954 yilda Nobel mukofotiga loyiq körildi. Nobel bu asarni "inson ruhining yuksak ifodasi" sifatida baholadi.

85-kuningizni kutyapsizmi?

Asarning boş qahramoni Santyago ismli çol. U Kuba qirğoğidagi kiçik qayiqda baliq ovlardi. Yolğiz va muhtoj inson. 84 kundan beri birorta baliq tutolmagan. Ammo 85-kuni u yana dengizga çiqadi.

Öşa kuni u ulkan marlin baliği bilan töqnaşadi va afsonaviy kuraşini boşlaydi. Baliq osonlikça taslim bölmaydi, çol ham böş kelmaydi. Ularning kuraşi ikki kun davom etadi. Oxir-oqibatda çol baliqni yengadi. Uyga qaytar çoğida esa dengizdagi akulalar hujumiga uçraydi. Yirtqiçlar baliqni bölak-bölak qilib yeydi. Qirğoqqa yetib kelganda esa, ulkan baliqdan faqat suyak qolgan edi.

Asarning asosiy ğoyasi inson mağlub bölişi mumkinligi, ammo uni butunlay tor-mor etib bölmasligi haqida. Heç qanday nutqda bu ibora aytilmasa-da, matndagi har bir harakatda bu mazmun yaqqol körinadi.

Biz ham qayiqdamiz...

“Çol va dengiz” bu – faqat baliqçilar hikoyasi emas. Bu har bir insonning hayotdagi kuraşi.

Har birimiz qayiqdamiz. Har birimiz öz "85-kunimiz"ni kutyapmiz - imkoniyat keladi va u bilan birga sinov ham keladi.

Biz orzu qilamiz, kuraşamiz, yetişamiz va ba’zan - qölimizda heç narsa qolmaydi. Lekin kuraşlar ortidan katta tajriba, anglangan haqiqatlar, özlikni yöqotmaslik yölidagi xulosalarimiz bizda qoladi.